Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


ijtimoiy voqealar bilan bog'lanib ketadi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

ijtimoiy voqealar bilan bog'lanib ketadi.
Gyote 1776- yilda gersog Karl Avgustning vaziri vazifasiga 
tayinlanadi. U o'z mavqeidan foydalanib demokratik islohotlar 
o'tkazish umidida harakat qiladi, biroq orzulari to'siqlarga uchraydi. 
niyatlari puchga chiqadi va Gyote 1786-1788- yillari ltaliyaga sayohat 
qilishga qaror qiladi. Ushbu sayohat taassurotlari natijasi o'laroq 
«Ifigeniya Tavridada» (1786), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» 
dramalarini yozadi.
1789- yilda bo'lib o'tgan Fransuz buijua inqilobi uning qalbida 
ziddiyatli fikrlar uyg'otadi. U inqilobning qon to'kuvchi, birodarkushlik 
mohiyatini qabul qila olmaydi, o'z vatanida bunday hodisalar bo'lishini 
istamaydi. «Venetsiya epigrammalari» (1790), «Fuqaro General» dramasi 
(1793), «Nemis muhojirlari suhbati» novellasi (1794), «German va 
Doroteya» dostoni (1794) da ana shu qarashlar aks etgan. 1794- yili 
nemis klassitsizmining yorqin namoyandasi G.Shiller bilan do'stlashadi.
Gyotening «Vilgelm Maysteming talabalik yillari» (1793—1796), 
«Vilgelm Maysteming darbadarlik yillari» (1821 — 1829) romanlari 
asosida insonning jamiyat oldidagi burchi, mas’uliyati masalasi yotadi.
Gyotening dunyoqarashiga Sharq ijtimoiy-falsafiy qarashlarining 
ta’siri katta bo'lgan. Sharq mavzusiga murojaat qilishini uning o'zi 
shunday izohlaydi: «Yevropadagi hayot sharoiti va davr taqozo qiladi». 
Napoleon urushidan so'ng tushkunlikka tushgan Yevropa voqeligidan 
ko'ra Sharq uni o'ziga ko'proq jalb qiladi. Gyote Sharq mamlakatlari 
madaniyati, tarixi, adabiyotini juda yaxshi bilgan, Firdavsiy, Anvoriy. 
Sa’diy, Nizomiy, Rumiy, Hofiz, Jomiy kabi buyuk sharq ijodkorlari 
asarlari bilan yaqindan tanish bo'lgan. U Hofiz Sheroziyni o'ziga 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling