Shaharsozlik


Avtotransport vositalarining to‘xtash joyi –


Download 37.77 Kb.
bet3/11
Sana15.02.2023
Hajmi37.77 Kb.
#1202394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.

Avtotransport vositalarining to‘xtash joyi – turli funksional ob’ektlarga tashrif buyurgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining vaqtincha to‘xtash joyi.
Avtomobillar turish joyi – avtomobillar saqlanishi yoki turishi uchun mo‘ljallangan ochiq maydonchalar. Avtomobillarni saqlash uchun mo‘ljallangan joylar soyabonlar, engil to‘siqlar bilan o‘ralgan bokslar hamda ko‘rikdan o‘tkazish estakadalari bilan jihozlanishi mumkin. Avtomobillarning turish joylari ko‘chadan tashqarida (shu jumladan, transport qatnaydigan yo‘lning qisman kengaytirilgan joyida) yoki ko‘cha-ning o‘zida (transport qatnaydigan yo‘lning belgilar bilan ko‘rsatilgan qismida) tashkil qilinishi mumkin.
Ishlab chiqarish va boshqa turdagi ob’ektlarning muhitni muhofaza qilish funksiyalarini bajaruvchi sanitariya-himoya zonalari – amaldagi qonunchilikka muvofiq, ob’ektning atrof-muhitga zararli ta’sirining xususiyati va darajasiga bog‘liq ravishda, sanitariya-himoya zonasi belgilanishi va tashkil qilinishi zarur bo‘lgan va shaharning turar-joy qismini sanoat korxonasi, shuningdek boshqa ob’ektlardan ajratib turuvchi maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan, shu jumladan maxsus vazifalarni bajaruvchi daraxtzorlari mavjud bo‘lgan hudud.
Landshaft – rekreatsiya hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv bilan ta’minlangan ochiq umumiy foydalanish maydonlari tizimidan, shuningdek, ko‘chatzor va sanitariya-ihota zonalaridan iborat bo‘ladi.
Mazkur hududlar chegarasida turli funksional maqsadli zonalar ajratiladi: turar-joy qurilishi, jamoatchilik markazlari, sanoat va kommunal-ombor, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi transport, ommaviy dam olish va kurort zonalari, muhofaza etiladigan landshaftlar va boshqalar.
Jamoat markazlari-O‘ta yirik, yirik va katta shaharlar jamoat markazlari tizimi tarkibiga umumshahar markazi, rejalashtirish tumanlarining markazlari, turar-joy tumanlarining markazlari, mahalliy markazlar (jumladan mavze, mahalla markazlari), birlamchi xizmat ko‘rsatish markazlari, dam olish zonalarining markazlari, savdo-transport markazlari, shuningdek ixtisoslashgan markazlar (o‘quv, tibbiy, sport markazlari va boshqalar) kiradi.
Yirik va katta shaharlarda barpo etiladigan ma’muriy tumanlar markazlari rejalashtirish yoki turar-joy tumanlarining markazlari bilan qo‘shilishi lozim.
Tarixiy shaharlarda umumshahar markazi oldindan paydo bo‘lgan tarixiy muhit yaxlitligini ta’minlash sharti bilan shakllantirilishi kerak.

Download 37.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling