Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana06.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1171753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
2 КУРС КРЕАТИВ ПЕДАГОГИКА МАЖМУАСИ

Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar: 1) savollar muammoning 
mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; 2) savollar yirik hajmli va noaniq 
bo’lmasligi kerak; 3) savollar o’quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik 


30 
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 4) savollarga to’la javob 
qaytarilishi uchun etarlicha vaqt ajratilishi kerak; 5) anketa o’quvchilarning 
pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur; 6) 
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qo’yiladigan shartlar: kuzatuv jarayonida aniq 
maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; kuzatishning har bir 
bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab 
o’rganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari, 
pedagogik amaliyot hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum 
o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni 
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
9. Ekspert baholash metodi zamonaviy sharoitda deyarli barcha sohalara olib 
boriladigan tajribalarda jarayonida qo’llaniladigan va keng ommalashgan 
ilmiytaqiqot metodlardan biri sanaladi. Ko’p holatlarda shaxsda kreativlik sifatlari 
va ijodiy faoliyat ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash psixolog
pedagog va bevosita kreativlikka dahldor sohalarning vakillari – malakali 
mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. Ammo ta’lim jarayonida hamkorlik 
ta’limi tamoyillariga muvofiq talabalarning o’rtasida ham ularning o’quv 
topshiriqlarini bajarishga nisbatan kreativ yondashuvlarining samaradorligini 
baholash maqsadida ekspert guruhi shakllantirilishi ham mumkin. Bu guruh 
talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy mahsulotlar va ularning sifatini baholaydi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifatli, 
samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda. 
Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada kasbiy 
kompetentlik, mahorat va malakalarga ega bo’lishlarini taqozo etadi. 
Pedagoglarning ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvlari talabalarda ta’lim olishga 
bo’lgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning o’quv-bilish faoliyatlarini 
faollashtirishga yordam beradi. Qolaversa, talabalarning mutaxassis sifatida kreativ 
sifat, ijodkorlik ko’nikma, malakalarini faol o’zlashtirishlari uchun zarur sharoitni 


31 
yaratadi. “Kreativ pedagogika” fanining asoslari talabalar va pedagoglarda 
kreativlik sifatlari va ijoiy faoliyat ko’rsatish malakalarini samarali shakllantirishga 
xizmat qiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling