Shahar qurilishi va loyihalash asoslari


Download 1.94 Mb.
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1207180
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xurshidbek ....payasnitli

Binoning tashqi pardozi.
Binoning tashqi g‘ishtli qum, ohak, sementli qorishmalar bilan suvaladi va tekislanadi, keyin suv asosli bo‘yoq PVA bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.

Binoning ichki pardozi.
Binoning g‘ishtli devor va pardadevorlari suvaladi va oxakli tarkiblari bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi, binoning shiftlari ham, tekislanadi, bo‘yoqlar yordamida oqlanadi, binodagi ayrim xonalarning devorlari PVA bo‘yoqlar bilan, yog‘och va metall buyumlar moyli bo‘yoqlarda bo‘yaladi.
Binodagi barcha pardoz ishlari yevropa standartlariga mos ravishda, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi.
Binoning bosh rejasi
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o`rinli maktab binosining bosh rejasi qurilish me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar markaziga yaqin xududga qurish uchun mo‘ljallangan.
Binoning bosh rejasini ishlab chiqishda binoning funksional xususiyatlaridan, binoning xizmat ko‘rsatish soxasi uchun yordamchi binolar va inshootlar bilan bir maydonda joylashtirilishidan kelib chiqiladi, yoki binoni xizmat ko‘rsatuvchi binolarga yaqin qilib joylashtirish iqtisodiy jixatdan samarali xisoblanadi.

Bosh reja tasnifi.


Bosh rejada qurilayotgan ob’ekt va yordamchi bino va inshootlarni joylashtirish qurilish manzilini shamol yunalishiga (shamol guli) qarab rejalashtiriladi.
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o`rinli maktab binosining shamol yo‘nalishini yoz (iyul) va qish (yanvar) oylari uchun ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltiriladi.


Shamol guli 1-jadval

Oylar buyicha xarakteristika

Tomonlar orentatsiyasi

oylar

xarakteristika

Sh

Sh.Sh.

Sh

J.Sh.

J

J.G‘.

G‘

Sh.G‘.

yanvar

Shamol qaytarilishi, %

10

9

7

28

15

6

14

11

Shamol tezligi, m.s

1.7

1.7

1.4

1.4

1.3

1.9

2.0

1.8

iyul

Shamol qaytarilishi, %

16

5

4

19

13

6

17

20

Shamol tezligi, m.s

1.9

1.8

1.5

1.6

2.2

3.0

4.0

2.4



Bosh rejada atrof-muxitni himoya qilish, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish maqsadida qurilish maydonini bir va ko‘p yillik daraxtlar, butalar va gullar bilan ko‘kalamzarlashtirish nazarda tutilgan, ularni sug‘orish uchun zamonaviy tomchilab sug‘orish tizimi loyixalangan. Bulardan tashqari bino va inshootlarni bir-biri bilan funksional jarayoni olib borish uchun asfalt yo‘llari va yo‘lkalar bilan bog‘lash bosh rejada keltirilgan
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o`rinli maktab binosining qurish davomida ishchi-xizmatchilar uchun normal sharoit yaratib berishga yetarlicha axamiyat berilgan. Qurilish bosh rejasini tuzishda ishchilar uchun madaniy-maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish xonalari, meditsina xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Qurilish ob’ektini ichimlik suvi , kanalizatsiya, elektr energiyasi, telefon liniyalari bilan ta’milashga katta e’tibor qaratilgan.


Xulosa
Men Farg`ona shahrida qurilishi moljallangan maktab binosini loyihalashda me’yoriy hujjatlar bilan ishladim. Qurilish me’yoriy qoidalarida keltirilgan me’yorlarga tayangan holda kurs loyihamni tayyorladim. Ushbu turar-joy binosida insonlarning yashashiga qulaylik va shart-sharoit yaratib loyihalashga harakat qildim. Kurs loyihasini tayorlash jarayonida turar-joy binolariga qo‘yiladigan norma qoidalar haqidagi tushunchalarimni yana ham mustahkamlab hamda o‘zim bilmagan ma’lumotlarimni ham o‘rganib oldim.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. QMQ 2.01.07-96. “Yuklar va ta’sirlar”.


2. QMQ 2.01.03.-19. Seysmik hududlarda qurilish.
3.QMQ 2.02.01-98. Bino va inshootlarning asoslari.
4.QMQ 2.03.01-96. Beton va temir-beton konstruksiyalari.
5.QMQ 2.03.11-96. Qurilish inshootlarini korroziyadan himoya qilish.
6.QMQ 2.03.10-95. Tom va tom yopmalari.
7. SHNK 2.01.02-04. Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi.
8.Kurs ishi bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
9. QMQ 3.01.02-00. Qurilish xavfsizligi.
10.Qurilish konstruksiyalari. B. Asqarov
11. Bino inshootlat konstruksiyasi. N.J To‘ychiyev
Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling