Shpis fikricha, isyonkor Faust bu qilmishi uchun u dunyoda do‘zax
o'tida yonmog‘i lozim. Isyonkor Faust shaxsi Gyoteni o'ziga maftun
qiladi, ilk marotaba Faust haqidagi afconaga «Prafeust» asarida murojaat
qiladi.
«Faust» asari murakkab, ramzlarga, tagma’nolarga to‘la asar. Unda
aniq makon va davr ko'rsatilmagan, konkret shaxslar nomi atalmagan,
biroq doston o'z davrining muammolari, g'oyalarini aks ettiradi.
Aytii paytda unda butun insoniyat dardlari, intilishlari o'z ifodasini
topgan. Gyote insonga cheksiz mehr va ishonch bilan qaraydi, uning
qudratiga qoyil qoladi, ojizligidan iztirob chekadi. «Faust» tragediyasi
insonning ruhiy imkoniyatlari tadqiqiga bag'ishlangan.
«Faust» she’riy shaklda yozilgan bo'lib, ikki qismdan iborat
tragediyadir.
«Faust» asari klassitsizm an’analariga ko'ra «Bag'ishlov», «Teatr
muqaddimasi» va «Arshi a ’lodagi debocha» bilan boshlanadi.
Muqaddimada san’atga turlicha qarashlar namoyon bo'ladi U qiziqchi,
shoir va muzey direktorining suhbatidan iborat. Shoir: «Avlodlarga
qolur haqiqiy san’at» deb hisoblaydi, qiziqchi esa: «Bu kungi yoshlarni
xursand qilur kim? Zamonga yor bo'lish kichkina ishmas» deydi.
Direktor: «Eng zaruri sarguzasht bo'lsin, Ko'zga quvonch bo'lsin,
dilga gasht bo'lsin» degan fikrda. Gyote san’atga ko‘ngil ochish vositasi
yoki pul topish manbai deb qarovchilarga qarshi chiqadi, iste’dod
ilohiy ne’mat, uningcha san’at inson qalbini o'zgartirishga qodir buyuk
kuch, u buyuk ishlarga xizmat qilishi kerak:
Bor, izla о ‘zingga bo ‘lak xizmatkor,
Sen boshlagan yo ‘Iga aslo bormasman.
Menda tangri bermish oliy huquq bor,
Sen deb men uni loyga qormasman.
She 'riyat qalblami yoqur ne sabab ?
N ahot bois bo ‘Isa balandparvoz gap!
Shoir yuragida pinhondir olam,
Jahoniy uyg‘unlik unda mujassam.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Do'stlaringiz bilan baham: |