Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana06.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1171753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
2 КУРС КРЕАТИВ ПЕДАГОГИКА МАЖМУАСИ

 
 


14 
Nazorat savollari: 
1. “Kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. “Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal 
qiladi?
3. “Kreativ peagogika”ning obyekti va predmetini nima tashkil etadi?
4. “Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar?
5. “Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi?
6. Kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qanday ilmiy-tadqiqot metodlari 
qo‘llaniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Barisheva T.A., Jigalov Y.A. Psixologo-pedagogicheskiye osnovi razvitiya 
kreativnosti – SPb.: SPGUTD, 2006.
2. Bashina T.F., Ilin YE.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – 
CPb.: Piter, 2009.
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative 
thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
4. Sirotyuk F.S. Diagnostika odaryonnosti / Ucheb.posobiye. – M.: Direkt-Media, 
2014. – 1229 s.
5. Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. Pedagogika kreativnosti: 
prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva / Ucheb.posboiye. – Kirov: ANOO 
“Mejreginalno‘y SITO”, 2013. – 212 s.
  


15 
Ma’ruza 3-Мavzu: Kreativ ta’lim muhiti: mohiyati, xususiyatlari 
Reja 
1.Kreativlik va pedagogik kreativlik tushunchalariing mohiyati
2.Pedagogning kreativlik potensiyali
3.Pedagogmimg kreativlik potensiyali darajasini aniqlovchi mezonlar 
Tayanch tushunchalar: Me’yoriy hujjatlar, kreativ pedagogika”, kreativlik 
potensiyali, darslik, o’quv metodik va metodik qo’llanma, tavsiyanoma, lug’at, 
enstiklopediya, atlas, ish daftari 
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – 
individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil 
omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati E.P.Torrens 
fikricha, “kreativlik”4 tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi.
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O’qituvchining 
ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy
(kreativ) yondashuvida aks etadi. So’nggi yillarda ushbu holat “pedagogik 
kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 
1) o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini 
o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini 
o’zlashtirishga jalb etish;
2) o’qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini 
rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish 
orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va 
ajoyib g’oyalarga ega bo’lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo’l 
qo’yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan metodlar talabalarda 
erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan 
belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; - farazni tekshirish va o’zgartirish; 
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; - muammo echimini 


16 
topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan 
ta’sirchanlik. Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan 
farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat 
qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni 
ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati vosita va 
strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o’qituvchilar uchun qo’l keladi 
hamda talabalarda o’quv fanlarini o’rganishga bo’lgan qiziqish, intilishni 
rivojlantiradi6. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon 
bo’ladi. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil 
etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog’liq bo’ladi. Kreativ 
pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti. Ko’z oldingizga ta’lim 
jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o’ziga xos va qiziqarli tarzda 
jo’shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o’qituvchini keltiring. U, garchi, 
o’zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasada, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi 
ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni 
qo’llayotganligidan o’zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor 
bo’lishlariga erishmoqda. O’qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan 
qancha ko’p foydalansa, o’ziga va o’zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan 
ishonchi shuncha ortadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling