Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


«Qur’ondan iqtibos», «Andrey Shene», «Vakxik qo'shig'i», «18-


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

«Qur’ondan iqtibos», «Andrey Shene», «Vakxik qo'shig'i», «18- 
oktabr», «Faustdan sahna», «Stenka Razin haqida qo'shiq» asarlari 
vujudga keladi. Shu yerda «Lo'lilar» asarini tamomlaydi. «Yevgeniy 
Onegin» she’riy romani, «Boris Godunov» tragediyalari ustida ish 
olib boradi.
Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi uning ijodi yangi 
yo'nalishga kirganidan dalolat beradi, asarlarida realistik uslubga 
moyillik ko'zga tashlana boshlaydi. Shekspir ta’sirida yozilgan ushbu 
asarda Pushkin klassik tragediyaga yangicha ruh olib kiradi, 
klassitsizmning «uch birlik» qonunidan dadil voz kechadi, she’riy va 
nasriy sahnalarni uyg'unlashtira biladi, jonli xalq tili leksikasidan erkin


foydalanadi. Ayni paytda tarix haqiqatiga sodiqlikka, qahramonlar 
xarakterini butun murakkabliklari, ziddiyatlari bilan namoyon qilishga 
intiladi.
Pushkin davming ijtimoiy masalalaridan ham chetda turmadi, 1826- 
yilgi Rossiyadagi dekabristlar qo'zg'olonida shaxsan ishtirok etmagan 
bo'lsa-da, dekabrist do'stlari harakatiga befarq qaramadi. Pushkin chin 
hassos ijodkor sifatida erkinlik, haqiqat, umuman, ezgulik tarafdori 
edi, u har qanday ko'rinishdagi zulmga qarshi edi. Shu sababli shoh 
g'azabiga duchor bo'lgan do'stlariga chin dildan hamdard bo'ladi. 
Shu tariqa uning «Sibirga», «Arion» kabi she’rlari vujudga keladi.
Pushkinning bu davrda yaratilgan «Sezgi», «Uch kalit» kabi she’rlari 
inson hayotining ma’nosi, taqdirini yaratish uchun kurash va ayni 
paytda taqdiri azal oldidagi ojizlik tuyg'ularini ifodalaydi.
20- yillarning ikkinchi yarmida Pushkin «Yevgeniy Onegin» ustidagi 
ishini davom ettiradi. Romanning birinchi to'liq nashri 1833- yilda 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling