Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja
Download 70.71 Kb. Pdf ko'rish
|
\'маъруза матн. 8.11.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja: 1. SHahar aholi manzilgohlarining shakllanishi. 2. SHahar aholi manzilgohlarining turlari. 3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari. 4. Urbanizatsiya jarayonining shakllanish bosqichlari. 5. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari. 6. Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari. Tayanch tushunchalar: shahar aholi manzilgohlari, qishloq aholi manzilgohlari, shaharlarning funktsional guruhlari, urbanizatsiya, millioner shahar, megasiti, aglomeratsiya, megalopolis, suburbanizatsiya, soxta urbanizatsiya. 1. SHahar aholi manzilgohlarining shakllanishi. SHahar – aholisining 2/3 qismi qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqda band bo’lgan aholi manzilgohlaridir. Shaharlar turli makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqaruv markazi rolini o‘ynagan. Shahar aholi punktlapi o‘lchami jihatidan yirik va unda yashovchi aholi, qishloq aholi punktlapidagiga nisbatan ko‘p sonliligi hamda zichligi bilan tavsiflidir. Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik salohiyat bilan belgilanadi. Dunyo miqyosidagi shaharlarni aholiyligiga ko‘ra maqom berishda aniq chegaralangan bir xil miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar bajaradigan funktsiyasi va aholi punktlapining roli va aholi soniga qarab ajratiladi. Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi 200 kishi va undan ko‘p bo‘lgan aholi punktlapi shahar, deb ataladi. Bundan tashqari Yaponiyada–30 mingdan oshiq, Niderlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va Pokistonda – 5 ming, Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQShda 2,5 ming, Xitoyda 3 ming, Germaniyada 5 ming kishi va undan ko‘p aholi yashaydigan aholi punktlari shahar qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O‘zbekistonda esa 7 ming aholisi bor punktlap shahar hisoblanadi. Ammo, dunyoda shunday aholi punktlapi borki, ular faqat ma’muriy markaz bo‘lganligi bois shahar, deb nomlanadi. Chunonchi, ayrim mamlakatlardagi barcha aholi punktlapining ma’muriy markazlari, poytaxtlari shaharlar sirasiga kiritiladi. Masalan, Jazoir, Ekvador shular jumlasidandir. Aholi punktlapi shaharga aylanishida ularning iqtisodiy salohiyati, funktsiyasi ham muhim mezonlardan biri. Shahar aholi punktlapida yashovchilar qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lmasligi yoki juda kam sonlini tashkil etishi kerak. Masalan, Rossiya shaharlaridagi aholining atigi 15 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida band bo‘lishi mumkin. Hindistonda esa mehnatga layoqatli erkaklarning 3/4 qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi punktlapida yashasa bunday punktlap shaharlar sifatida qabul qilinadi. O‘zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a’zolari shahar aholisining 2/3 qismidan ko‘prog‘ini tashkil etishi hamda bunday aholi punktlarida sanoat korxonalari (og‘ir industrial), kommunal xo‘jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, o‘quv yurtlari, madaniy-ma’rifiy, tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari mavjud bo‘lishi lozim. Bu mezon ham barcha davlatlarda bir xil emas. Iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) shahar va shahar aholi punktlari tarkib topishida muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, IGO‘ mikro, mezo va makro darajada ajratib ko‘rsatiladi. Shahar aholi punktlari paydo bo‘lishida, IGO‘ning mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega bo‘ladi. Uning mezo va makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi va yirik markazlarga aylanishida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ayrim shaharlarning mikrodarajadagi o‘rni noqulayligi uning asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Shaharlarning mezodarajada o‘rni qulayligi uning yirik va katta shaharlarga aylanishiga zamin bo‘lishi mumkin. Agarda bu aksincha bo‘lsa, shahar kichik xolatida qolaveradi. Shaharlar IGO‘nini to‘rtta bosqichga ajratish tavsiya etiladi. mikro o‘rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o‘rni; mezo o‘rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo‘lmagan davlatga nisbatan o‘rni; makro o‘rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o‘rni; mego o‘rni- dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan o‘rni. Makrodarajadagi o‘rin shaharlar rivojlanishida, yuqori bosqichlarga chiqishida alohida ahamiyatga ega. Biroq, bu o‘rin shaharlar taraqqiyotida ijobiy xususiyat kasb etmasa, ular hayot faoliyati o‘zgarishsiz qolaveradi. Ko‘plab kadimiy shaharlarning geografik o‘rni ular umrini belgilashga xizmat qilgan, desak xato bo‘lmaydi. Chunki, aynan shu geografik o‘rindagi noqulayliklar yer yuzidan ko‘plab shahar va shaharchalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. N.N.Baranskiy shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni ular uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Uni tabiiy geografik o‘rindan, ya’ni tabiiy ob’ektlarga nisbatan tutgan o‘rnidan farqlay bilish kerak. Chunki, dengiz qirg‘og‘i, tog‘ tizmalari shahar iqtisodiyotiga ta’sir etishi yoki etmasligi mumkin, deydi. Shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) birqancha komponentlardan tashkil topadi. Bular esa o‘z navbatida yana bir necha elementlarga bo‘linib ketadi. Jumladan: 1.Shaharlarning tabiiy geografik o‘rni: Tabiat zonalariga nisbatan o‘rni; Tabiiy resurslarga nisbatan; 2.sanoat –geografik o‘rni: xom ashyo manbalariga nisbatan, ya’ni elektro energiya, yoqilg‘i va hakozo; qayta ishlash sanoti markazlariga nisbatan; 3. shaharlarning agro-geografik o‘rni:qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ishlab chiqaradigan rayonlarga nisbatan; oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi rayonlarga nisbatan; 4. transport-geografik o‘rni: ichki muhim transport magistrallariga nisbatan; xalqaro ahamiyatga ega transport tizimiga nisbatan bozor-geografik o‘rni: maxsulot tayyorlashga ixtisoslashgan tarmoq rayonlariga nisbatan; ist’emol mollari bilan ta’minlaydigan rayonlarga nisbatan; geodemografik o‘rni: aholi o‘sishi bilan bog‘liq rayonlarga nisbatan o‘rni; fan, ta’lim va madaniyat markazlariga nisbatan o‘rni. siyosiy-geografik o‘rni: mamlakat poytaxtiga nisbatan; davlat chegaralariga nisbatan; 5. harbiy-geografik o‘rni: mudofaa ahamiyatiga ega ob’ektlarga nisbatan; siyosiy (harbiy) konfilikt o‘choqlariga nisbatan. Shaharlarning mazkur geografik o‘rinlari qulayligi ularning turli soha va tarmoqlar bo‘yicha rivojlanishiga imkon beradi. Har bir shahar uchun eng muhim geografik o‘rni bu transport tarmoqlariga nisbatan joylanishi bo‘lsa ham turli hududlarda IGO‘ ahamiyati bir- biridan ma’lum darajada farq qiladi. Download 70.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling