Shahar qurilishi va loyihalash asoslari


Binodagi funksional jarayon


Download 1.94 Mb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1207180
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xurshidbek ....payasnitli

Binodagi funksional jarayon
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o’rinli maktab binosidagi funksional jarayoniga quyidagilar kiradi.
Binoning hajmiy –rejaviy yechimlari.
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o’rinli maktab binosinining xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyixalash talablari asosida olib borilgan bo‘lib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi.
Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 65.9x37metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-14) o‘qlar orasida 65.9 metr bo‘lsa, uning eni (A-F) o‘qlar orasida 37metrni tashkil etadi, bino ikki qavatli bo‘lib qavatlari balandligi 3.3 metrga teng bo‘lib, umumiy balandligi 9.6 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi eshik orqali amalga oshiriladi. Binoda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: : o‘quv xonasi, o‘
qituvchilar xonasi, kotiba xonasi, direktor xonasi, kutubxona, oshxona, hamshira xonasi, farroshlar xonasi, qorovulxona.
Binoning tuzilmaviy yechimlari
Farg‘ona shahrida qurilishi mo‘ljallanayotgan 150 o`rinli maktab binosini g‘ishtli elastik variantda qabul qilingan bo‘lib, uning tuzilmaviy yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy tuzilmalarning markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyida keltiriladi.
Poydevorlar
Pishiq g‘ishtdan terilgan ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi va pardadevorlar ostiga quyma lentasimon poydevor qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘lchamlari yuk ko‘taruvchi devorlar uchun quyidagicha: poydevor eni 0.4 metr, qo‘yilish balandligi 1.5 metr bo‘lib, sinfi V12,5 bo‘lgan og‘ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga eni 1m va balandligi 0.3m bo‘lgan quymama poydevor tagliklari o‘rnatilgan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling