Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Esxilning «Eroniylar», «Fivaning yetti dushmani», «Zanjirband


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

Esxilning «Eroniylar», «Fivaning yetti dushmani», «Zanjirband 
Prom etey», «Oresteya» trilogiyasiga kiradigan «Agamemnon», 
«Xoeforlar» hamda «Evmenida» asarlari bizgacha yetib kelgan. 
«Eroniylar»dan boshqa hammasi mifologik mavzularda yozilgan. Antik 
dramaturglardan hech biri inson ruhiyati, qalbidagi ziddiyatlar tasviri 
bobida Esxilga tenglasha olmaydilar. Sofokl yunon dramasiga qator 
yangiliklar kiritgan, ushbu janr imkoniyatlarini boyitgan, mifologik 
sujetga yangi ruh baxsh etgan ikkinchi buyuk tragediyanavisdir. Uning 
«Shoh Edip», «Edip Kolonda», «Antigona» tragediyalari mashhur. 
Evripid «Alkestida», «Medeya», «Geraklidlar», «Ippolit», «Gekuba», 
«Elektra» kabi dramalarning muallifi. Uning, ayniqsa, «Medeya» 
tragediyasi shuhrat qozongan, unda mifologiya qahramonlari zamin 
insonlarining hissiyotlarini realistik tarzda o ‘zlarida mujassam 
etganliklari bilan kishini hayratga soladi.
Komediya janrida Kratin. Evpolid hamda Aristofan shuhrat 
qozonganlar. Biroq bizgacha faqat Aristofan asarlari yetib kelgan. Antik 
komediya «eski» va «yangi»siga ajratilar edi. «Eski» komediya biror 
dolzarb mavzuga bag'ishlangan bo'lib, unda lantastik sujetga asoslangan 
masxarabozlik sahnalari namoyish etilar, ular orasida esa xor siyosiy 
mavzularga munosabatni ifodalovchi qo'shiqlar ijro etardi. Bunga 
Aristofan komediyalari yorqin misol bo'ladi. «Yangi» komediyada xor


ishtirok etmagan, voqealar siyosatga aloqador emas, ko'proq maishiy 
mavzularda (masalan, yosh yigit ko'cha qiziga uylanmoqchi, lekin 
puli yo‘q, shunda ayyor va tadbirkor quli ko'makka keladi, xasis, 
qattiqqo*', lekin sodda otani laqillatib, pul topib beradi. Sir ochilgach, 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling