Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


va unga foydali narsalar to'g'risida yozishga o'rgatdi, shuning uchun


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

va unga foydali narsalar to'g'risida yozishga o'rgatdi, shuning uchun 
ham insof yuzasidan uni haqiqiy birinchi buyuk rus shoiri deb 
hisoblaydilar, o'qimishli rus kishisi uning nomini tilga olganida unga 
zo'r hurmat va minnatdorchilik bildirdi, deya e ’tirof etgan edilar.
Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799- yil 26- mayda Moskva 
shahrida tug'ilgan. Pushkinning ota-bobolari Rossiya tarixida ancha 
katta o'rin tutgan obro‘li shaxslar bo'lgan. Ota tomondan bobosi Gavril 
Grigoryevich Pushkin o'z davrining yirik amaldorlaridan bo'lgan, 
keyinchalik Pushkin «Boris Godunov» tarixiy tiagediyasida bu shaxsga 
keng o'rin beradi Onasi tomonidan habash Ganniballar avlodiga borib 
taqalgan shoir Rossiya tarixidagi buyuk hukmdor Petrning asrandi 
o'g'li bo'lgan ushbu bobosining nomini faxr bilan esga oladi. Pushkin 
bu bobosi haqida «Buyuk Petrning arabi» asarini yoza boshlagan, 
lekin uni tugata olmagan. Buyuk Petr arabining kichik o'g'li Osip 
Abramovich Gannibal Pushkinning onasi Nadejda Osipovnaning otasi 
edi. Shoirning otasi Sergey Lvovich awal gvardiyachi Izmaylov polkida 
xizmat qilgan, keyinchalik harbiy xizmatdan bo'shab Moskvaga ko'chib 
kelgan bo'lib, zamonasining badavlat va boobro' kishilaridan edi.
Pushkin bolaligidan alohida e ’tibor va nazorat ostida turli guvemer, 
guvernant ayollar qurshovida o'sdi. Ulardan rus, fransuz, ingliz 
tillaridan ilk saboqlar oldi. Sergey Lvovich ilg'or fikrli, madaniyatli, 
adabiyotga va ilm-fanga mehr qo'ygan ma’rifatli kishi edi. Shu sababli 
uning xonadoniga zamonasining taniqli shoir va yozuvchilari tashrif 
buyurib turardilar. Tabiatida ijodkorlik qobiliyati bo'lgan bola hayotida, 
albatta, bu tashriflar izsiz ketmadi.
Pushkin to'qqiz-o'n yoshlaridan she’r yoza boshladi, hatto kichik 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling