Shahar ekologiyasi fаnining mаqsаdi, boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi


, Аholini tozа ichimlik suvi bilаn tа’minlаsh


Download 48.45 Kb.
bet11/15
Sana23.01.2023
Hajmi48.45 Kb.
#1113994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
javoblar

15., Аholini tozа ichimlik suvi bilаn tа’minlаsh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholini markazlashgan ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, ichimlik suvi yetib bormagan hududlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan “Agar biz odamlarga ichimlik suvi yetkazib bera olmasak, biz nimani qilgan boʻlamiz? Kasallik qayerdan chiqyapti? Bolalar qayerdan sariq kasal boʻlmoqda? Odamlar chidab kelmoqda, lekin endi chidamaydi” — degan soʻzlarining oʻzi bu sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yetarli emasligini koʻrsatib turibdi.
Binobarin, poytaxtimiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda bu muammoni hal etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan bir qator amaliy ishlar boshlab yuborildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda Toshkent shahrining Bektemir tumanida 12 198 isteʼmolchi yoki 50 891 nafar aholining 35 891 nafari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Bu esa ichimlik suvi taʼminoti darajasining 71 foizini tashkil qiladi.
Bektemir tumani aholisini toʻliq markazlashgan suv taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida joriy yilda 25,1 km. yangi ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari rejalashtirilgan.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun 17,6 mlrd. soʻm mablagʻ manbalari aniqlanib, loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, eskirgan 1,75 km. ichimlik suv tarmoqlarini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Rejalashtirilgan ishlar joriy yilning 15 mart sanasidan boshlab amalga oshiriladi.
Buning evaziga Bektemir tumani aholisi toʻliq markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
16., Suvni koаgulyasiyalаsh va undan temirni chiqarib tashlash. Suv tarkibida temir elementi 0,3 mg dan ortib ketsa, uni normaga keltirish kerak bo’ladi. Buning uchun suv tindirilgach filtrdan o’tkaziladi yoki oldin aeratsiyalanib so’ngra bir yoki ikki pog’onali filtrlash yo’li bilan tozalanadi. Reagent usuli aeratsiya usuli bilan birga olib boriladi. Masalan, avval oksidlantiruvchi moddalar yoki ohak ishlatilib so’ngra yupqa qavatli filtrdan o’tkazilganda suv temirsizlanishi mumkin.
Temirsizlantirish usulini tanlash suv tarkibidagi temir miqdoriga bog’liq. Bu tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Reagent ishlatmasdan temirsizlantirganda suv avval shamollatiladi, shunda suvdagi karbonat angidrid, vodorod sulfide uchib ketadio, uning pH i ortadi. Suv oksigen bilan to’yinadi, natijada temir gidroksid hosil bo’ladi, u suvni tindirish yoki filtrlash orqali ushlab qolinadi.
Ochiq suv havzalari suvi tarkibida ortiqcha temir reagent usuli bilan temirsizlantiriladi, ya’ni suvga alyumin sulfat, ohak va xlor qo’shiladi.
Davlat standarti bo’yicha temirning suvdagi miqdori 0,3 mg gat eng bo’lishi kerak.



Download 48.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling