Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


Download 0.92 Mb.
bet11/16
Sana05.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1432200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Samarqand - VIII va IX asrning birinchi yarmida Yaqin va O‘rta Sharqda

qog‘oz ishlab chiqarishning yagona va yirik markaz.
2.Buyuk Ipak yo'lida Samarqandning tutgan o’rni.
3.Samarqand bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar tarixi.


9-Mavzu. Mustaqillik yillarida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarining qayta ta’mirlanishi va ularning madaniy hayotidagi tutgan o‘rni.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2009-yil 5-dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish chog‘ida tariximzining betakror ulug‘ligi, yurtimizda kechgan sivilizasiyalarning naqadar qadimiyligi, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixini, yodgorliklarini ko‘zqorachig‘iday asrashimiz lozimligi, bu meros xalqimizning, ayniqsa yoshlarning ma’naviy ehtiyojiga aylanganligi, ushbu buyuk merosimiz yoshlar ongining shakllanishiga asosiy mezon bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlagandi.


Barkamol avlodni tarbiyalashda, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda Vatanimizdagi tarixiy obidalarni, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning o‘rni beqiyosdir. Milliy tuyg‘u, g‘urur uyg‘otadi, ota-bobolarning o‘tmishini chuqurroq tanishishga undaydi.
Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivildizasiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari shu kungacha ko‘hna fayzini, mahoratini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ziyod qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimizning asosi – iftixorimiz – deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz. Vatanimiz hududidan ham arxetiktura yodgorliklari va ko‘plab qadamjolar ro‘yxatga olingan va ularning tarixini keng yoritish, yoshlar ongiga singdirish ham bugungi kundagi dolzarb vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga binoan Respublikamiz hududida 2006 yil 1 yanvar holatida davlat hisobida 7734 nomlanishdagi madaniy meros obyektlari bo‘lib, ulardan 1526 tasi respublika ahamiyatiga, 6208 nomlanishdagi obyekt mahalliy ahamiyatdagi madaniy meros obyektlaridir.
«…Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odati va an’analarini hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi»1. O‘zbekistonda ko‘plab millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ularni tinch totuv yashashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu yerdagi tinchlik barqarorlikni kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida:” …O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi»2 deb qayd qilingandir.
Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda tarix fanining, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarning o‘rni beqiyosdir. Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir. 3U qalb ziyosi, ijodkorlik, shijoati bilan yashab, o‘z tarixini o‘z qo‘li bilan yaratib kelmoqda.
Darvoqye, kishi o‘z tarixini qanchalik chuqurroq va teranroq anglasa, o‘z vataniga, xalqiga, ma’naviy-madaniy qadriyatlariga, diniga, urf-odatlariga hurmat va ehtiromi baland bo‘ladi. O‘zlikni anglash, mustaqillikni qadriga yetish uchun ham tarixni chuqur o‘rganish kerak. … «Ma’naviyatini tiklash, tug‘ulib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak»4.
Parijda taqdimoti bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan «Muqaddas shaharlar» deb nomlangan ikki qismdan iborat hujjatli filmda «Sobiq ittifoq davrida, O‘zbekistonda din unutilishiga mahkum etilgandi, muqaddas qadamjolar vayrona qilingandi. 1991 yil mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatdagi milliy va diniy qadriyatlarni qayta tiklashga eng ustuvor vazifa sifatida alohida e’tibor qaratdi»5 deb ta’kidlanadi.
Darvoqye, mustaqillik sharofati bilan muqaddas qadamjolarimiz va ziyoratgohlarimizga e’tibor kuchaytirildi. Bu albatta yoshlar tarbiyasida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temur ham davlat tepasiga kelgan dastlabki kunlardan boshlab buyuk bobokalonlarimiz islom dinining to‘g‘ri yo‘lboshchilari bo‘lgan aziz avliyolar qo‘nim topgan maskanlarga maqbaralar o‘rnattirdi, obodonlashtirdi, bu bejiz emas albatta. Inson borki, ulug‘ insonlar ruhidan madad olib yashaydi, ularning o‘gitllariga amal qiladi.
Islom ta’limotchilari qabrlari ustiga o‘rnatiladigan maqbaralar ularning islom dinini to‘g‘ri talqin qilishdagi bebaho xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida qo‘yildi6.
O‘zbekiston «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya» ratifikasiya qilgan mamlakatlardan biridir. Ushbu Konvensiya BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan 1972 yil 16-noyabrida Parij shahrida qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi butun dunyodagi tarixiy yodgorliklarini asl holicha saqlab, kelajak avlodlarga yetkazishdan iborat. Konvensiya 8 bo‘lim, 38 moddadan tashkil topgan.
Ushbu konvensiyani ruyobga chiqarish va uning me’yorlarini milliy qonunchiligimizga moslashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunni 2001 yil 30 – avgustda qabul qildi.Qonun strukturaviy jihatdan 8 bo‘lim va 36 moddadan iborat holda tuzilgan.
Konvensiya va qonunni ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublikamizda, xususan Samarqand viloyatida bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand tarixiy me’morchilik qadriyatlarini bosh rejasi ishlab chiqildi.
Mustaqilik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan o‘zbek xalqining buyuk farzandlari, tarixiy shaharlarning yubileylarini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida o‘sha davrlarga ta’luqli tarixiy yodgorliklar va me’moriy obidalar qayta ta’mirlanib qolmasdan, milliy an’analar bilan sug‘orilgan ko‘plab ajoyib zamonaviy me’moriy majmualar – Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy, Samarqand shahridagi Imom al-Motrudiy,Quvadagi Axmad al-Farg‘oniy,Marg‘ilonda Burxoniddiy al-Marg‘inoniy maqbaralari, Toshkentda “Motamsaro ona”, “Shahidlar xotirasi” majmualari, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug‘bek,Alisher Navoiy,Termizda Alpomish,Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykallari, “Avesto” haykaltaroshlik kompozisiyalari barpo etildiki, ular madaniy merosimizni boyitdi.
1998 yil hadis ilmining sultoni Imom al- Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan yodgorlik majmuining ochilish marosimida Birinchi Prezidentimiz quyidagi fiklarni ta’kidlagandilar: «...Biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib, yon atrofi munavvar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘min musulmonlarga ruhiy ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik.
Allohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoda tanitadigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib qolishiga ishonaman…»7 .
Insonlar o‘zlarining qilgan ishlari bilan o‘zlarini abadiylikka muhrlaydilar. Islom dini targ‘ibotchilari, ta’limotchilari ham o‘z faoliyati orqali ko‘pchiligi yuksak e’zozlarga loyiq bo‘lishdi.
Mustaqillik yillarida buyuk shaxslarning xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga,milliy ong va milliy g‘ururni yanada kamol toptirish hamda xalqimiz,yoshlarimiz ma’naviy hayotida katta ahamiyatga egadir.
Buyuk olmon mutafakkiri G. Fabrisius «Hyech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday haykal qo‘yadilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi»- deb ta’kidlagan.
Milliy qadriyatlarimiz va me’moriy obidalarimizni qayta tiklash ishlariga mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq alohida e’tibor qaratildi. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnomaligi ostida yillar silsilasida xarobalikka yuz tutgan yodgorliklarimiz asl qiyofa kasb etdi. Tajribali usta me’morlarimiz tomonidan ular ta’mirlandi, qayta tiklandi. Ana shunda tarixiy binolardagi jilvakorlik va naqshinkorlik yanada yorqinroq namoyon bo‘la bordi.Naqshinkor tasvirlar zamiriga yashiringan bitiklar va hikmatlar esa ajdodlarimizning nechog‘lik yuksak aql-idrok sohibi bo‘lganligini yana bir bor namoyon etdi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga tuhfa sifatida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tashabbusi bilan 4 jildlik “O‘zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar” nomli kitob chop etilgan edi.Unda yurtimizdagi barcha osori-atiqalarda ajdodlarimiz tomonidan bitilgan yozuvlar va ularning mazmun-mohiyati ochib berilgan edi. “Shohi Zinda” majmuassidagi durdona bitiklar” ushbu yo‘nalishdagi ikkinchi kitob bo‘lib, bu jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishning daavomidir.
Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga uyushtiriladigan ziyorat yoshlarni ma’nan barkamol, ajdodlarimiz merosiga e’tiborli, vatanga sodiq ruhda tarbiya topishida katta ahamiyat kasb etadi.
Samarqand o‘zining go‘zal tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bilan butun dunyoda katta mavkega egadir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Samarqand diyori umumbashariyat sivilizasiyasining Rim singari qadimiy beshiklaridan biri sifatida butun yer yuzida tan olinishi, uning beqiyos tabiati, keng ma’nodagi unumdor zamini, nomlari jahon tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan mumtoz zotlarni bergani bilan barchamsiz cheksiz faxrlanamiz”.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni asrab-avaylash, keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Butun mamlakatimizda, jumladan Samarqandda ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ajdodlarimiz zakovati va salohiyati mahsuli bo‘lgan me’moriy obidalarni qayta ta’mirlash, kelgusi avlodlarga bekamu ko‘st etkazish borasidagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi. Samarqand tarixan Markaziy Osiyoning dunyoga mashhur ijtimoiy-siyosiy va madaniy-iqtisodiy markazidir. U Buyuk Ipak Yo‘lining tutashgan erida birida joylashgan bo‘lib, qadimgi madaniyatlar, dinlar va san’atlarning eng yaxshi durdonalarini o‘zida qamrab olgan, g‘oyalar va hunarmandchilikning rivojiga xizmat qilgan. Hozirgi kungacha shaharning tarixiy hududida san’at, shaharsozlik, me’morchilik va qadimgi sivilizasiyalariga oid madaniy yodgorliklarning ajoyib na’munalari saqlanib qolgan. «Afrosiyob», «Shoxi-Zinda», «Registon», «Go‘ri-Amir», Bibi-Xonim» va boshqalardir.
1973 yil 9 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining339 sonli qarori bilan respublikamizdagi madaniy meros ob’ektlariga boy 10 shahar Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana, Qo‘qon, Qarshi, G‘ijduvon tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan va bu shaharlarning tarixiy markazlari va qo‘riqxonalari xududidagi barcha yangi qurilish, qayta qurish, va boshqa ishlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan kelishilgan holda rejalashtirish va amalga oshirish kerakligi belgilangan. Hukumatning 1982 yil 26 maydagi 397-sonli qarori bilan Samarqand shahrining Afrosiyob shahristoni, o‘rta asrlarda Amur Temur davrida bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar va XIX-XX asrlarda qurilgan «yangi shahar»dagi tarixiy binolar, tarix va o‘lkashunoslik muzeylari asosida «Samarqand Davlat birlashgan tarixiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi» tuzilgan. Shu yilda shaharning tarixiy qismini muhofazalash hududlari belgilangan.
Respublikaning xalqaro ma’naviy hamjamiyatga integrasiyalashuvi jarayonida O‘zbekistonning 1993 yilda fan, madaniyat va ma’orifning milliy tizimlarini o‘zida birlashtiruvchi, ayni paytda,xalqlarni butun insoniyatning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining tajribasi bilan boyitadigan universal xalqaro tashkilot – YUNESKO ga a’zo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Respublikamizning BMT va YUNESKOning bir qator xalqaro konvensiya va deklarasiyalariga qo‘shilishi O‘zbekistonning jaxon madaniy hamjamiyatiga integrasiyalashuvining huquqiy asosi bo‘lib xizmatqildi. Jumladan, bilimlar tarqatish, iste’dodlarni kamol toptirish va turli madaniyatlarniboyitishga yordam berish; xalqlar o‘rtasidagi tinch-totuv munosabatlar va do‘stlikni rivojlantirish hamda ulardan har birining turmush tarzini yaxshi tushunishga ko‘maklashishni maqsad qilib olgan xalqaro madaniy hamkorlik prinsiplari «Deklarasiyasiga qo‘shilishi» fikrimizning yorqin dalilidir. Shuningdek, Respublikamizga tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi bir qator xalqarohujjatlarga qo‘shildi:
1. Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish umumjaxon konvensiyasi (umumjahon madaniy konvensiyasi, 1972 yil) ga - 1993 yilda.
2. G‘arbiy mojarolar vaqtida madaniyboyliklarni muhofaza qilish haqida konvensiya (Gaaga konvensiyasi, 1954 yil) ga - 1996 yilda.
3.Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va unga egalik huquqini birovgatopshirishni ta’qiqlash va ogohlantirish chora-tadbirlari haqidagi konvensiyasi (1970)ga - 1997 yilda.
Bu xalqaro konvensiyalar madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha shakllangan, har tomonlama kengqonunlar majmui maqomiga ega bo‘lib, O‘zbekistonning ularga qo‘shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan huquqiy himoya qilinishiga imkon beradi.
Tiklanish va milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘sishi jarayonida tarixiy xotira, o‘zbek xalqining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash muhim o‘rin tutadi. Mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekiston tarixi va davlatchiligini o‘rganishga qaratilgan ko‘p sonli qarorlar qabul qilindi.
Samarqand o‘zining tarixiy, noyob arxitektura yodgorliklari tufayli butun olamga mashhur muzey-shahardir. Bu yerda uch yuzga yaqin me’moriy va ikki mingdan ortiq arxeologik yodgorliklar mavjud. Mustaqillik yillarida Samarqandning tarixiy shuhratini tiklash yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shaharning me’moriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Registon ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi, Ruxobod maqbarasi, Xoja Axror va Xazrati Xizr masjidlari kabi hozirgacha saqlanib qolgan yuzlab yirik tarixiy me’moriy yodgorliklarni tiklash va ta’mirlash, asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga asl holicha etkazish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2004- yil 27 sentyabrdagi PF 3491-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2004 yil 30 sentyabrdagi 455-son qaroriga asosan «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish Bosh boshqarmasi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tuzilmasiga kiradi va vazirlikka bo‘ysunadi.Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 269-son qarori va amaldagi boshqa me’yoriy hujjatlar va Nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.
Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chikarish Bosh boshkarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 27 apreldagi 207-sonli qaroriga binoan tasdiqlangan. «Madaniyat yodgorliklari Bosh ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi»ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Go‘ri Amir Me’moriy majmuasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1991-1996 yillarda ta’mirlash ishlari olib borildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur siymosi aks ettirilgan haykallar o‘rnatildi. Maqbara XV asr me’morchiligining yuksak namunasi sifatida qimmatlidir. Ruxobod maqbarasi ham Amir Temur tavalludi arafasida qayta tiklandi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan o‘tmishimizning boshqa me’moriy yodgorliklari qatori Bibixonim jome’ masjidini tiklashga alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash» haqidagi qaroriga binoan me’moriy majmuada ta’mirlash ishlari olib borildi.
O‘zbekiston tarixida o‘zidan keyin katta ma’naviy me’ros qoldirgan eng ziddiyatli siymolardan biri Nasriddin Ubaydullo Xo‘ja Axror Valiy hisoblanadi. U 806 hijriy yilining ramazon oyida (1404 yil, mart oyida) Shox (Toshkent) viloyati Bo‘stonliq tumanining Bog‘iston mavzeida, mashhur Shayx xovandi Toxur xonadonidan bo‘lgan Xoja Maxmud oilasida dunyoga kelgan. Alloma o‘sha vaqtlarda islom dunyosida yuksak ilohiy bilimga, insonlarni o‘ziga rom etuvchi, go‘yo sehrlab qo‘yguvchi ulkan qudratga ega bo‘lgan. Xalq ommasining shunchalik ishonchini qozonganki, Movarounnahr hukmdorlari, shuningdek, O‘rta Osiyo xalifaliklari ham uning fikri bilan hisoblashishgan. Eng oliy ruxoniy rutbasiga ega Xo‘ja Axror tabiiy fanlar, xususan, falakiyot ilmida shuhrat qozongan Mirzo Ulug‘bek bilan ham mubohasaga kirishgan. Abdurahmon Jomiy (XV asr) Xo‘ja Ahrorni “Xo‘jalar Xo‘jasi”, islom mafkurasining eng bilimdoni deb e’tirof etgan.Darhaqiqat, bu ajoyib mutasavvuf olim Naqshbandiya so‘fiylik taraqqiyotining eng zabardast namoyondasi hisoblanadi. 1420 yili u dunyoga rixlat qilgan. Xo‘ja Axror Samarqand shahrining janubiy chekkasida dafn etilgan. Qabr marmar toshlar bilan o‘rab olinib, yirik daxma hosil qilingan, keyinchalik nafis, yuksak badiiy uymakorlik va arab husnixati bilan oralangan yodgorlik o‘rnatilgan. Shu vaqtdan boshlab mazkur joy ko‘p sonli musulmonlarning ziyoratgohi va zodagon ruhoniylar hamda Xo‘ja Ahror avlodlarining xilxonasi bo‘lib qoldi. 1630 yili Buxoro devonxonasining boshlig‘i Nodir devonbegi me’mor Do‘stmuhammadga buyuk Xo‘ja Ahror Valiga bo‘lgan buyuk e’tiqod sifatida shayx mozori yonida madrasa qurishni buyuradi. Shayx daxmasidan shimolroqda qad ko‘targan madrasa Samarqanddagi Sherdor madrasasiga o‘xshab ketadi. Madrasadan g‘arbroqda bosh darvozaga tutashtirilgan ensiz yo‘lak joylashgan. XX asr boshida qurilgan darvozaga “Dunyoda nimaiki istasang, shu yo‘lakdan topasan ” mazmunidagi yozuv bitilgan. Hovlining orqa tomonida dastlabki namozgoh, uning yonida keyin qurilgan masjid joylashgan. Bu har ikki masjidni bir – biridan qishki masjid ajratib turadi. Qishki masjid XX asr boshlarida qurib bitkazilgan. Minora Evropacha g‘ishtlardan tiklangan va Samarqand mahalla masjidlari minoralarining namunasi hisoblanadi. Janubiy tomonda minoraning qurilgan sanasi saqlanib qolgan. Unda qo‘yidagi so‘zlar yozilgan “1909- yil, ustasi Usto Sa’dullo”. Masjidlardan shimolroqda uncha baland bo‘lmagan, aftidan, XX asr boshida qurilgan minora joylashgan. Hovli va Xovuz bilan birlashtirilgan butun me’moriy majmua noto‘g‘ri shaklga ega. U janubdan shimol tomonga cho‘zilgan. Uning uzunligi 130 m., sharqiy g‘arb tomonga yo‘nalishdagi eni 70 m. Xoja Axror Ibn Valiy hurmati va xotirasi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati “Xo‘ja Axror ibn Valiy”ning 600 yilligini nishonlash to‘g‘risida 143-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qaror doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy me’ros yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha Bosh ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasining ilmiy ta’mirlash tashkilotlari Samarqand viloyat hokimiyati bilan birgalikda2004 yilda Xo‘ja Axror ibn Valiy majmuasida katta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Birinchi navbatda tom butunlay almashtirildi, yodgorlik yog‘in sochin ta’siridan saqlab qolindi.
So‘ngra tajribali ta’mirchi rassom E.Zuxurov rahbarligi ostida “qadriyat- Ta’mir” rassom-ta’mirchilarning sa’y–harakati bilan masjid shiftlaridan naqshu nigorlar ko‘p Asrlik o‘rgimchak uyalari qurumlardan tozalanib, nihoyatda murakkab badiiy tiklash ishlari bajarildi. Shend!n keyin ustalar buyoq qatlamlarining buxil)b to‘kilib teshishi oldini olish maqsadida kimyoviy moddalar vositasida nozik konservasiya uslublarini amalga oshirdilar. Yog‘och buyumlar va qismlarga maxsus eritmalar shimdirildi va ularga biologik zararkunandalar kirib qolish xavfining oldi olindi.
Keyingi masjid ayvonida ham murakkab ishlar qilindi. Uzoq vaqtdan beri tomni ko‘tarib turgan yog‘och ustunlar va bolorlar xiyla chirib qolgan edi.Badiiy bezak va naqshu nigorlar ham anchagina zararlangandi. Usto Sohibnazar Nasrullo mahorati bilan butun ayvon bo‘laklanmasdan ochildi va qaytadan o‘zining dastlabki holatiga keltirildi. Bolorlar almashtirildi. Ganch suvoqlar ham butunlay yangilandi. Uymakor naqshlar qayta tiklandi.
Xo‘ja Axror ibn Valiyning marmar daxmasi mog‘orlardan tozalandi. Yaroqsiz holga kelib qolgan ayrim qismlarini xuddi shunday boshqalariga almashtirishga to‘g‘ri keldi.
Majmuani obodonlashtirish bo‘yicha ham birmuncha ishlar qilindi. Majmua oldidagi uncha katta bo‘lmagan bog‘ qayta qurib chikildi. Yodgorlikning me’moriy echimiga zid keluvchi bir qator zamonaviy qurilishlar olib tashlandi. Yodgorlik qarshisidagi katta maydon dam olish zonasiga aylantirildi. Xo‘ja Axror Valiy majmuasida konservatsiya-tiklash va boshqa ishlarni bajarish uchun O‘zbekistonning turli mintaqalari - Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va tabiiyki Samarqanddan eng yaxshi xalq ustalari - restavratorlar jalb etildi. Xo‘ja Axror Valiy majmuasida o‘tkazilishi mo‘ljallangan barcha konservatsiya-restavratsiya va boshqa ishlar muvaffaqiyatli yakunlanib majmua «Samarqand shahri kuni» - 18 oktyabrda tantanali topshirildi.Xullas, buyuk daxo xotirasiga barpo etilgan bu majmua yana sayyohlarning ma’naviy maskaniga va xalqning ruhiy ilhom chashmasiga aylandi.
“Panjob” madrasasi Samarqand zaminida qurilgan o‘tmish me’rosimizning durdonalaridan biri hisoblanadi.Samarqand shahridagi hozirgi firdavsiy ko‘chasining oxirida joylashgan“Panjob” machiti va madrasasi XIX asr oxiri XX asrning boshlarida shu hududda yashagan etnik guruh – eroniylar avlodlari tomonidan qurilgan. Madrasa qurilishi 1886 yilda boshlangan bo‘lsa-da, ba’zi sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgan. XX asrning boshlarida mahalliy aholining yordami bilan bitkazilgan. Madrasaning qurilishiga Shayx Muhammad Kozim rahbarlik qilgan. Madrasa qurilishi uchun ishlatilgan g‘ishtlar shu erning o‘zidan olingan bo‘lib, Xo‘ja Bog‘ir va Xo‘ja Kozimlar tomonidan tayyorlangan. “Panjob” madrasasi 1908 yildan boshlab ishga tushirilgan. Bu yerda o‘smirlarga diniy va dunyoviy bilimlardan saboq berilgan.1924 yilgacha madrasa yaxshi holatda saqlanib kelingan edi, lekin 1924 yildan keyin madrasaning imoratidan temir yo‘l ishchilari uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan. 1939-1940 yillarda madrasada kasb-hunar o‘quv yurti joylashgan. Keyinchalik bu binodan qurilish korxonalaridan 12-qurilish boshqarmasi 3-ishchi ta’minot bo‘limining do‘koni, shuningdek mayda turli xil tashkilotlarga foydalanish uchun berib kelingan. O‘sha yillarda shaharning birorta ma’muriy organlari bu tarixiy yodgorlik bilan qiziqmagan. O‘tgan asrning 80-90-yillarida me’moriy yodgorlikka e’tibor berila boshlangan. Madrasa 1980-yillarda ikki marotaba ta’mirlangan. Ta’mirdan oldin uning o‘lchovi va rejasi chizilgan. Ta’mirlash ishlaridan keyin madrasa oldingi ko‘rinishga keltirilgan va viloyat tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati tomonidan ro‘yxatga olingan. “Panjob” madrasasi binosida 1990 yil 10 mart kuni etnik guruh“eroniylar milliy madaniy markazi” ish boshlagan. Madrasa atrofida yashovchi yoshlar uchun fors tili va arab tilini o‘rganish guruhlari ochilgan. 1993 yilda markazga Eron Islom Respublikasining birinchi Prezidenti Ali Akbar Hoshimiy-Rafsanjoniy va O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashrif buyurishgan. 1994-yilning may oyida “Panjob” milliy-madaniy markazining nomi“Panjob” madaniy-ma’rifiy markazi deb o‘zgartirilgan va 2001-yilning noyabr oyigacha faoliyat ko‘rsatgan. 2001 yilda Temiryo‘l va Bog‘ishamol tumanlaridagi qator mahallalarning takliflari bilan shahar hokimiyati tomonidan madrasa binosini to‘liqkapital ta’mirlash va madaniy-ma’rifiy ishlarini davom ettirish “To‘rt pahlavon” mas’uliyati cheklangan jamiyat zimmasiga yuklatildi. 2001 yildan 2002 yilning aprel oyigacha madrasa hududi va tutash joylari qayta ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. Madrasa orqasidagi bo‘sh joyda 1999 yildan faoliyat ko‘rsatayotgan masjid hovlisiga bir hujra kengligida yo‘lak ochilgan. Hozirgi vaqtda madrasa binosida ingliz, fors tillarini, zardo‘zlik va gilam to‘qishni o‘rgatish guruhlari ochilgan va ular faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Shohi Zinda Samarqanddagi memoriy yodgorliklardan biridir. Ko‘hna Samarqandning shimoliy qismida, Afrosiyob tepaliklarining chekkasida yoyilgan qadimgi qabristonning orasida qator tarixiy qabrlar joylashgan. Bu qabrlarning orasida ayniqsabiri nihoyatda ma’lumva mashhur bo‘lib, u Abbos o‘g‘li Qussamga, payg‘ambarimiz Muxammad alayxissalom amakilarining o‘g‘liga tegishlidir.
Arab ma’lumotlarida aytilishicha, Qussam Samarqandga 676 yili kelgan. U haqda turli rivoyatlar yuradi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda u o‘ldirilgan, ba’zilarida esa o‘z ajali bilan o‘lgan, deyiladi. Xalq orasida Qussam “Shohi Zinda”, ya’ni “Tirik shoh” nomi bilan mashhurdir. “Kandiya” kitobida keltirilganrivoyatlarning birida aytilishicha, shaharning Namozgoh masjidida Iydi Qurbon namozini o‘qiyotgan Qussam ibn Abbos va boshqa musulmonlar ustiga g‘ayridinlar qo‘qqisdan bostirib kiradilar va ularni birma-bir o‘ldira boshlaydilar. Qussam ibn Abbos namozni o‘qib bo‘liboq Namozgoh masjidining mehrobiga bir ishorat qiladilar. Shunda mehrob devori yoriladi va erda paydo bo‘lgan chuqur quduq Qussam ibn Abbosni o‘z bag‘riga oladi. Boshqa rivoyatda esa ul zot g‘ayridinlar kesgan boshlarini olib, quduqqa tushib ketadilar va qiyomatga qadar g‘oyib bo‘ladilar. Shu boisdan Shohi Zinda “Tirik shox” laqabini oladi.
Qussam qabrining tepasida shunday yozuv bor: “Olloh yo‘lida o‘ldirilganlarni marhum sanamanglar; yo‘q, ular tirikdirlar.” Bu satrlar rostdan ham Qussamga “Tirik shox“ laqabi bejiz berilmaganligini isbotlaydi. Chunki, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Qussam din uchun bo‘lgan jangda halok bo‘lgan.
Shohi Zinda ziyoratgohi turli obidalar majmuidan iborat bo‘lib, u deyarli to‘qqiz asr – XI - XIX asrlar davomida shakllangan. Bugungi kunda u turli davrlarda tiklangan 20 dan ziyod inshoatlarni o‘z ichiga oladi. Qussam ibn Abbos maqbarasi qadimda o‘tgan podshoh sulolalari tomonidan boshlab, hozirga qadar qurilib, ta’mirlanib kelinmoqda.
Mavzoleydagi bizgacha etib kelgan eng qadimiy imorat qoldig‘i bu –Afrosiyob qo‘rg‘onining devori, Sulton Sanjar qurdirgan minora hamda Qoraxoniylar davridan qolgan maqbaraning ba’zi devorlaridir .
Muhandis –olim Xo‘ja Axmad maqbarasi yo‘lakning shimoliy qismida joylashgan. O‘ng tomonda uni 1361 yilda qurilgan maqbaralar sharqdan chegaralab turadi.Chapdan, ya’ni g‘arbiy tomondan Amir Temurning xotini Tuman Og‘o maqbarasi barpo etilgan. Mazkur kompleks uch binoni: maqbara, masjid va hujrani o‘z ichiga oladi. Yuqori qism, o‘ng tomonidagi maqbara 1361 yilda qurilgan bo‘lib, u Amir Temurning xotini Qutlug‘ Og‘oga tegishlidir. Undan Shohi Zinda-Qusam ibn Abbos ziyoratgohiga o‘tiladi. Ziyoratgoh – qabrxona, ziyoratxona, masjid, er osti chillaxonasi va minora qoldiqlaridan iborat. Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida ushbu qadimiy ziyoratgoh atrofida majmuaviy guldasta qurdiradi. U mug‘ullar bosqinida vayronaga aylangan maqbarani qaytadan zeb berib tiklatadi, yog‘ochdan yasalgan qabrni eng qimmatbaho naqshinkor toshlar bilan o‘zgartiradi. Amir Temurning oila a’zolari, saroy ayonlarihazrati Qussam ibn Abbos maqbarasi yaqinida ko‘milishni sharaf bilishib, o‘zlariga naqshinkor maqbaralar qurdirishgan. Bu obidalarni mahalliy me’morlar Erondan, Hindistondan, Shomdan kelgan ustalar hamkorligida barpo etishgan. Amir Temurdan so‘ng uning ishlarini nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettiradi.
Aziz kishilar maqbaralaridan iborat bo‘lgan bu, me’moriy majmua o‘tmishda ko‘p qora kunlarni boshdan kechirdi. Tarixda bot-bot takrorlangan Samarqand bosqinlari, g‘oyaviy xurujlar avj olgan davrlarda talatuplarga duchor bo‘ldi. Ayovsiz oyoq osti qilindi, talandi,fayzli, tarovatli osmonida qora bulutlar aylandi. Uzoq davrlarda qarovsiz qoldirildi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumatining islom madaniyatida muhim o‘rin tutishi majmuani himoyaga olish bilan bog‘liq qarorini taraqqiyparvar dunyo hamjamiyati g‘oyatda xayrli, muhim yangilik sifatida kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 16 iyulda qabul qilgan “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarinitashki, etish to‘g‘risida” gi qarori majmua tarixida tom ma’noda yopqin sahifaga asos soldi. O‘zbakiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyat hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligining Shohi-Zinda yodgorlik majmuasida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Shohi Zinda jamoatchilik fondi tashkil etildi. Fondning asosiy maqsad va vazifalari qo‘yidagilardan iborat edi: noyob tarixiy-me’moriy inshoot va muqaddas qadamjo hisoblangan Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish; mazkur mo‘tabar maskaning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu yerga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng ko‘lamdagi ziyoratlarini uyushtirish; yodgorlik majmuasini ziyorat qilish tartib-qoidalarini ishlab chiqish, ziyoratchilar uchun barcha zarur shart sharoitlarni yaratish; diniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda, ayniqsa, milliy g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning buyuk me’rosidan samarali foydalanishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Qaror qabul qilingach, bir yarim yil ichida qilingan ishlar sarhisobi kishini hayratga soladi. Samarqandda oldin ham bo‘lgan xorijlik qadimshunoslar, tarixchilarning e’tirof etishlaricha, Shohi Zinda asos solinganidan buyon Amir Temur davrida bir bor va O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ikkinchi marta chinakamiga obod etilgan. Yodgorlik ko‘rkiga soya solib turgan inshootlar ko‘chirilib, ko‘rkam xiyobon yaratildi. Yo‘llar kengaytirilib, haydovchilar va piyodalar, ziyoratchi va sayyohlar uchun qulayliklar yaratildi. Ta’kidlash joizki, majmuaning bu qadar yashnashi Samarqandning yanada chiroy ochishiga sabab bo‘ldi. Shohi Zinda ansambli bilan Bibixonim, Registon, Amir Temur maqbarasi oralig‘idagi, qadimiy Siyob bozori atrofidagi bunyodkorlik obodonchilik ishlari har qancha ta’riflarga munosibdir.
Bugungi kunda dunyonning eng qadimgi shaharlari va yirik madaniyat markazlari hisoblangan Rim, Afina, Fiva Bobil, tengdoshi sifatida Samarqand shahrining 2007 yilda qutlug‘ 2750 yillik yubileyi keng nishonlandi. Samarqand shahrining 2750 yillik sanasiga aniqlik kiritish maqsadida keyingi yillarda arxeologik va tarixiy tadqiqotlar faol ravishda olib borildi.Olimlarning ko‘hna Afrosiyob va Ko‘ktepa yodgorliklarida olib borgan arxeologik qazishmalari, radiokarbon analizlar, yangi topilgan ilmiy materiallar Samarqand shahrining 2750 yillik tarixini isbotlab berdi. YUNESKO Bosh konferensiyasi 33-sessiyasining 2005 yil 20 oktyabrdagi qarori, Prezidentimizning 2006 yil 25 iyuldagi «Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» gi qaroriga ko‘ra eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz mustaqillik tantanalari va an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali bilan birgalikda keng nishonlandi. Prezidentimizning qaroridan so‘ng keng qamrovli tadbirlar belgilab olindi. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlari kuchaytirildi. Samarqand so‘nggi bir yilda yasharib-yashnadi. Qaror yuzasidan Samarqand Davlat Universitetida «Yubiley tadbirlari markazi» tashkil etilib, ko‘hna tarixga oid manbalar, adabiyotlar targ‘ibot-tashviqoti tashkil etildi. Yubiley oldidan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda turli davlatlardan kelgan olimlar ishtirok etishib chiqishlar qilishdi. Shuningdek simpozium qatnashchilari va Samarqand shahar faollari uchrashuvi ham tashkil etildi. Shahar qadamjolari, ko‘hna obidalar ziyorat qilindi. Samarqandning 2750 yilligi arafasida ham shaharda bir qator yangi inshootlar qurilishi bilan birga tarixiy obidalarni ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan, Oqsaroy maqbarasi, Registon maydonidagi Tillakori madrasasi va Saroymulkxonim maqbaralari ta’mirlandi. Qadimiy Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar bu muazzam shaharning yuragi bo‘lmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning ko‘rki, salobatidan hayratga tushadilar. Uning nafis go‘zalligini soatlab tomosha qiladilar, sehrli oqshomlaridan taraladigan sukunat ko‘shig‘ini tinglaydilar. Bu ham bizning buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy ma’naviy merosni saqlashdek insoniy burchimiz, ezgu maqsadlarimizni amalga oщirish borasidagi ishlarimizning bir namunasidir. Prezidentimizning shaharning 2750 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zida «Samarqand deganda, har qanday insonning qalbini ham rom etib, umrbod o‘ziga maftun qilib qo‘yadigan, bir ko‘rgan odam, qani endi yana bir bor ko‘rsam, deb orzu qiladigan go‘zal va buyuk shahar xayolimizda namoyon bo‘ladi» degan fikrni bayon etgan. Samarqandda xalqaro miqyosdagi ko‘plab siyosiy, ijtimoiy tadbirlar, sport musobaqalari, “Sharq taronalari” singariyirik musiqa festivallarining o‘tkazilishi shahar dovrug‘ini dunyoga yanada keng taratishga xizmat qilmoqda. Shu kunlarda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida ham keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Rasadxonaning qo‘yi qismida Ulug‘bek bog‘ini yaratish ishlari boshlangan. Bu yerda Ulug‘bek ilmiy merosiga bag‘ishlab milliy usulda yangi bino qad rostlamoqda.
Mustaqillik yillarida Samarqandda katta bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar ayniqsa shahrimizning 2750 yillik yubileyi arafasida jadal suratlar bilan olib borildi. Shaharda ko‘plab zamonaviy inshootlar qurilishi bilan birgalikda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Registon maydoni, Shohi Zinda, Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir va boshqa ko‘plab tarixiy me’moriy obidalarimizda ta’mirlash ishlari olib borildi. Shahrimizning 2750 yillik yubileyi respublikamiz va jahonda keng miqyosda nishonlandi. Samarqand shahrining rivojlantirishning 2025 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ana shu reja asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari tufayli shahar butunlay yangicha qiyofa kasb etmoqda.
1996 yilning 18 oktyabr kuni davlatimiz rahbari I.Karimov Samarqandning Amir Temur maydonida qad ko‘targan Sohibqironning haykalini tantanali ravishda ochdi. Shahar markazida Sohibqiron Amir Temur haykali qad rostladi. Mamlakatimiz rahbari mazkur muhtasham yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etib, shaharga Amir Temur ordenini topshirdi va shu kunni Samarqand kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Mana shu yildan boshlab 18 oktyabr nainki, Samarqandda, balki butun mamlakatimizda tantana bilan nishonlab kelinmoqda.
1998 yil yurtimizda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlandi. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi el- yurt bag‘riga qaytdi. Imom al- Buxoriy dafn etilgan joy Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida bo‘lib, bu erda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan qurilgan masjid ham saqlangan. Bir necha yillardan buyon qarovsiz bo‘lib yotgan bu ulug‘ joy 1974-yildan so‘ng obodonlasha boshlagan edi, negaki, o‘sha yili Imom al-Buxoriyning tavalludiga 1200 yil to‘lishi munosabati bilan dunyodagi musulmon davlatlarining yirik olimlari bu erga kelish istagini bildirgandilar. Xorijiy mehmonlarga bu xarob joyni ko‘rsatishga uyalgan Moskvalik «xo‘jayin»lar maqbarani obodonlashtirishga ruxsat berishga majbur bo‘ldilar. SHundan so‘ng bu tabarruk ziyoratgohda katta obodonchilik ishlari bajarildi.
Alloma Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn Al-Mug‘ayra ibn Bardazbex Al-Jufariy Al-Buxoriy hijriy 194 yilning shavvol oyini 13 kunida (810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan. Yoshligidanoq ilmga ehtiyoji zo‘r, zehni o‘tkir bo‘lgan Al Buxoriy, ayniqsa payg‘ambarimiz hadislarini alohida mehr va ixlos bilan o‘rgangan. 825 yili Al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga jo‘naydi. Haj ibodatini ado etganidan keyin esa olti yil Xijozda qolib hadis ilmi bo‘yicha astoydil ta’lim olish uchun Damashq, Qoxira, Basra, Kufa va Bag‘dod kabi shaharlarda bo‘lib mashhur hadisshunos olimlar bilan uchrashadi. Imom al Buxoriy o‘n olti yil davomida olti yuz ming hadisni ajratib, ularni tartibga solib «Al-Jome, As-Sohiyh» nomli ulkan asarni yaratadi. «Sohiyh Al-Buxoriy» nomi bilan mashhur bu asarni islom dini uchun ahamiyati g‘oyatda kattadir. Negaki, islom dinining dastlabki asrlarida noaniq, chala va har-xil g‘arazli maqsadlarda ataylab to‘qilgan soxta hadislar ham xalk orasiga tarqalgan edi. Bu g‘arazli va soxta hadislar el orasida tarqalib islom dini va uning Payg‘ambarining obro‘siga katta ziyon etkazib, ishonchsizlik tug‘dirmokda edi. Imom al-Buxoriy to‘plagan haqiqiy hadislar esa o‘zining to‘g‘riligi va mantiqliligi bilan barchaga manzur bo‘ldi. Natijada islom dinining dushmanlari o‘z niyatlariga eta olmadilar. Shu sababli Imom al-Buxoriy to‘plagan «Al-Jome As-Sohiyh» ning obro‘si juda oshib ketdi va uni to‘plovchisini ham shonu-shuhrati islom olamiga yoyildi. Imom al-Buxoriy xorijiy ellardan qaytgach o‘z ona shahri Buxoroda yashay boshladi va ko‘plab tolibi ilmlarga ta’lim bera boshladi. Ammo, xasadchilar allomani tinch qo‘ymadilar, ular Al-Buxoriyni Buxoro amiri Xolid ibn Axmad az Zuxayliyga yomonladilar. Amir Xolid ibn Axmad Al-Buxoriyga saroyimga kelib bolalarimga ta’lim berasan, deb buyruq qiladi. Al-Buxoriy hokimning xabarchisiga: «Men ilmnh xor qilib uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilmga kerak bo‘lsa o‘zi izlasin» - deb javob beradi. Allomaning bu javobi hokimga yoqmaydi va unga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan so‘ng Al-Buxoriy Samarqand tomonga yo‘lga chiqib, shahar yaqinidagi Xartang qishlog‘iga etib kelib qarindoshlarijikida bir oz yashaydi va kasallanib 60 yoshida hijriy 256 y)li (870 yil 1 sentyabr) vafot etadi. Uni kadta izzat-ikrom bilan Xartang qishlog‘idagi qabristonga dafn etadilar. Ujing qabrifa hashamatli maqbara quradilar. Imom al-Buxoriyning maqbarasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib ziyorat qilganliklarini XII asrda yashagan tarixchi Samaniy va XIV asrlarda yashagan sayyoh Ibn Battutalar yozib qoldirganlar. Imom al Buxoriy «Al-jome, As-Sohiyh» dan tashqari bir necha o‘nlab kitoblarning muallifidir.
Imom al-Buxoriy hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. U yoshligidanoq o‘z davrining muhandislaridan saboq olgan. Buxoriy 20 dan ortik kitob tasnif etgan. Ulardan “Al jomiy, As Sahiyh”, ”Al-adab- al mufrat”,”At-tarix as-sag‘iyir” kabilar eng mashhurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori (1997 –yil 29- aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. 1998-yil 23-oktabrda shahrimizda yubiley to‘y tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi Prezident I.Karimov nutq so‘zladi.O‘zbekiston birinchiPrezidenti I.Karimov 1992-yilning aprel oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganida podshoh Faxd Ibn Abdul Aziz al-saud hazratioliylari kamol ehtirom ifodasi sifatida Prezidentga Kabatullohga yopiladigan Kabapushning katta bir bo‘lagini hadya qilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ushbu Kabapushni lutfan al-Buxoriy maqbarasi majmuiga sovg‘a qildi.
Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan. (1994- yil 4- noyabr; raisi Zoxidulla Munavvarov) Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni Karim va Buxoriyning “Al-jomiy as-saxix” tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy – ma’rifiy, ilmiy – adabiy “Imom al- Buxoriy saboqlari” jurnalini nashr eta boshladi.Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Yubileyni nishonlash arafasida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida katta ta’mirlanish ishlari olib borildi. Azaldan al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Xartang qishlog‘idagi qabriston musulmon ahlining eng ta’barruk va aziz ziyoratgohlardan bo‘lib kelgan. XVI-asrda Imom al-Buxoriy qabri ustiga mo‘jazgina maqbara, yoniga masjid, qurilib, hovlisiga bir necha to‘p chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qoldi. Imom al-Buxoriyning tavalludi arafasida alloma maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz, xalq ustalarining oltin qo‘llari bilan me’morchilik tarixida o‘ta qisqa muddat 8 oyda qurib bitkazildi va 1998 yil 23 oktyabrda (juma kuni) ochildi. Yodgorlik majmui 10 gektar maydonni egallaydi.
Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu erda hadis ilmini o‘rganish va boshqa ma’rifiy ishlarni amalgam oshirish ham ko‘zlangan. Majmua mujassamotining markaz o‘ki Imom al-Buxoriy maqbarasida o‘z yakunini topgan. Maqbara markazida oqish-ko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan.Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga–daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing ayni ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan. Qabr marmartosh bilan qoplangan. Majmua turida maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv markazi “Dorul hadis” binosi joylashgan.
O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-al’bom, ikki qismli film (1995), “Hadis ilmining sultoni” to‘rt qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yana bir kalom ilmining asoschisi Abu Nasr al-Motrudiy me’rosini o‘rganish boshlandi. Abu Nasr al-Motrudiy (870-944) ning ilmiy-diniy me’rosining xalqimiz ma’naviy-ruhiy hayotidagi o‘rni beqiyosdir. U islom olamida “Imomul Xuda” va “Imom ul Mutakallimin” (Xaq yo‘lida hidoyatga boshlovchi imom, kalom olimlarining imomi ) degan sharafli nom bilan mashhur bo‘lgan. Moturidiy Moturid qishlog‘ida tavallud topib, to umrining oxirigacha shu erda yashagan, bu yerda katta bog‘ barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qigan. Vasiyatiga ko‘ra, Samarkanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Chokardiza guzari, so‘ngra qabristoni joylashgan maydonda IX-XIII asrlarda Samarqand shahrining rabodi joylashgan bo‘lib, uning g‘arbiy qismida baxavo bog‘lar, ko‘shklar barpo qilingan. Chokardiza nomi «chokar» - lashkar, «diza» qal’a so‘zlarining birikmasidan paydo bo‘lib, sug‘dcha lashkarlar qarorgohi, qal’asi» degan ma’noni anglatadi. Ilk o‘rta asrlarda bu erda shaharni qo‘riqlashga mo‘ljallangan harbiy istehkom qurilgandir. Samarqand tarixi bir muncha yoritilgan «Qandiya» va «Samariya» kitoblarida yozilishicha, bu erda alloma Abu Isxoq bin Ibrohim Samosiyning bog‘i bo‘lgan. Alloma vafot etgach o‘z vasiyatiga binoan uni ushbu bog‘ning eng baland joyiga dafn etganlar. Moturidiyning asosiy asarlari “Kitob at-Tavxid”(“Yakka xudolik haqidagi kitob”), “Ta’vilot axl as-sunna”(“Sunniylik an’analari sharhi”), “Kitob maqomat”, “Kitob ta’vilit al-Qur’on” dir. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar- juz’iy ixtoyr, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar ham bitgan. ”Ma’xaz ash-shari’a”(“Shariat asoslari sarasi”), “Kitob ul-usul”(“Diniy ta’limot asoslari kitobi”), “Kitob al-jadal”(“Dialektika haqidagi kitob”) kabi asarlari shular jumlasidandir. Motrudiy Abu Xanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abu Xasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri saxix aqidalardan tozaladi.
Moturidiy qarashlari o‘z davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqiga sabab bo‘lgan. U jami 15 ga yaqin asar ta’snif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo‘lib, ular saqlanib qolmagan. Motrudiyning bizgacha etib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan.
Al-Motrudiyning ko‘pgina asarlari turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, shariyat qonunlari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan. Al-Moturidiyning asarlari nisbatan kam bo‘lishiga qaramay, o‘sha zamonda muhim ahamiyat kasb etganligi tabiiydir. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan asarlar haqida to‘liq bir tasavvur yo‘qdir. Chunki, ilk o‘rta asr mutakallimlarining ko‘pgina asarlari kabi, uning ham asarlarining ko‘pi etib kelmagan. Faqatgina «Kitob at-Tavhid» va «Ta’vilot ahl as-sunna» asarlari saqlanib qolgan nusxalari etib kelgan. Mutakallimning eng muhim asarlaridan «Kitob at-Tavhid» 1970 yilda Fatxulloh Xulayf tomonidan Bayrutda nashr etilgan. Hozirda uAngliyadagi qo‘lyozma fondlarining birida saqlanadi. Al-Motrudiyning kalom borasidagi eng asosiy asari «Kitob at-Tavhid» hisoblanib, manbalarda uning xuddi shu asari ilk kalom ta’limotini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Asarda alloma qanchalik izchil ravishda ilohiyot materiallari ustida ish olib borganini ko‘rish mumkin. Bu esa kalom ta’limotidagi yangi fikrlarni qayta shakllantirishda, o‘z fikrlarini xalqqa etkazishda izchil yo‘l tutganligini ko‘rsatadi. Allomaning mashhur asarlaridan hisoblanmish «Ta’vilot ahl as-sunna» (Qur’on ta’viloti) ning hozirgi kunda bir necha nusxalari dunyo fondlarida saqlanmoqda. Al-Moturidiy bu asarni yozishdan maqsad «Ahl as-sunna va-l-jamo‘a» (ya’ni Movarounnahrdagi hanafiylar) ta’limotiga zid qarashlari rad etishdan iborat bo‘lib, asosan Abu Hanifa qarashlariga suyanadi. Buyuk alloma Alisher Navoiy ham o‘zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Abu Mansur al-Motrudiyni bebaho sifatlari bilan olamshumul alloma deb ko‘klarga ko‘tarib, tazkirasining turk mashoyixlari bobida 649 tartibda al-Motrudiyni zamonasining allomasi deb ataydi.
Yuksak ma’naviy qadriyatlarimiz va boy me’rosimizni kelajak avlodga etkazish yo‘lida islom dini ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan Moturidiy xotirasini tiklash maqsadida hukumatimizning qaroriga binoan ul zot dafn etilgan joyni aniqlashga qaror qilindi. Vazirlar mahkamasi huzuridagi Islom universitetida 1999 yil 19-20 noyabr kunlari «Motrudiyya ta’limoti vauning Sharq xalqlari madaniyatidagi o‘rni» mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Toshkent Islom universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda Olmoniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armasi tomonidan uyushtirilgan bu anjuman ishida mamlakatimiz olimlaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Olmoniya olimlari ham ishtirok etishdi. Mazkur anjuman al-Moturidiyning tavallud tantanalarining debochasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1999 yil 9 dekabrda Prezident I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligin) nishonlash to‘g‘risidagi” qaroriga imzo chekdi. SHundan so‘ng birinchi Prezidentimizning shaxsiy tashabbusi va bevosita ko‘rsatmalari bilan Chokardiza qabristonida, Hmom Mutrudiy qabri ustida memorial majmua qurilishi boshlandi. ChokaRdiza qabristoni islom olamidA Madinadagi Boqea va Makkadagi Muallo qabristonlardan keyingi sharafli uchinchi o‘rinda turadi.Muqaddas Chokardiza qabristoni 1948- yildan boshlab buzilganligi va uning ustida hovli joylar qurilganligi uchun O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiia instituti olimlariga Chokardiza qabristonini ilmiy jihatdan o‘rganish va Imom Motrudiy qabristonini aniqlash vazifasi topshirildi. Arxeologlar to‘rt oy mobaynida Chokardiza qabristoni o‘rnida tadqiqotlar olib borishib bu qabristonning umumiy maydoni va qatlamlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Tadqiqotlar natijasida Chokardiza qabristonining umumiy maydoni 4.5 ga ekanligi, bu yerdagi qabrlar ayrim joylarda 5-6 qavatga etishi aniqlangan. Shuningdek XIV-XV asrlarda Sohibqiron Amir Temur tomonidan sayyidlar uchun qurdirilgan maqbara, Imom al-Motrudiyning qabri yonida barpo qilingan masjidning poydevori, Imom Motrudiy va uning nabirasi Mahmud ibn Umar Xasanal-Motrudiy al-Ansoriyning qabrlari aniqlanib o‘rganildi. Qazishmalar paytida hali shaxsiyatlari fanga noma’lum bo‘lgan 30 dan oshiq allomalarning qabrlari ustiga qo‘yilgan qabrtoshlar ham topilgan. Chokardiza qabristoni ustiga qurilgan bir necha hovli joylar ko‘chirilib, Imom al-Motrudiy qabri ustiga hashamatli maqbara bunyod qilindi. Maqbara ichiga Imom Motrudiyga bag‘ishlab marmar qabrtosh o‘rnatildi. Ushbu toshning ustiga: “Inson vafot etgach barcha amallari to‘xtaydi, magaram uch amali davom etadi: birinchisi, sadaqai joriyalari: ikkinchisi o‘rgangan ilmu amallari va uchincisi undan qolgan soliq farzandlari” degan hadis yozilgandir. Maqbaraning naqshinkor eshiklariga ham yozuvlar bitilgan bo‘lib, uning janubiy va shimoliy eshiklariga bir xilda: «Fuqarolarga jannat eshiklari ochiqdir. Marhumlarga Ollohning rahmatlari nozil bo‘ladi» degan yozuv bitilgandir. Maqbaraning sharqiy eshigini ikki tabaqasiga ikki xil yozuv bitilgan. Birinchi tabaqaga «Ollohning huzuriga qaytadigan kundan qo‘rqinglar», Ikkinchi tabaqasiga esa «Ey, Parvardigor, bizlarga rahmat eshiklarini ochgin» degan yozuvlar bitilgandir. Ushbu mo‘jaz maqbarada o‘zbek me’morchiligining bir necha ming yillik boqiy an’analari o‘z ifodasini topgan. 2000 yilning 17 noyabrida Prezident I.A.Karimov yangi majmuani tantanali ochdi va Imom al-Motrudiy tavalludining 1130 yillik tantanalarini boshlab berdi. Bir necha ming yillik Samarqandda yana bir muqaddas maskan Chokardiza qabristoni yana ziyoratchilarni qabul qila boshladi.
Shunday qilib, mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi mamlakatimizda rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi. Turli sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ajdodlarimizning o‘lmas me’roslari va ularning tavallud ayomlari yurtimizda keng nishonlanadigan bo‘ldi. Ular qoldirgan boy meros hozirgi kunda boshqa tillarda ham nashr etilib, omma e’tiboriga havola etib kelinmoqda.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling