Shahar qurilishi va loyihalash asoslari


Download 1.94 Mb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1207180
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xurshidbek ....payasnitli

Devorlar
Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g‘ishtli g‘isht devorlardan tiklangan. Yuk ko‘taruvchi devorlar markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Binoni yuk ko‘taruvchi devorlarini burchaklari, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylari armatura to‘rlari yordamida zo‘riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton konstruksiya bilan o‘ralib chiqilgan. Yuk ko‘taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5-7 qatorda diametri 3-5mm-li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza proyomlari ustiga monolit temirbetondan sarbastlar (peremichka) quyilgan. Binoning perimetri bo‘yicha va ichki yuk ko‘taruvchi devorlarini qushgan holda, sinfi V12.5-betondan birinchi va ikkinchi qavatlar ustiga devor qalinligida monolit temirbeton seysmik belbog‘lar barpo etilgan, seysmik belbog‘lar QMQ 2.01.03.-19. Seysmik hududlarda qurilish. qoidalari asosida armaturalar bilan armaturalangan. Binoning 2-3 kirish qismlarida balandligi 0.9 metrli monolit betondan zina va panduslar qurish, panduslar ustiga kozeroklar barpo etilgan.

Pardadevorlar
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o`rinli maktab binosining pardadevorlari qalinligi 120 mm-li markasi M50 bo‘lgan pishiq g‘ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5-7 qatorda diametri 3-5mm-li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza proyomlari ustiga monolit temirbetondan sarbastalar (peremichka) quyilgan.

Tom parapeti
Binoning ikkinchi qavatidagi antiseysmik kamar ustidan bino perimetri bo‘ylab qalinligi 1.5 g‘ishtli balandligi 0.6 metr bo‘lgan parapet devor tiklangan. Parapet devorni markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtni markasi M25 murakkab qorishma yordamida tiklangan.

Peremichkalar
Bino peremichkalari GOST 948-76 bo‘yicha 3ta tip o‘lchamlar bo‘yicha quyma temirbetondan o‘lchamlari eshiklar o‘lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab balandligi 250 mm-li qilib qabul qilingan bo‘lib, ularni g‘ishtli devorlarni tiklash paytida qo‘yib borilgan.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling