Shahar ekologiyasi fаnining mаqsаdi, boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi


, Atmosfеrаni ifloslаnishini sаlbiy tа’siri


Download 48.45 Kb.
bet6/15
Sana23.01.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1113994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
javoblar

9., Atmosfеrаni ifloslаnishini sаlbiy tа’siri. Geografik qobiq elementlari havo, suv, tuproq, o’simlik, hayvonlar va boshqalar bir-biriga uzviy bog’langanligi
tufayli insonning xo’jalik faoliyati natijasida ifloslangan atmosfera o’z navbatida
tabiatning boshqa komponentlariga ham ta’sir etadi. Natijada suv va tuproqning tabiiy holatida, kishi organizmida, hayvon va o’simliklar tanasida salbiy o’zgarishlarni vujudga keltirib, geografik qobiqda global o’zgarishlar sodir bo’lishiga sababchi bo’lmoqda.
Atmosferaning ifloslanishi tufayli quyoshning to’g’ri radiatsiyasi 15%, ultrabinafsha nurlari 30%gacha kamayadi. Natijada, ba’zi zararli bakteriyalarningko’payishi uchun sharoit vujudga keladi, har xil kasalliklar, xususan raxit kasalligi ko’payadi.
Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p to’planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklaryani vujudga keltiradi. Angliyalik olimlar shaharlarda qishloqlarga nisbatan o’pka rakidan o’lganlar soni ko’p bo’lganligini aniqlaganlar.
Atmosferada vodorod sulfid gazining ortib ketishi natijasida odamning boshi og’riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadiva hatto hid bilish qobiliyati zaiflashadi, ftor birikmalari ta’sirida burundan qon keladi, tumov paydo bo’ladi, kishi yo’taladi.
Azot oksidlari tufayli o’pka kasallanadi, qon bosimi pasayadi va natijada bosh  aylanadi, hushidan ketadi, qayt qiladi. 
10., Suvning tirik orgаnizm uchun аhаmiyati. Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi.
Mana shu ma'lumotlarning o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib turibdi. Odam organizmi o`z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o`rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o`z to`qimalaridan o`tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bug`i holatida chiqariladi. Organizmdagi ko`proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va hojat bilan chiqariladi, qolgani ter bezlari orqali chiqariladi.
Odam va hayvon organizmi bir qism suvni endogen yo`l bilan o`zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100g. yog`ning parchalanishida 107 ml, 100g. uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg`oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yashayolishi ana shu endogen suvlarning ajralishiga asoslangan. Shuning uchun ham sahrodagi hayvonlar – tuya, yumronqoziq, qumsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashayoladi, avstraliya sichqonlari esa umr bo`yi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi.

Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling