Shahar ekologiyasi fаnining mаqsаdi, boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi


, Ifloslаngаn аtmosfеrаni insonlаrgа sаlbiy tа’siri


Download 48.45 Kb.
bet4/15
Sana23.01.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1113994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
javoblar

6., Ifloslаngаn аtmosfеrаni insonlаrgа sаlbiy tа’siri. Atmosferaning ifloslanishi nafaqat odamga, balki flora va faunaga , inshootlarga, transport vositalariga va boshqa mmuhandislik ob’yektlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosferani ifloslanishiga sabab bo‘ladigan moddalar, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, juda ko‘p sonli va xilma-xil.Atmosfera tarkibidagi chang zarrachalari inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi . Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, xususiyatlariga bog’liq. Zararli deb hisoblanadigan moddalarning aksariyat katta qismi atmosfera tarkibida doimo mavjud bo‘lgan. Lekin ularning zararli xususiyatlari muayyan miqdordan (tabiiy meyordan) yuqori bo‘lgan holdagina namoon bo‘la boshlaydi. Shu sababli atmosferadagi moddalarning odam organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdori belgilanishi lozim. Bunda odamning mehnat faoliyatiga va sog’ligiga zarar yetkazmaslik nazarda tutiladi.
Moddalarning bunday me’yorlari sanitariya-gigiyena mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va ruxsat etiladigan miqdor (REM) deyiladi.
Ruxsat etiladigan miqdor (REM) – moddalarning atrof tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi qismlarida muayyan vaqt davomida inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan va insonning geofondiga nomaqbo‘l ta’siri bo‘lmaydigan meyorlaridir. Keyingi paytlarda REM ni aniqlashda moddalarning nafaqat inson salomatligiga, balki ularning yovoyi hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizm va shuningdek, butun biosenozga ta;sir darajasi ham e’tiborga olinmoqda. Ammo REMning har bir modda uchun shu moddaning muhitdagi tabiiy miqdori mezon qilib olinishi lozimligi to‘g’risidagi fikrlar bildirilmoqda.
Moddalarning inson salomatligi va mehnat faoliyatiga, o‘simliklar va hayvonot dunyosiga va shuningdek, iqlim sharoitlariga nomaqbo‘l ta’sir ko‘rsatish darajasi REM deb qaralmaydi. Shu sababli atmosferadagi har bir kimyoviy modda uchun REM ni ishlab chiqish havoning ifloslanib ketmasligining garovi hisoblanadi va REMni amalda tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi paytda atmosfera uchun 600dan ortiqroq kimyoviy moddaning REM ishlab chiqilgan .

Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling