Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja
SHahar aholi manzilgohlarining turlari
Download 70.71 Kb. Pdf ko'rish
|
\'маъруза матн. 8.11.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- “polifunktsional”
2. SHahar aholi manzilgohlarining turlari. Shaharlar hoh u yirik, hoh mayda bo‘lishidan
qat’iy nazar har birining bajaradigan o‘z funktsiyasi bor. Shaharlarning funktsiyasi-aholining shahar hosil qiluvchi tarmoq va sohalardagi ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Shaharlarni shahar hosil qiluvchi funksiyasiga ko‘ra ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: I. Ishlab chiqarish (industrial) 1) sanoat 2) transport 3) savdo-sotiq II. Noishlab chiqarish 1) harbiy 2) madaniy 3) kurort Shuningdek, ba’zi olimlar shaharlarni quyidagi funksional tiplarga ajratishni ma’qul ko‘radi. Siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar. Ko‘p funksiyali shaharlar-viloyat markazlari. Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari. Asosan bir yoki ikki sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar. Transport markazlari. Agroindustrial shaharlar. Tuman markazlari. Rekreasiya shaharlari. Ilmu-fan markazlari, universitet shaharlari va x.k. Shaharlar mazkur yuqorida keltirilgan funksiyalari bo‘yicha bir-biridan ma’lum darajada farq qilishadi. Masalan, dunyoda AQShdagi Detroyt, Rossiyadagi Tolyatti shaharlari avtomobilsozlik, Fransiyadagi Dyunkerk, Ukrainadagi Odessa, Rossiyaning Vladivostok, Murmansk transport, ya’ni port shaharlar; Angliyadagi Kembridj, Germaniyaning Xaydelburg, Dubna o‘quv, ilmiy markazlar; Hindistonning Varanasi, Saudiya Arabistonining Makkasi diniy markazlar vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina shaharlar bitta emas, birqancha funktsiyani bajaradi, bunday shaharlar “polifunktsional” shaharlar hisoblanadi. Shaharlar katta-kichikligiga qarab ham funktsional tiplarga ajratiladi. Shaharlarning katta-kichikligi ular aholisi soniga qarab belgilanadi. Odatda, shaharlar aholisi soniga ko‘ra quyidagicha klassifikasiyalanadi: I. kichik shahar: 20 ming kishi II. o‘rta shahar: 20 mingdan 100 ming kishigacha III. katta shahar: 100 mingdan 500 ming kishigacha IV. yirik shahar: 500mingdan 1000 ming kishigacha V. millioner shahar: 1000 ming va undan ortiq VI. o‘ta millioner shahar: 10 mln va undan ko‘p kishi. 15-jadval Download 70.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling