Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

bosilib chiqadi.
Ushbu roman turi keyinchalik davom ettirilmadi Biroq Pushkinning 
bu asari uning ijodida realistik yo'nalishlaming barqarorlashganidan 
dalolat beradl Shoir tasvirda voqelikni aks ettirishning yangi, murakkab 
usullariga murojaat qiladi Shoir bayonchi emas «ko'rsatuvchi» holatini 
egallaydi — rus hayoti manzaralari suratdagidek ko'z o'ngingizda 
jonlanadl Ayni paytda unda davming o'tkir ijtimoiy-axloqiy muammolari 
aks etadi.
Roman markazida Yevgeniy Onegin obrazi turadi. Onegin 
ziddiyatli, murakkab shaxs. U yuksak didli, zukko inson, atrofida ro'y 
berayotgan hodisalarni teran idrok etadi. Kiborlar m uhitidagi 
munofiqlik, aldov, riyoni chuqur his qiladi, o'zini bu muhitga yot 
sezadi, undagi loqaydlik, zerikishning sababi shunda. Ayni paytda u 
o'z muhitining farzandi, uning hayot tarzi, odatlaridan voz kecha 
olmaydi. Pushkin Oneginning aniq maqsaddan, orzu-istaklardan xoli, 
loqayd umrguzaronligini tasvirlaydi, bu hayot bir maromda, karaxt 
bir tarzda kechaveradi.
Tatyana Larina romandagi yagona nurli obrazdir. Ko'ngli musaffo, 
ma’suma, tashqi tomondan ko'rimsiz va zaifgina bo'lgan bu qizda 
juda kuchli hissiyotga qodir ulkan qalb yashiringan. U Onegin timsolida 
hassos qalb, dardli insonni ko'ra biladi, shu sababli uni sevib qoladi. 
Tatyana ning Oneginga she’riy maktubi asarning eng kuchli o'rinlari- 
dandir. Biroq Onegin Tatyananing muhabbatini rad etadi, zero 
muhitning yengil-yelpi sarguzashtlariga o'rgangan, hatto sevgi ham 
ko'ngil ermagiga aylangan qalb kuchli ehtiros bilan yo'g'rilgan bunday 
muhabbatga tayyor emas edi. Onegin muhabbatdan ham zerikib 
ulgurgan, uning o'tkinchiligiga imon keltirgan edi. Shu qarash yetovida



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling