Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


Download 0.92 Mb.
bet12/16
Sana05.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1432200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Mustaqillik yillarida Samarqandning tarixiy obidalarining qayta ta’mirlanishi.

  2. Registon ansambli, Shohi Zinda silsilasi, Amir Temur maqbaralari tarixi.

  3. Imom al-Buxoriy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam maqbaralari tarixi.

  4. Ruxobod, Bibixonim, Oqsaroy maqbaralari tarixi.

10-mavzu. Samarqand mustaqillik yillarida
Reja:
1.MustaqillikyillaridaSamarqandshahridaaholifarovonligivaijtimoiysohaningrivojlanishi.
2.Mustaqillik yillarida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarining qayta ta’mirlanishi va ularning madaniy hayotidagi tutgan o‘rni.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kun – 1991-yil 1-sentyabr Samarqand shahri tarixida eng yangi davrining boshlanishidir.


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1996-yil 18-oktyabrda Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali mitingda so‘zlagan nutqida bu shaharning jahon tarixidagi o‘rniga baho berib, “Samarqand millatimiz dovrug‘ini butun olamga taratgan ilohiy maskanimizdir, o‘tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir” degan edi.
Samarqand tom ma’nodagi tarixiy shahar bo‘lganligi bois mustaqillik yillarida, shahardagi dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan o‘nlab bebaho tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash, bu maskanda yashab ijod etgan, dunyoviy va diniy fan sohalarida barakali ijod qilib dunyo faniga beqiyos hissa qo‘shgan o‘nlab allomalarning nomlarini tiklashishlari Davlatimiz rahbarlari tomonidan davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.1994-yilda buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996- yilda esa Amir Temur tavalludining 660 yilligi sanalari dunyo miqyosida keng nishonlanishiga erishildi. 1998-yilda islom olamining buyuk allomasi, ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi islom olamida keng bayram qilindi. Shu munosabat bilan bu zoti sharifning qabri joylashgan Xo‘ja Ismoil qishlog‘ida ulkan va betakror me’moriy majmua bunyod etildi.
2000-yilningapreloyidaushbumajmuagatashrifbuyurganYuNESKOningboshdirektoriFederikoMayorbuyerdaSamarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Shahrisabzshaharlarinaqqosh-ustalaritomonidanyasalgandarvozalar, eshiklarvaustunlardaaksetganyog‘ocho‘ymakorligihamdaganchkorlikningo‘nlabnamunalarigayuqoribahoberib, “Bundayyuqorisan’atnamunasinihyechqayerdako‘rmaganman, buo‘zbekxalqiningyuksakma’naviyatitimsolidir” – deganedi.
IslomdunyosidagibuyukallomalarAbuMansurMotrudiytavalludining 1130 yilligimunosabatibilanbuzotqabriustidago‘zalme’moriymajmuabarpoetildi. ImomMarg‘inoniytavalludining 910 yilligirespublikamiqyosidakengnishonlandi.
Mustaqillikyillaridashahardazamonaviyvaxalqarostandartlargajavobberadigan “Afrosiyobpalas”, “PrezidentOtel” kabiyirikmehmonxonalarishgatushurildi. Bir nechta avval qurilgan mehmonxonalar tubdan ta’mirlandi. 100 dan ziyod turlicha me’moriy ko‘rinishdagi xususiy mehmonxonalar bunyod etildi.Samarqanda aeroportining binosi, uchish maydonlari va terminali tubdan yangilandi, aeroport xalqaro aeroport maqomin iolishga erishdi.
Keyingi yillarda mamlakat iqtisodining muhim bug‘unini tashkil etuvchi banklar qurilishiga keng e’tibor qaratildi. Shaharda “Markaziybank”, “Milliybank”, “Sanoatqurilishbanki”, “Asakabank”, “Savdogarbank”, “Agrobank”, “Ipotekabank” “Aloqabank” , “Ipakyo‘libank” “Hamkorbank” vaboshqabanklarqurildi. Shaharmarkazida “Mo‘jiza” amfiteatrihamkeyingiyillardaqurilganinshootlardanbiridir.
Samarqand respublikamizning yirik sanoat markazlaridan biridir. Viloyatda yirik avtomobilsozlik zavodlari ishga tushgan. Shahrimizda yirik avtomobil zavodi, muzlatkichlar, sovitgichlar va boshqa o‘nlab turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Sino” OAJ, yuqori sifatli chinni buyumlar ishlab chiqaruvchi “Nafis” korxonasi va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik yillarida yana bir inshoot – Yoshlar markazi qurildi va bu bino shaharning eng muhim madaniy, ijtimoiy va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan maskaniga aylantirildi.
Yoshlarni, kelajak avlodni sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida mustaqillik yillarida sport inshootlari qurilishiga keng e’tibor berildi. Dahbed ko‘chasida sport litseyi, muhtasham zamonaviy stadion, bir nechta sport zallarini o‘z ichiga olgan yirik sport majmuasi qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Bu inshoot xalqaro va respublika miqyosidagi doimiy sport musobaqalari, spartakiada va universiadalar o‘tkaziladigan maskanga aylandi. 2000 yildan beri Samarqandda tennis bo‘yicha an’anaviy xalqaro “Chellenjer” turniri o‘tkazilib kelinmoqda.
Samarqand shahri hayotida muzeylarning o‘rni ayniqsa muhimdir O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng vi­loyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Shu davrda viloyat sanoatida tub tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 1991- yilda Samarqand viloyati sanoatida ishlab chiqarilgan jami tovar mahsulotlari davlat korxonalari zimmasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1996 yilning 7 oyi mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotida davlat korxonalarining ulushi 25,7 foizni, nodavlat sektoriniki esa 74,3 foizni tashkil etdi.
Mulkchilikning turli shakllarining joriy etilishi korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini barpo etdi, bozor iqtisodiyoti qadriyatlari asoslana boshladi.
Hozirgi kunda viloyatda 13 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar mulkchilikning nodavlat sektoriga o‘tkazilgan bo‘lib, bu viloyat iqtisodiyotining 80 foizini tashkil etmoqda. Qishloq joylarida ham turli mulkchilik shakllari rivojlanmoqda. O‘tgan davrda viloyatda 4,2 mingdan ziyod dehqon (fermer) xo‘jaliklari tashkil etilgan bo‘lib, ularning 2,2 mingtasi mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Shu kecha-kunduzda ularga foydalanish uchun 23 ming gektardan ortiq yerlar ajratib berilgan.
Viloyatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, shu davrgacha 3290 ta shaxsiy, 1534 ta kichik korxonalar tashkil etildi.
Mavjud turli mulklarni «Kimoshdi» savdosi orqali sotish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Birgina 1995-yil mo­baynida viloyatda jami 61 marotaba «Kimoshdi» savdolari o‘tkazilib, boshlang‘ich baholari 63,5 mln. so‘m bo‘lgan 1247 ta obyektlar 88,4 mln. so‘mga sotildi. Sotilgan obyektlar ichida 362 tasi ko‘chmas mulk obyektlari, shundan 9 tasi qurilishi tugallanmagan inshootlar, 704 tasi yer uchastkalari, 181 tasi transport vositalaridir.
1996- yilning 1- iyunigacha viloyatda 400 ta hissadorlik jamiyatlari mavjud bo‘lib, shundan 382 tasi ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Mavjud hissadorlik jamiyatlaridan 272 tasi o‘z aksiyalarini chiqarishib, shundan 75 tasi 159 mln. so‘mlik qimmatbaho qog‘ozlarini sotishdilar.
Viloyat korxonalarida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, jahon standartlariga mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va bu borada viloyat hududiga chet el sarmoyalarini jalb etish borasida ham tinimsiz ish olib borilmoqda.
1996- yilning 1- iyuniga qadar Samarqand viloyati hududida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda 131 ta qo‘shma korxona tash­kil etilgan bo‘lib, shundan hozirgi kunda 62 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda, 14 tasi faoliyatini boshlash arafasida.
Xorijiy investisiya korxonalarining Nizom sarmoyasi 1996- yil 1- aprel holatidagi ulushi 258 mln. so‘mni yoki 32,9 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan, xorijiy hamkorlarning hisobot davridagi ulushi 87,5 mln so‘mni yoki 18,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
1996- yilning birinchi choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishi 337,8 mln. so‘mni tashkil etdi.
14 ta qo‘shma korxona sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek ularda tamaki, paxtadan yigirilgan ip gazlamalari, granit, marmar, yog‘och materiallari va boshqa xalq iste’mol mollari ishlab chiqarilmoqda.
Bundan tashqari qo‘shma korxonalar sayohat, savdo-vositachilik xizmatlari, qurulish-montaj ishlarini bajarish va boshqa xizmatlarga ixtisoslashgan.
1995- yilda viloyatdagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmi 1994 -yilga nisbatan 4 marta o‘sdi.
1995- yilda qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, umumiy sanoat mahsuloti xajmining 0,4 foizini, 1996- yil yanvar-mart oylarida 5,5 foizini tashkil etib, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 3,7 martaga o‘sdi.
Viloyatda 1995 yilda qo‘shma korxonalar mahsulotlarining eks­port xajmi 3,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi yoki 1994 yilga nisbatan mos ravishda 4,5 martaga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich 1996-yil yanvar-aprel oylarida 1,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, te­gishli ravishda 2,6 martaga o‘sdi va viloyat umumiy eksport xajmining 5 foizini tashkil etdi.
1995- yilning 1 - yanvar holatiga qo‘shma korxonalarda band bo‘lgan ishchilar soni 1998 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 1996 yil­ning 1 apreliga kelib 2065 kishini tashkil qildi yoki 3,3 foizga o‘sdi.
Dunyoning 26 davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan 131 ta qo‘shma korxonadan 22 tasi Rossiya bilan, 16 tasi Afgoniston, 14 tasi AQSh, 13 tasi Turkiya, 9 tasi Shveysariya, 7 tasi Xitoy va Olmoniya, 6 tasi Pokiston, 4 tasi Italiya davlatlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Ayniqsa, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan qo‘shma korxonalar hozirgi kunda ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Raqobatbardosh sport va bolalar trikotaj mahsulotlari ish­lab chiqaradigan «Samjinteks» yirik qo‘shma korxonasi 1995-yil 17-yanvarda Jomboy tumani «Do‘stlik» jamoa xujaligida tashkil qilindi. Nizom sarmoyasi 21,3 mln. AQSh dollari miqdorida, shundan O‘zbekiston tomonining ulushi 49 foiz, xorijiy hamkor­larning ulushi esa 51 foizdan iborat.
1998 yilda «Samjintsks» qo‘shma korxonasida 276 kishi ishlagan va 31,4 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shundan: 19,1 mln. so‘mligi 222 tonna paxtadan yigirilgan ip, 12,3 mln so‘mligi 136,1 tonna paxta ipidan ishlab chiqarilgan gazlamalar. 1,1 mln AQSh dollari kiymatiga ega bo‘lgan mahsulotlar eksport qilin­di, shundan: paxtadan yigirilgan ip 359 ming, paxta ipidan yigi­rilgan gazlamalar 737,6 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
2000-yilning 4-oyida mazkur qo‘shma korxonada ishlovchi 419 xodim 86841,1 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.
Ma’lumki, Samarqand viloyati O‘zbekistonning asosiy tamaki yetishtiruvchi mintaqasi sanaladi. Viloyatning saxovatli zamini­da yetishtirildigan xushbuy tamaki navlari xorijdagi kompaniyalarni qiziqtirmasdan qolmasdi, albatta.
«UzBAT»O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi yerik turdagi hissadorlik jamiyati Toshkent tamaki fabrikasi, Samarqand va Urgut tamakini fermentasiyalash zavodlari qoshida tuzildi.
Samarqand shahri Siyob tumanining Farxod qo‘rg‘onida sigaret ishlab chikaruvchi fabrika qurilishi ham ko’zda tutilgan. «BATInvest» Britaniya-Amerika kompaniyasining investisiya dasturi 5 yilga muljallangan bo‘lib, 232 mln AQSh dollari miq­dorida baholanmoqda. Shuningdek, ushbu kompaniyaning «UzBAT»hissadorlik jamiyatini qurish uchun ajratilgan kapitali oxirgi 5-yilda kupayishi ham belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil-dagi 309-sonli qaroriga binoan «UzBAT AJ» besh yil mobaynida «O‘zoziq-ovqatsanoat» davlat konserniga kelishilgan narxlar va muddatlarda umumiy miqdori 65 ming tonna bo‘lgan fermentlangan tamaki bargini yetkazib beradi.
Shuningdek, qo‘shma korxona qishloqda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish jarayonida ham faol ishtirok etib, 1996-yil iyun oyida Urgut tumanining sog‘lomlashtirish markaziga «Si­mens» firmasidan 250 ming AQSh dollari miqdoridagi tibbiyot jixozlarini sotib olishga kumaklashdi.
Bundan tashqari qo‘shma korxona tomonidan nogironlarga, qarovsiz qariyalarga va ko’p bolali oilalarga 100 ming so‘mlik sovg‘alar tarqatildi.
«Navro‘z» bayramini nishonlash uchun esa 300 ming so‘m ajratildi.
1996-yil 25-fevralda Nizom fondi 1,8 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lgan marmar va granitni qayta ishlab silliqlovchi O‘zbekiston-Avstriya «Marmar-Granit» qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.
1997- yilda bu qo‘shma korxona tomonidan 1,6 mln. so‘mlik 147 kubometr marmar bloklari ishlab chiqarilib, 13,5 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilindi.
1995-yil 13-iyunda chulki - paypoq buyumlari ishlab chiqaradigan O’zbek-Ispan «Xamro-UIK» qo‘shma korxonasiga asos solingan bo‘lib, uning Nizom fondi 100 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
1996-yilda bu qo‘shma korxonada ishlovchi 20 kishi tomonidan 2,1 mln. so‘mlik 154 ming juft paypoq buyumlari ishlab chiqarildi.
1997-yilning birichi choragida esa 29 ta ishchi xodim tomonidan 1,2 mln. so‘mlik 86,6 ming juft paypoq buyumlari tukilgan, eksport xajmi 38,8 ming AQSh dollarini va import xajmi esa 37,1 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Shuningdek, 1995-yil 25-noyabrda qo’lda gilam to’qish bilan shugullanadigan O’zbek-Afgon «Afgon-Buxoro-Samarqand» qo‘shma kor­xonasi, 1992-yil 8-yanvarda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqaradigan O’zbek-Afgon «Samarqand LTD» qo‘shma korxonasi, 1992-yil­ning 9-noyabrida esa poyafzal ishlab chikaradigan O‘zbekiston-Turkiya «Yulduz» qo‘shma korxonasi kabi ixcham korxonalar Samarqand shahrida tashkil etilgan.
Qurilish-montaj ishlari va yigma temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan O‘zbekiston-Yugoslaviya-Shveysariya «Samrad» qo‘shma korxonasi ham Samarqand shahrida tashkil etildi. Uning Ustav fondi 200 ming nemis markasi miq­dorida bo‘lib, tomonlarning ulushi 50 foizdan iboratdir.
1997-yilda «Samrad» qo‘shma korxonasida 805 kishi faoliyatidan41 mln. so‘mlik temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarildi va 43,6 mln so‘mlik kurilish-montaj ishlari bajarildi.
yilning , I choragi davomida esa 864 kishi faoliyatidan 5,6 mln. so‘mlik yoki 1394 tonna sifatli temir-beton konstruksiya­lari ishlab chiqarilib, 7,2 mln. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Viloyatda 1991-1996 yillar mobaynida moliya va bank tizimida erishilgan yutuqlar salmoqdi bo‘ldi. Mustaqillikka qadar mav­jud banklardagi mijozlar soni 8898 tani tashkil etgan bo‘lsa, shu bugungi kunda ularning soni 14787 taga ko‘paygan yoki o’tgan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.
Viloyat hokiminig 1995-yil 12-oktyabrdagi 198-sonli qaroriga asosan Xalq banki bo’limlarining soni 1995-yilda 20 taga, 1996-yilda 366 taga, 1997-yilda 390 taga, umumiy hisobda esa 939 taga yetkazilishi mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi mashhur va hayotbaxsh «Iqtisodiy islohotlarni chukurlashtirish, xususiy mulkni himoyalash va tadbirkorlikni yanada rivoj­lantirish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan xususiy tadbirkorlik­ni rivojlantirish maqsadida viloyatda «Olim» va «Umar» xususiy banklari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Xususiy «Olim» banki 1994-yil 10-mayda jismoniy shaxslar tomonidan 2 mln. so‘m miqdorida Nizom fondi tashkil qilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro’yxatdan o’tdi. Bu­gungi kunda uning ta’sischilari jismoniy shaxslar va xususiy korxonalardan iborat.
Nizom fondiga ega xususiy «Umar» banki ham 1994- yil 13- iyunda ta’sis etilgan. Bugungi kunda uning ta’sischilari jismoniy shaxslar va xususiy firmalardan iborat bo‘lib, bankning Nizom fondi 940 mijozga kredit xisob-kitob xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Bank Samarqand shahrida faoliyat ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1996- yil 20- apreldagi qaroriga asosan xususiy banklar Nizom kapita­li joriy yilning 1 avgustida 80 mln so‘mgacha yetkazildi.
Ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholining qimmatli qog‘ozlarga va banklarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 1995-yil 20-dekabrdagi «Aholining omonatlardagi va davlat sugo‘rtasi bo‘yicha pul mablaglarini indeksasiya kilish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida viloyat hokimining 1995- yil 28- dekabrda 243-sonli qarori qabul qilinib, aholining omonatlardagi va davlat sugo‘rtasi bo‘yicha pul mablag’larini indeksasiya qilish ham jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar qimmatbaho qog‘ozlar, ya’ni vekssellar orqali amalga oshirilishi debitor va kreditor qarzlarning kamayishida o‘z samarasini bermoqda.
1994-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab respublikamizda milliy valyuta-»So‘m» joriy qilingandi. Samarqand viloyatida inflyasiyaning oldini olish, milliy valyutaning xarid-to‘lov qobiliyatini mustaxkamlash, emissiya ulushini qisqartirish va naqd pul muomalasini tezlashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasida komissiya ulu­shi milliy valyuta kiritilgan paytdagi 37 foizdan 1996 yilning 1 iyun holatiga 1 foizga kamaytirilishiga erishildi va 36 foiz­dan iborat bo‘ldi. Viloyatda komissiya ulushini joriy yil oxirigacha 17 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Viloyatda kapital qurilish sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Utgan besh yil ichida viloyatda 45854 ming kv. metr uy-joylar, 70847 ukuvchi o‘rniga mo‘ljallangan umumta’lim maktablari, 6810 urinli maktabgacha tarbiya muassasalari, 1634 to‘shakli shifoxonalar, soatiga 3433 kishini kabul kilish quvvatiga ega bo‘lgan poliklinikalar, 775 km suv uzatish tarmoqlari, 3384 km gaz uzatish tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. 1424 km avtomobil yo’llari ta’mirlanib, 7542 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi. Birgina 1996 yil davomida 915 ming kv. metr uy-joylar qurilishi, 10195 o’quvchi o’ringa ega bo‘lgan umumta’lim maktablari, 470 o’rinli maktabgacha tarbiya muassasalari, 570 to’shakka mo’ljallangan shifoxonalar, 58,2 km suv uzatish tarmoqla­ri, 730,5 km gaz uzatish tarmoqlari va 530 km yo‘llarni ta’mirlash yumushlari rejalashtirilgan.
Shu davr ichida Samarqand shahrida yo’lovchilarning barcha talablariga javob bera oladigan temir yo’l vokzali qurilib foydalanishga topshirildi. Jizzax — Maroqand yo‘nalishi bo‘yicha elektrofikatsiya ishlari olib borilmoqda. Viloyat shahar va tumanlarida yangi-yangi shoxbekat va bekatlar qurilib, ishga tushirilmoqda.
Aloqa sohasida esa Turkiya davlati bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 31-ATS liniyasi ishga tushirildi. Hozirgi kunda Germaniyaning «Simens» firmasi bilan hamkorlikda mavjud ATSlarni yangi aloqa uskunalari bilan jihozlash masalalari ko’rilmoqda. Bundan tashqari keyingi besh yil davomida viloyat mexnatkashlarining extiyojlarini qondirish maqsadida hududlarda 60 dehqon bozorlari qurilib foydalanishga topshirildi, 530 tegirmon, 454 moyjuvoz qurilib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Istiqlol davrida viloyat tarixida olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan Samarqand televideniyesi (STV)ning ishga tushirilganligi quvonchli voqeadir. Viloyatning Urgut tumanida qurilgan, respublika tumanlari ichidagi yagona teleminora, osma ko‘prik va favvoralar xalqimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning ijobiy natijasidan, tumanlarda badavlatlik nishonalari paydo bo‘layotganidan dalolat beradi.
Qishloq joylarida sanoat korxonalari joylashtirish ishlariga e’tibor yildan-yilga kuchaytirilmoqda.
Samarqand viloyati iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi asosiy sohalardan biridir. Viloyatda respublika paxtasining 6,6 foizi, tamakining 94,5, donning 10, kartoshkaning 18,4, Sabzavotning 14,2, polizning 6,4, mevaning 13,1, uzumning 27, mayizning 60,9, quruq mevaning 16,1, go‘shtning 12,5, sutning 10,7, tuxumning 9,4, qorakulning 8,5, junning 9 va pillaning 11 foizi ishlab chiqariladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi 5 yilda viloyat qishloq xo‘jaligida ham talay ishlar qilindi. Viloyat qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog’i bo‘lgan paxtachilikka katta e’tibor berilmoqda. Viloyat tumanlarining iqlim sharoitlariga mos keladigan yuqori hosilli va tezpishar paxta navlarini ekish, xo‘jaliklarda guzaning bir xil navlarini ekish va almashlab ekishga rioya qilish ishlariga amal qilinmoqda.
Viloyatda g’alla mustaqilligini ta’minlash borasida ham tinimsiz mehnat qilinmoqda. Boshoqli don ekinlari maydoni yil­dan-yilga kengayib bormoqda.
1993-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami galla va don ekinlari maydoni 200353 gektarni tashkil etib, 201376 tonna don olinib, o‘rtacha xosildorlik 10,1 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 1995 yilga kelib esa bu kursatkich 243175 gektarni, 347794 tonna don olinib, xosildorlik o‘rtacha 14,3 sentnerni tashkil etdi. 1996 yilda bu ko‘rsatkichlarni 225204 gektarga, 552430 tonna don olinishi va xosildorlikni o‘rtacha 21,5 sentnerga yetkazish borasida mexnat qilindi.
Viloyatning Jomboy va Toyloq tumanlarida bu borada olib borilayotgan ishlar samarali bo’lmoqda. 1995-yilda Toyloq tuma­nida har bir gektar boshoqli dondan o‘rtacha 37,1 sentnerdan hosil olindi. Shu tumanning «Jumabozor» jamoa xo‘jaligida o‘rta­cha xosildorlik 61 sentnerni, «Olmazor» jamoa xo‘jaligida 51 sentnerni tashkil qildi.
Yuqorida tilga olingan tumanlar, ularda erishilgan xosil­dorlik ko‘rsatkichi nafaqat Samarqand viloyatida, qolaversa mamlakat miqyosida sugorma gallachilikning istiqboli porloq ekanligini ko’rsatdi. Samarqandliklar tajribasi boshqa viloyatlarda ham inobatga olinishiga ishonsa bo’ladi.
Shuningdek, viloyatda kartoshka, sabzavot, meva, uzum va boshqa turdagi ekinlarning xosildorligini ko’tarish borasida ham talay ishlar qilinmoqda.
O’tgan 5 yilda viloyatda iqtisodiy islohotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy bozor iqtisodiyotini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Bu o’z navbatida xalqni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ko’rishga, inson xayoti va faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratishga, mehnat, ijod va ma’naviy imkoniyatlarni ochishga qaratilgan.
Shu davrda viloyat aholisi 223,8 ming kishiga o‘sib, 1996 yil oxirida 2545 ming kishi, shundan mehnat resurslari 175 ming kishiga oshib, 180 ming kishini tashkil etadi.
Viloyat mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoyalash boshqarmasi tomonidan aholini ijtimoiy himoyalash, ya’ni ishchi o’rinlarining qisqarishining oldini olish, ishsiz aholiga ishsizlik nafaqalari to‘lash va moddiy yordam ko’rsatish, yangi kasblar bo‘yicha qayta o’qitish, yangi ish joylari tashkil etish, ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish kabi tadbirlarga 28,7 mln so‘m mablag’ sarf etildi.
Aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish maqsa­dida shahar va tumanlarda o’tgan 4 yilda 3,5 mingdan ortiq yangi ishchi o’rinlari tashkil etildi.
Keyingi yillarda chet mamlakatlar bilan tajriba almashish va malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham ma’lum ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining xorijiy ishlar bo‘yicha vakolatxonasi bilan Janubiy Koreyaning «Rezerv-LTD» kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan 1995-yil 22-maydagi shartnomaga asosan 252 ishsiz fuqarolarning xuj-jatlari rasmiylashtirilib, shundan hozirgi kunda 30 dan ortiq fuqarolar Janubiy Koreya davlatining turli korxonalarida o‘z malakalarini oshirmoqdalar.
Keyingi yillarda viloyatning tuman va shaharlarida ishga joylashtirishning eng samarali shakllaridan biri hisoblangan bush ish joylari yarmarkalari o’tkazilib, ularda mingdan ortiq ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandilar. Natijada «Bandlik»jamg‘armasi hisobidan nafaqa uchun beriladigan mablaglarning tejab qolinishiga erishildi.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida xalq ta’limini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda. 1993-yilda 1110 ta umum­ta’lim maktablari bo‘lib, ularda aholining 538 ming nafar farzandlari ta’lim olgan bo‘lsa, umumta’lim maktablari soni bugun­gi kunga kelib 1150 taga, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 582,3 ming nafarga yetdi.
Keyingi besh yilda viloyatda 70847 urinli maktablar ko’rildi. Birgina 1996- yilda oq’uv o’rinlari soni 10195 taga kupayishi ko’zda tutilgan.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling