Shahar ekologiyasi fаnining mаqsаdi, boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi


Yuzaki suvning ifloslanish sabablari


Download 48.45 Kb.
bet8/15
Sana23.01.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1113994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
javoblar

Yuzaki suvning ifloslanish sabablariSuv havzalari turli yo'llar bilan ifloslanishi mumkin. Nuqta manba ifloslanishi chiqindi suvlarni tozalash trubkasi yoki fabrika mo'ri kabi yagona, aniqlanadigan manba orqali suv yo'liga kiradigan ifloslantiruvchi moddalarni nazarda tutadi. Nuqtaviy manbalardan ifloslanishifloslanish ko'plab tarqalgan joylardan kelganda. Manbaning ifloslanishiga misol sifatida daryo va daryolarga oqib tushadigan qishloq xo'jaligi dalalaridan azot oqimi yoki avtoturargohlardan neftning shahar kanalizatsiyasiga quyilishi kiradi.
12., Suvni yuqumli vа yuqumsiz kаsаlliklаrni kеlib chiqishidаgi roli.
Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladilar.
Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning A turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Oʻtkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikatsiya, degidratatsiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasalliklardir.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati axborot xizmati suv orqali yuqadigan kasalliklar, uning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Qorin tifi
Qorin tifi yuqumli ichak kasalligi boʻlib, uni tif tayoqchasi qoʻzgʻatadi. Yuqish omillariga suv, oziq-ovqatlar, ifloslangan qoʻllar, maishiy chiqindilar, hasharotlar (pashsha)ni kiritish mumkin. Ushbu omillardan eng asosiysi suv hisoblanadi. Kasallikni suv orqali tarqalishi asosan ochiq markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan suv tarmoqlarini bakterial ifloslanishi bilan bogʻliq.
Kasallik belgilari
Bemorda tana harorati koʻtarilishi (38-40S), holsizlik, uyqu buzilishi, bosh ogʻrigʻi, intoksikatsiya (koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi), ogʻiz qurishi, chanqash, ishtaha pasayishi, qorin dam boʻlishi, teriga toshmalar toshishi, ichakda quldirash va ogʻriq, ichakdan qon ketishi kabi belgilar kuzatiladi.
Kasallik – ichakda yaralar paydo qilib, qon ketish kabi asoratlarni yuzaga keltirishi bilan xavfli. Unutmaslik kerak, ichakdagi yaralar kasallikning eng yengil turlarida ham kuzatiladi. Shuning uchun, ichakdan qon ketishi va ichak devorlari teshilishi kabi asoratlarni yuzaga kelish xavfi doimo saqlanib qoladi.
Kasallikning dastlabki belgilari kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Shu oʻrinda profilaktik tadbirlarga toʻxtalib oʻtsak:
- aholini sifatli kafolatlangan suv bilan taʼminlash;
- faqat qaynatilgan va sifati kafolatlangan suv ichish;
- maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablar, dam olish joylari, umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish uchun barcha sharoitlarni yaratish;
- ovqatlanishdan oldin va hojatdan keyin qoʻlni sovunlab yuvish;
- taomlarni tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena qoidalarga rioya qilish;
- ichak infeksiyalarini tashuvchi pashshalarga qarshi kurashish;
- faqat ruxsat etilgan suv havzalarida choʻmilish.

Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling