hayotdan ko‘z yumar ekan, shunday xulosaga keladi:
Uzoq hayot yo ‘Uni о ‘tdim-u bosib,
Olam hikmatini ayladim yakun.
Kim — erk, hayot deb jang qilolsa har kun —
E rk-u hayot uchun о ‘sha munosib.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
«Faust» asari insonga nisbatan umid va ishonchga to‘la. Hayotda
ezgulik va taraqqiyot uchun kurash hech qachon so‘nmaydi Shu sababli
ham asar yakunida Faust ruhi «Men bilan olishdi uzoq bu banda, Yuz
tuban yiqildi vaqti yetganda», deya tantana qilayotgan shaytonga emas,
jannat maloyikalari hukmiga o ‘tadi, inson qalbidagi iblisni yengishga
muvafTaq bo'ladi.
----------- eflgr
R O M A N T IZ M
Romantizm (frans. roDiantisme) — XVIII asr va XIX asrning
birinchi yarmidagi Yevropa va Amerika adabiyotidagi yo'nalish. Boshda
romantizm so‘zi lirik va qahiamonlik qo'shig'i — romans ma’nosini
anglatgan, keyin esa ritsarlar to'g'risidagi yirik epik dostonlar shu
nom bilan ritsarlik romaniari deb atala boshlagan. XVIII asrda
Angliyada 0 ‘rta asrlar va Uyg'onish romantizm deb nomlanadi hamda
she’riyatning asosiy unsuri hisoblanadi.
XVIII
asr oxiriga kelib bu atama Germaniyada va XIX asr
boshlarida Fransiyada o'z davri yangi adabiyotini anglatish uchun
q o ‘liana boshlaydi. Keyinchalik ajoyib fantastik, sirli, sarguzashtga
oid barcha narsa ana shu so‘z bilan atala boshladi. Bir qator boshqa
Yevropa mamlakatlarida romantizm o'zini klassitsizmga qarshi
qo'ygan badiiy oqim tusini oladi.
Ushbu yo'nalish vakillari o'rta asrlar san’atini ulug'lagan holda
yangi davr san’atini ham inkor qilmadilar. Ular Dante, Shekspir,
Servantes va Gyotelar timsolida buyuk romantiklarni ko'rardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |