T/r
|
Chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Amalga oshirish muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
1.
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzurida davlat muassasasi shaklidagi Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.
|
Markaz faoliyatini tashkil etish, ta’sis hujjatlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaratish, markazni malakali mutaxassislar, jumladan, zaruratga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish:
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda hisob raqamlariga (shu jumladan chet el valyutasida) ega bo‘lishi;
Markaz nizomi va tashkiliy tuzilmasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanishi, shuningdek, uning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Vazirlik bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanishi;
Markazga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qilishi, shuningdek, direktor o‘rinbosarlari vazir bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi;
Markaz xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etilishi (shuningdek, zarur hollarda qo‘shimcha to‘lov va ustamalar to‘lanishi mumkin).
|
2023-yil IV chorak
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
|
2.
|
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va mualliflik nazor�tini yuritish ishlarini moliyalashtirish.
|
1. Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini yuritish uchun zarur mablag‘lar ajratish.
Bunda, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotlariga 30 foizgacha avans to‘lash.
|
2024 — 2027-yillar
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
|
|
|
2. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari) mablag‘lari va grantlarini jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Ikki oy mu�datda
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
3.
|
“Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimi” idoralararo geoaxborot dasturiy kompleksini (keyingi o‘rinlarda — Shaharsozlik geoaxborot tizimi) joriy etish, faoliyatini ta’minlash, va qo‘llab-quvvatlash.
|
1. Shaharsozlik geoaxborot tizimida aholi punktlarining “raqamli egizaklari”ni hududlar kesimida yaratish uchun zarur bo‘lgan tovar (ishlar, xizmat)lar xarajatlari uchun respublika budjeti hisobidan mablag‘lar ajratish.
Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq mazkur xarajatlar uchun zarur mablag‘lar joriy yilda 2023-yil uchun Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratilishini hamda 2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilishini ta’minlash.
|
2023 — 2027-yillarda, doimiy ravishda
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
|
|
2. Shaharsozlik geoaxborot tizimini joriy qilish ishlarini to‘liq yakunlash, bunda:
hududlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar turlarini yaratish, boshqarish, 3D-vizual ko‘rinishini shakllantirish va kompleks tahlil qilish imkoniyatini yaratish;
hududlarni konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratish, geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish orqali aholi punktlarining “raqamli egizaklari”ni yaratish;
bosh rejalarni va rejalashtirilayotgan yirik loyihalarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish;
ishlab chiqilgan bosh rejalar asosida qurilishga ruxsat etuvchi hujjatlarni berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.
|
2024-yil 1-yanvardan boshlab
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
|
|
|
3. Shaharsozlik geoaxborot tizimini unga shaharsozlik hujjatlarini va boshqa zarur ma’lumotlarni majburiy ravishda joylashtirish tartibi orqali amaliyotga joriy etish, bunda:
|
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda buyurtmachi vazifasini bajargan tashkilotlar va loyiha institutlari
|
|
|
tegishli vazirlik va idoralar hamda buyurtmachilik vazifasini bajargan tashkilotlar va loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan amaldagi shaharsozlik hujjatlarini elektron shaklda Shaharsozlik geoaxborot tizimi operatoriga taqdim etish;
|
2023-yil 31-dekabrga qadar
|
|
|
Shaharsozlik geoaxborot tizimi operatori tomonidan amaldagi shaharsozlik hujjatlarini tizimga kiritish.
|
2024-yil 1-martga qadar
|
|
|
|
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qarori bilan joriy qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi, ma’lumotlar bazalari, dasturiy ta’minot mahsulotlari va axborot texnologiya vositalarini Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markaziga berish.
|
2024-yil 1-iyulga qadar
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
|
4.
|
Hududlarda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish, shaharsozlik faoliyatida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulaylik yaratish maqsadida “Mening hududim” elektron platformasini ishlab chiqish.
|
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mening hududim” elektron platformasini ishlab chiqish:
“Mening hududim” elektron platformasida manfaatdor vazirlik va idoralarning shaxsiy kabinetlarini yaratib, ular faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni mahalla kesimida raqamli shaklda kiritish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarni ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmini joriy etish;
hududlarda mahalliy aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli tashabbuslarini aks ettiruvchi tizim joriy etish.
2. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqilishini ta’minlash va doimiy ravishda takomillashtirib borish.
|
2024-yil 1-iyulga qadar
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
|
5.
|
Shaharsozlik hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi uchun zarur loyihaoldi ma’lumotlarni to‘plash.
|
Shartnomaviy munosabatlar asosida quyidagi ma’lumotlarni tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalari mualliflariga taqdim etish:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani, jumladan xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, mavjud tabiiy va mineral-xomashyo resurslarini hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirishga oid o‘rta va uzoq muddatli prognoz parametrlari;
b) yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash ma’lumotlari;
v) loyiha-qidiruv tashkilotlarining so‘rovnomasiga ko‘ra hududlarning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlariga oid statistika ma’lumotlari.
|
2023 — 2027-yillarda, doimiy ravishda
|
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti,
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti,
Statistika agentligi,
boshqa tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari
|
6.
|
Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.
|
1. Bosh loyiha institutlariga aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini yuritish vazifalarini yuklash.
2. Bosh loyiha institutlari tomonidan:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda zamonaviy axborot-dasturiy mahsulotlar, uchuvchisiz uchish apparatlari, fazoviy modellashtirish, geoaxborot tizimidan foydalanish, dizayn kod va aholi punktlarining “raqamli egizaklari”ni yaratish, shuningdek, ilg‘or xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni jalb etish, zarur hollarda xorijiy mutaxassislar loyiha guruhlarini shakllantirish;
ustaxonalarni zamonaviy vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va yosh kadrlar o‘rtasida “ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda mutaxassislar malakasini oshirish (jumladan, xorijda), boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi tizimini yaratish, shaharsozlik hujjatlarining maxsus fondi va elektron bazasini yaratish.
|
2023-yil IV chorak
|
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
bosh loyiha institutlari,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|