Shaharsozlik
Download 37.77 Kb.
|
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashda ishlab chiqiladigan sxemalar ro’yxati
- Quyidagi (zonalarda
- Aholi punktlarining
- Aholi soniga
Turar-joy guruhi-bu turar-joy majmuasi elementi hisoblanadi.U birlamchi xizmat ko’rsatish muassasalari bilan birlashgan bir qancha turar-joy binolaridan iborat bo’ladi.(Shu yerda yashovchi aholi foydalanadigan ko’kalamzor hudud). Turar-joy guruhi hududi 5 gektardan oshmasligi lozim.
Loyihalashda ishlab chiqiladigan sxemalar ro’yxati: 1.Holat tarxi.Unda loyihalanayotgan turar-joy dahasining shahar sxemasida joylashgan o’rni ko’rsatiladi. (M 1:10 000). 2.Turar-joy dahasining bosh rejasi. (M 1:1 000). 3.Funksional hududlarga ajratish sxemasi. (M 1:5000). 4.Tansport-piyoda xizmat sxemasi.(M 1:5000). 5.Ko’chalar klassifikatsiyasi va ularning ko’ndalang kesimlari.(M1:2000) 6.Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar(jadval ko’rinishida). Quyidagi (zonalarda) hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi: madaniy meros ob’ektlarining muhofaza zonalari, qo‘riqxona zonalarida; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida; sanitariya zonalarida; muhofaza zonalarida; sanitariya-muhofaza zonalarida; suvni muhofaza qilish va sohil bo‘yi mintaqasi zonalarida; suv ta’minoti manbalarini sanitariya yo‘li bilan muhofazalash zonalarida; foydali qazilmalar joylashgan zonalarda; tabiiy va texnogen xususiyatdagi favkulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan zonalarda; favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida; tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda. Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin: turar joy zonalari; ijtimoiy-amaliy zonalar; ishlab chiqarish zonalari; muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari; rekreatsion zonalar; qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar; maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar; harbiy ob’ektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari; shahar atrofi zonalari. umumshahar miqyosidagi magistral yo’llar eni - 75 m tuman ahamiyatidagi magistral ko’cha -35 m ko’p qavatli turar - joy bo’ylab harakatlanuvchi yo’llar - 25 m 1 qavatli joylar bo’ylab harakatlanuvchi ko’chalar eni - 15 m O’rta va kichik shaharlarda magistral ko’chalar enini qizil chiziqdan 45 metrgacha kichraytirish mumkin. Ko’chanining enini transport vositalarining o’tish intensivliliga qarab aniqlanadi: magistral yo’llar uchun yo’laklar - 4, 5 m tuman miqyosidagi yo’llar uchun yo’laklar - 3m turar - joy ko’chalari uchun yo’laklar eni - 2, 25 m piyodalar yo’laklari eni - 3 m Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi: eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik aholi punkti- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta aholi punkti - aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik aholi punkti - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat. Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi: yirik aholi punkti - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik aholi punkti - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat. Download 37.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling