Shahar qurilishi va loyihalash asoslari
Download 1.94 Mb.
|
Xurshidbek ....payasnitli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tom tuzilishi
- Derazalar Binoni uch tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi alyumin profil deraza romlari qabul qilinadi. Eshiklar
Tomyopma va orayopmalar
Binoning tomyopamalari 1.142-1 seriyani 11-1 chiqarilishini 3ta tip o‘lchamlari bo‘yicha o‘lchamlari 6.0x1,2, 6.0x1.0, 2.9x1.0 metrli yig‘ma ko‘p bo‘shliqli oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton plitalar qabul qilingan bo‘lib , ularning balandligi 22sm-ga teng. Tom tuzilishi Binoning tom tuzilmasi quyidagi qavatlardan tashkil topgan: tom yopmalari ustki qismi chang –to‘zonlardan tozalangan keyin bir qavat ruberoidni qaynoq bitum yordamida yopishtirib pardan himoya qatlami tiklanadi. Pardan himoya qatlami ustidan yengil beton plitalardan issiqlik saqlovchi (qalinligi 10 sm ) qatlam xosil qilinadi. Issiqlik saqlovchi qatlam ustidan qalinligi 3sm-li qum- sementli korishmadan tekislovchi qatlam xosil qilinadi. Bundan keyin bino tomi uchun ikki nishobli stropilalar konstruksiyasi tiklanadi, stropilalar ustidan reka tortilib ularga to‘lqinsimon asbestotsement shiferlar mahkamlanadi. Tomning shiferidan tushadigan yomg‘ir va qor suvlarni yig‘ib maxsus varonkalar yordamida quvur orqali bino otmoskasiga chiqaruvchi konstruksiya nazarda tutilgan. Pollar Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanatgan 150 o`rinli maktab binosining xonalari va bo‘limlarining funksional xizmatlariga qarab, binoda quyidagi pol turlari qabul qilingan: Keramik (koridor, oshxona, idish yuvish xonasi, umumiy ovqatlanish xonasi, farroshlar xonasi, hamshira xonasi taxta (o‘qituvchilar xonasi, o‘quv xonasi, kotiba xonasi, direktor xonasi, kiyim almshtirish xonasi, sport zal, faollar zali Derazalar Binoni uch tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi alyumin profil deraza romlari qabul qilinadi. Eshiklar Binoning tashqi kirish eshiklari asosiy kirish yon va orqa tomonida joylashgan bo‘lib, maxsus buyurtmalar asosida alyumin profil, MDF turlari bo‘yicha qabul qilingan. Eshiklar 21-ta bir va 19-ta ikki tabaqali qilib qabul qilingan. Eshiklarni eni 0,9 metrgacha bo‘lsa bir tabaqali, undan keng eshiklar ikki tabaqali qilib olingan. Binoning eshiklari 2 xil o‘lchamda maxsus buyurtmalar asosida alyumin profil va MDF turlari bo‘yicha qabul qilingan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling