Shaharsozlik


Download 37.77 Kb.
bet7/11
Sana15.02.2023
Hajmi37.77 Kb.
#1202394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.

Berk ko‘chalar qatnov qismlarini aylanish radiusi kamida 15 m bo‘lgan maydonchalar yoki 20 x 20 m o‘lchamli aylanish maydonchalari bilan tugashi lozim. Aylanish maydonchalarida ommaviy transport oxirgi punktlari va avtotransport to‘xtash joylarini tashkil etish mumkin emas. Mavze va daxalar xududiga kirib borishlar, shuningdek, ularlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tor ko‘chalar bir-biridan kamida 300 m masofada, qayta qurilayotgan rayonlarda aylanasiga qurilishda – kamida 180 m masofada ko‘zda tutilishi kerak.
Tor ko‘chalar va piyoda yo‘lkalar turar joy va jamoat binolari devorlaridan kamida 5 m uzoqda joylashtirilishi lozim.
Ko‘p qavatli qurilish zonasida 3 ming kishidan ortiq axolisi bo‘lgan turar joy binolari guruxiga olib boruvchi tor ko‘chalar 5,5 m enli ikki xarakat tasmasi va 1,5 m enli trotuarlar bilan barpo etilishi lozim.
Transportning bir tomonlama xalqa xarakati bo‘lgan, uzunligi ko‘pi bilan 300 m bo‘lgan tor ko‘chalar trotuarlari bo‘lgan xolda 3,5 m enli bir xarakat tasmali bo‘lishi mumkin. Bir tasmali tor ko‘chalarda ko‘pi bilan 100 m oraliq bilan eni 6 m va uzunligi 15 m bo‘lgan ayrilish maydonchalarini ko‘zda tutish zarur.
Uzunligi 150 m dan oshmagan boshi berk tor ko‘chalar trotuar bilan birlashtirib, kamida 3,5 m eni bo‘lishi mumkin, ular o‘lchamlari 12 x 12 m bo‘lgan aylanish maydonchalari yoki yo‘l o‘qi bo‘yicha kamida 20 m radiusli xalqa bilan tugashi kerak.
Tuman axamiyatidagi magistral ko‘chalarda ajratish yo‘llari bilan ajratilgan velosiped yo‘lkalarini ko‘zda tutish mumkin. Axolining ommaviy dam olishi zonalarida va boshqa ko‘kalamzorlashtirilgan xududlarda velosiped yo‘lkalari boshqa ko‘cha, yo‘llar va piyoda xarakatidan aloxida qilib ko‘zda tutilishi kerak. Velosiped yo‘lkalari bir tomonlama va ikki tomonlama xarakatli qilib barpo etiladi, bunda veloyo‘lka chetidan eng kam xavfsizlik masofasi, m:
yo‘l qatnov qismigacha, transport inshootlari tayanchlari, daraxtlargacha - 0,75;
trotuarlargacha – 0,50;
avtomobillar to‘xtash joylari va ommaviy transport bekatlarigacha - 1,50 m. bo‘lishi kerak.
Izox. Ko‘chalarning qatnov qismi chetidan velosiped tasmalarini juft chiziq bilan ko‘rsatib barpo etish mumkin. Velosiped tasmasining eni transport oqimi yo‘nalishidagi xarakatda kamida 1,2 m va qarama-qarshi xarakatda kamida 1,5 m bo‘lishi kerak. Trotuar yonida barpo etiladigan velosiped tasmasining eni kamida 1,0 m bo‘lishi kerak. Velosiped yo‘lining chetidan xavfsizlik masofasi kamida, o‘tish yo‘ligacha – 1,0 m, trotuargacha – 0,5m bo‘lishi kerak.


YAshash joyi yoki ishxonadan ommaviy yo‘lovchi transportining eng yaqin bekatigacha piyoda etishning uzoqligi 400 m dan oshmasligi kerak. o‘ta yirik, yirik va katta shaxarlarning shaxsiy qurilish joylarida bu miqdor 600 m gacha, o‘rta va kichik shaxarlarda esa – 800 m gacha oshirilishi mumkin.
O‘ta yirik va yirik shaxarlarning umumshaxar markazida ommaviy yo‘lov-chi transporti bekatlarigacha piyoda etishning uzoqligi 250 m, ommaviy dam olish va sport zonalarida – 800 m dan oshmasligi kerak..
Murakkab relef sharoitida bu miqdor bosib o‘tiladigan past-balandlikning 10 metri uchun 50 m ga qisqartirilishi kerak.

Download 37.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling