Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


tartibotlari, ijtimoiy muhit ta’sirida maydalashgan «kichkina odam»


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

tartibotlari, ijtimoiy muhit ta’sirida maydalashgan «kichkina odam» 
qalbi, kechinmalari F.M.Dostoyevskiy, Anton Chexov ijodida yetakchi 
mavzuga aylanadi Dostoyevskiyning bir qarashda noan’anaviy tuyulgan 
asarlarida inson qalbining o‘ta murakkab, sirli manzaralari, hali qalamga 
olinmagan tublari ochib ko‘rsatiladi.
XX asr boshlarida rus adibi Mixail Sholoxov, o ‘zbek adabiyotida 
Cho'lpon, Qodiriy bu metodning o'lmas namunalarini yaratdilar. 
Amerika adibi Ernest Xeminguey, ingliz adibi Somerset M oem kabi 
yozuvchilar ijodida realizm o'zining yangi bosqichiga ko'tarildi, 
keyinchalik qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov, rus yozuvchilari 
M.Shukshin, V. Rasputin kabilaming mazkur metod imkoniyatlarini 
namoyon qiluvchi asarlari vujudga keldi.
Realizm uzoq davom etgan taraqqiyot bosqichini boshidan 
kechirgan, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, uning unsurlari, xilma-xil 
ko'rinishlari adabiyot tarixining barcha bosqichlarida kuzatilgan bo'lsa- 
da, uning tugal metod sifatida o ‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilishi 
XX asrga to£g‘ri keladi. XX asr jahon adabiyotida ingliz adibi S. Moem, 
amerikalik E.Xeminguey, Lotin Amerikasi adibi Gabriel Garsia Markes 
singari adiblar ushbu oqimning eng ko'zga ko'ringan, uning rivojiga 
katta hissa qo'shgan va ayni paytda uni ulkan kashfiyotlari bilan 
boyitgan, biri ikkinchisini takrorlamaydigan o'ziga xos ijodkorlardir.


S O M E R S E T М О Е М
Uilyam Somerset Moem — buyuk ingliz yozuvchisi, XX asrning 
mumtoz adibi degan sharafli nom egasi. U uzoq va mazmunli hayot 
kechirdi. XIX asr oxirida ijodini boshlagan yozuvchi ikkinchi jahon 
urushidan keyin unga yakun yasadi. Yarim asrdan ko'proq davom 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling