Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi
Download 0.92 Mb.
|
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6- Mavzu. Podsho Rossiyasi hukmronligiyillarida Samarqand Reja
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.Shayboniylar davrida Samarqandda siyosiy jarayonlar. 2. Shayboniylar davrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 3.Ashtarxoniylar davrida Samarqandda siyosiy jarayonlar. 4.Ashtarxoniylardavrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 5.Buxora amirligi davrida Samarqandda madaniy hayot. 6- Mavzu. Podsho Rossiyasi hukmronligiyillarida Samarqand Reja: XIX asrning ikkinchi yarmida Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan tomonidan istilo qilinishi.. Samarqandda ijtimoiy-siyosiy ahvol va Rossiya imperiyasining boshqaruv tizimi. XIXasrning ikkinchi yarmiXX asr boshlarida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatgan sanoat korxonalari, hunarmandchilik, savdo munosabatlari. Samarqand viloyatining qishloq xo‘jaligi faoliyati. XIXasrning ikkinchi yarmiXX asr boshlarida ta’lim va fan. Buxoro amirligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyaning mustamlakasiga aylanadi. 1868 yilning 18 aprelida K.P.Kaufman Toshkentdan Jizzax tomonga yo‘lga chiqadi. K.P.Kaufman o‘zining bosqinchilik urushini oqlash maqsadida Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlariga quyidagi mazmunda murojaatnoma yo‘llaydi: “Keyingi vaqtlarda Samarqandda Rossiyaga qarshi Buxoro qo‘shin to‘playotganligi haqida aniq ma’lumotlar olinmoqda. Samarqandda ruslarga qarshi urushni targ‘ib qilayotgan va go‘yo din uchun kurashayotgan mutaassiblar yog‘ilib kelib, Sirdaryo viloyatining o‘troq aholisini g‘alayonga da’vat etmoqdalar. Men yarim yil mobaynida muzokaralar vositasida tinchlikka erishish uchun bor kuchimni sarfladim. Buxoroliklarning sulh shartnomasini uzil-kesil qabul qilishni atayin cho‘zishga qaratilgan nayranglarini sezmaslikka intilib, Rossiya bilan Buxoro o‘rtasida tinchlik sulhini tuzish zarurligiga amirni ishontirishga ko‘p urindim. Men amir bir necha bor rus qo‘shinlarini bilan to‘qnashishdan o‘ziga saboq oladi, do‘eb o‘ylagan edim. Ammo amir qurol kuchi bilan o‘zining O‘rta Osiyodagi mavqeini tiklashga harakat qilmoqda. Agar Buxoro qo‘shinlarining to‘planishi Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘lsa hamda bizning chegaralarimizda qurol kuchisiz tinchlikni ta’minlashning iloji bo‘lmasa, u vaqtda qo‘lda qilich bilan tinchlikka erishish zarurati tug‘iladi”.(Ocherki voennыx deystviy 1868 g. v Zarafshanskoy doline. Str. 189.). K.P.Kaufman Samarqand shahri aholisiga1868 yil 22-aprelda “Murojaatnoma” yuboradi. Unda rus askarlarining hujumi xalqqa emas balki amirga qaratilganligi haqidagi fikrlar yozilgan edi. CHo‘ponota tepaligida mudofaada turgan vatan himoyachilarining soni ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 12.000 piyoda askar, 3.000 otliq, 1500 to‘pchidan iborat bo‘lib, jami 100.000 kishi Vatan himoyasi uchun otlangandi (Bitva russkix s buxarsami v 1868 g. Geroyskaya oborona v Samarqande. 1873, str.148). Samarqand bekligining markazi Samarqand uchun Buxoro qo‘shinlari va rus askarlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1868 yil 1- mayda bo‘lib o‘tgan, 2-may kuni shahar egallanadi (H.Ziyoev. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T. “SHarq”. 1998. 265-b). 1868 yil 23-iyunda Buxoro amiri Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzib, Rossiyaning vassaliga aylanadi. Bu sulhga ko‘ra, Buxoro amirligi o‘z mustaqilligini yo‘qotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismidagi erlardan ham ajraldi. Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan hududlarda ma’muriy hududiy birlik, ya’ni markazi Samarqand bo‘lgan Zarafshon okrugi tuzildi, Aleksandr Konstantinovich Abramov tayinlandi (Massalьskiy V.I. Turkestanskiy kray. SPb. 1913. S.309). Turkiston general-gubernatorligi tomonidan 1868 yilda tashkil etilgan Zarafshon okrugi dastlab Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat bo‘lib, 1871 yilda ularga yangi ma’muriy-hududiy birlik – tog‘li tumanlar qo‘shildi. Samarqand bo‘limida 134 ta daha va 653 ta qishloq, Kattaqo‘rg‘on bo‘limida 22 ta uchastka, 286 ta qishloq, Tog‘li tumanlarda 12 ta uchastka va 233 ta qishloq mavjud bo‘lgan (Materialы dlya statistiki Turkistanskogo kraya. Vыp. 6. SPb., 1876. S.11-55). 1886 yilgi “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom” ga ko‘ra, Turkiston o‘lkasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi o‘zgartirildi. Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga o‘zgartirildi. iSamarqand viloyati Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand va Xo‘jand uezdlaridan tashkil topdi (G‘afforov SH. Mustamlaka davrida Samarqandda boshqaruv tizimi va sanoat ishlab chiqarishning shakllanishi. S.-2011. 16-b.). Samarqand uezdiga Samarqand shahri va Panjakent shahri; Jizzax uezdiga Jizzax shahri; Xo‘jand uezdiga Xo‘jand shahri va O‘ratepa shahri; Kattaqo‘rg‘on uezdiga Kattaqo‘rg‘on shahri kirgan. 1897 yilda M.Virskiy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand uezdida 32 ta, Xo‘jand uezdida 11 ta, Kattaqo‘rg‘on uezdida 31 ta, Jizzax uezdida 17 ta volostlar mavjud edi. Viloyat bo‘yicha 390 ta qishloq va 48 ta ovul jamoalari, aholi punktlari 2267 ta qishloq va 158 ta ovuldan iborat bo‘lgan ( Statisticheskie svedeniya po gorodom i uezdam Samarkandskoy oblasti za 1897 g. M.Verskogo Samarkand. Tip-ya: K.M.Fedorova. 1899. S. 4-10). Kaufman 1873 yil 23 sentyabrda Buxoro xonligi bilan yangi shartnoma tuzib, uning Rossiyaga qaramligini yanada mustahkamlash va Rossiya savdo doiralarining manfaatlarini ko‘proq ta’minlashga erishdi. SHartnomada shunday deyilgan: 1-modda. Rusiya podshohi janoblari imperatori a’zam va Buxoro amiri janobi oliy mulklarining o‘rtasidagi chegara chizig‘i o‘zgarmaydi.Amudaryoning sul soxilidan boshlab Xiva erlarirus mulkiga qo‘shilganidan so‘ng, hamda Buxoro amiri va Xiva xonining ilgarigi g‘arbiy chegaralari yaьni Amuning sulidagi Xolata mavzeidan Gugertli tukay tamoniga boradigan chegara bekor qilinadi. Buxoro amirining mulkiga ilgari Buxoro va Xiva chegarasi bo‘lgan Amudaryo soxilining sul tamoni Gulgertligidan to Mishokli tukayiga CHa xamda Mishoklidan boshlab ilgarigi Buxoro va Xiva cherasi va Rusiya davlati chegarasigacha bo‘lgan xudud o‘tadi. 2-modda Xiva xonligidan Amudaryo sohilining sul qismidagi erlar ajratib olingani uchun Buxorodan shimoldangi rus erlariga boradigan hamma karvon yo‘llari fakat Buxoro va Rusiya o‘z erlari hududida karvonlar va tijoratni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatadilar. 3-modda Amudaryoning Buxoro amirligi mansub bo‘lgan qismida Buxoro kemalari bilan bir qatorda Rusiya kemalari hamda xususiy kemalar uchun erkin suzish huquqi esa beriladi. 4-modda Amudaryo Buxoro davlatiga tegishli sohillarida ruslar xoxlagan joylarda ombor va bandar qurish huquqiga egadirlar. Buxoro hukumati o‘z zimmasiga oladi. Bandar qurilishi uchun belgilangan joylarni ruslarning Turkistondagi oliy hukimati tasdiqlaydi. 5-modda Buxoro amirligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochikdir. Rus tujjorlari va karvonlari amirlilik xududida erkin xarakat qilib maxalliy xokimlar tamonidan maxsus himoya ostiga olingan. Rus karvonlarining Buxoro hududidagi xavfsizligi uchun Buxoro hukimati javob beradi. 6- modda. Rusiyadan Buxoroga yoki Buxorodan Rusiyaga olib boriladigan rus tujjorlarining hamma mollari umumiy qiymatidan 2,5 foiz miqdorda boj olinadi. Turkiston o‘lkasida esa 1|40 qism miqdorida boj olinadi. Bu zakotdan boshqa soliq olinmaydi. 7-modda. Rus tujjorlari Buxorodan boshqa qo‘shni joylarga soliqsiz tovar olib borish huquqiga egadirlar. 8-modda. Rus tujjorlari zarur hollarda Buxoro shaharlarida tovarlarni saqlash uchun karvonsaroylar qurishga huqulidirlar. 9-modda. Savdo jarayonining to‘g‘ri borishi va soliq olishning qonuniy bo‘lishi uchun hamda mahalliy hukumat bilan tijorat ishlarini olib borish uchun rus tujjorlari Buxoro shahrida tijoratxona ochishga haqlidirlar. Buxoro tujjorlari uchun Turkiston o‘lkasida ham shunday huquq beriladi. 10-modda.Buxoro va Rusiya o‘rtasidagi savdo majburiyatlari har ikki tomonlama muqaddas sanaladi va ular buzilmasligi shart. Buxoro hukumati savdo va umuman, tijorat ishlari odilona bo‘lishiga kafolat beradi va ular ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi. 11-modda. Rusiya tobelari Buxoro fuqarolari bilan bir qatorda, Buxoroda shariat talablariga qarab, har xil ish va kasb bilan mashg‘ul bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Buxoro fuqarolari ham rus mulklarida Rusiya qonunlari ijozat bergan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqlidirlar. 12-modda. Rusiya tobelari amirlik hududida xususiy mulk, ya’ni uy, bog‘, er sotib olishga huquqlidirlar. Bu mulkdan Buxoro fuqarolari bilan bir xilda xiroj olinadi. SHunday huquqdanRusiya imperiyasida Buxoro fuqarolari ham foydalandilar. 13-modda.Rusiya tobelari chegaradan erkin o‘tishga doir ijozatnomasi bilan Buxoroga keladilar, ular amirliking hamma joylariga borish huquqiga ega bo‘lib, Buxoro hukumatining maxsus homiyligidan foydalanadilar. 15-modda. O‘rta Osiyodagi ruslarning oliy hukumati bilan yaqin va doimiy munosabatda bo‘lish uchun Buxoro amiri o‘zining ishonchli kishilaridan biron shaxsni Toshkentda doimiy va vakolatli elchi qilib tayinlaydi. Bu vakolatli elchi Toshkentdagi amir hovlisida amir hisobidan yashaydi. 16-modda. Rusiya hukumati ham o‘z doimiy vakilini amir janob oliylari huzurida ta’minlashi mumkin.(Buxorodagi Rusiya hukumatining vakili Rusiya hukumati hisobidan yashaydi.) 17-modda. Rusiya imperiyasi podshohiga yoqish va imperiatori a’zam janoblarining obro‘sini ko‘tarish uchun amir Sayid Muzaffar janobi oliylari qaror qiladi: Bugundan e’tiboran Buxoro hududida abadul-abad insonparvarlik qonuniga zid bo‘lgan odamlar bilan savdo qilish bekor etiladi. SHu qarorga binoan qat’iy buyruq jo‘natadi: agarda Buxoro chegarsidagi shaharlardan yuqorida zikr qilingan farmonga qarshi o‘laroq Buxoro fuqarolari uchun boshqa qo‘shni davlatlardan qullar olib keltirilsa, ular bilan savdo qilish xat orqali to‘xtatiladi. Amir farmoniga rioya etmay olib keltirilgan odamlar esa o‘z xo‘jayinidan tortib olinib, ozod qilinadi. 18-modda. Sayid Muzaffar chin qalbdan do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun Rusiya bilan Buxoro o‘rtasidagi shartnomani hamda 5 yildan buyon amal qilib kelayotgan 17-moddani Buxoro saodati uchun qo‘llanma sifatida qabul etadi. Bu shartnoma ikki nusxada, ikki tilda – rus va turkiy tillarda yoziladi. Tasdiqlash nishonasi uchun Sayid Muzaffar o‘z muhrini bosdi va uni o‘zi va vorislari uchun qo‘llanma sifatida qabul qildi. (Ҳамид Зиёев. Туркистонда Росссия тожовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т.”Шарқ” 1998). Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling