Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Yevropa Uyg'onish harakatining vatani Italiya hisoblanadi. Italyan


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

Yevropa Uyg'onish harakatining vatani Italiya hisoblanadi. Italyan 
gumanisiiari diniy sujetlarga murojaat qildilar, ulami real voqelik bilan 
bog'lashga intildUar. Bu esa shakl bobidagi yangilanishlarga yo‘1 ochdi, 
o ‘rta asr adabiyotidagi allegorizm, majoziylik realistik usullar bilan 
uyg‘unlasha boshladi. Inson va uni o ‘rab turgan muhit, kishining 
cheksiz imkoniyatlari va qizg'in ehtiroslarini aks ettirishga alohida 
e ’tibor berildi. Petrarkaning she’rlari, Bokachchoning hikoyalari 
insonning hissiyotlarini tushunish, ulami hurmat qilish, hayotsevarlik 
ruhi bilan yo‘g‘rilgan.
Uyg‘onish davri Italiya adabiyoti vakili Dante Aligeri Renessans 
jarchisi nomini olgan. Dante ijodini she’rlar yozishdan boshlagan. 
Arab faylasufi Ibn Rushdning ta’limotidan ta’sirlangan. XIII asr italyan 
lirikasiga lotin adabiyoti bilan bir qatorda arab she’r tuzilishi ham 
ta’sir etgan. Dante ijodida ham buni kuzatish mumkin. Uning eng 
yaxshi she’rlari «Yangi hayot» to'plamidan joy olgan. Dante keyinchalik 
ilmiy-falsafiy mavzular ustida ish olib boradi. «Ziyofat», «Xalq nutqi 
haqida», «Monarxiya haqida» traktatlarini yozadi.
Dante Aligerining «Ilohiy komediya» asari zamonasiga oid 
masalalami ramziy-majoziy usullar orqali aks ettirdi, inson va voqelik 
haqida yangi so‘zini aytadi, shu tariqa butun 0 ‘rta asr madaniyatiga 
falsafiy-adabiy yakun yasadi.
Yana bir italyan gumanisti Jovanni Bokachcho novella janri rivojiga 
ulkan hissa qo'shdi, realistik hikoyaning ilk yo'nalishini boshlab berdi. 
100 ta novelladan iborat «Dekameron» (1352—1354) to‘plami bilan 
Bokachcho hikoyani tuban janrdan yuqori janrga ko‘tardi, unga chuqur 
g ‘oyaviy mazmun baxsh etdi. «Dekameron»ga kirgan favqulodda o ‘tkir 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling