komediyalar, masallar ham to'qigani haqida ma’lumotlar bor, biroq
ular saqlanib qolmagan.
O'n ikki yoshida Pushkinni Sarskoye seloda tashkil qilingan litseyga
o'qishga beradilar. litsey Pushkin hayotida yangi bir sahifa ochadi,
uning shoirlik iste’dodining ochilishi ana shu davrga to‘g‘ri keladi, bu
yerda qator do‘stlar orttiradi. Pushkin tabiatan ta’sirchan va hissiyotga
beriluvchan odam edi, bir muhabbat qo'ygan odamini oxirigacha sevar,
undan hech narsasini ayamas ed i Shu sababli litseydagi do'stlari bilan
umrining so'nggigacha aloqasini uzmadi. Sevimli litseyiga bag'ishlab
bir necha ajoyib she’rlar yozdi. «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida
bu davr xotiralari ko‘plab keltirilgan.
Pushkinning litseydagi olti yillik ta’limi uning bilimlarini boyitishda
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bo‘lg‘usi daho shoir o ‘ta namunali
o'quvchi emas edi, zero alohida iste’dodga ega shaxslar qat’iy qoliplar,
tartibga bo'ysunishni yoqtirmaydilar. Shu sababli u muntazam darslarga
tayyorlanishni yoqtirmas edi. Biroq Pushkin darsdan tashqari o ‘zi
istagan tarix va adabiyotga oid asarlarai ishtiyoq bilan o ‘qir edi.
Litsey hayoti davomida uning ilk she’ri matbuot yuzini ko'rdi. Bu
«Shoir do'stimga» deb nomlanuvchi she’г 1814- yili Moskvadagi
«Вестник Европы» jumalida bosilib chiqadi litsey o'quvchilari orasida
uning epigrammalari ham mashhur edi. Aynan shu litseyda yosh
Pushkin iste’dodi chinakamiga tan olindi. Bu voqea shoir Deqavinning
Sarskoye selo litseyiga tashrifi bilan bog‘liqdir. Shoir o‘zining «Sarskoye
selo xotiralari» she’rini o'qiydi, Deijavin juda hayajonlanib ketadi va
uni bag'riga bosmoqchi bo'ladi. Lekin hayajonga va xijolatga to'lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |