Shahrixon tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli


Download 134 Kb.
bet1/12
Sana10.03.2023
Hajmi134 Kb.
#1257609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aniq fanlar bayonnoma


Shahrixon tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli
50-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil avgust oyida
Uslubiy birlashma yig’ilish
Bayoni №1
Yig’ilish avgust oyining ____ sanasida bo’lib o’tdi.
Qatnashdilar:
Yig’ilishda jami ___ nafar o’qituvchidan ___ nafari qatnashdi.


Kun tartibidagi masalalar .
1.Aniq fanlar metod birlashmasining 2021-2022-o‘quv yili yakunlari natijalarining tahlili va 2022-2023-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish, metodbirlashmaning joriy o‘quv yili uchun tuzilgan ish rejasi va metodbirlashma a’zolarining ish taqsimotini tasdiqlash va maktab rahbariyatiga tasdiq uchun taqdim etish.

2. Avgust shuba yig‘ilishlarida ko‘rilgan masalalar va joriy yildagi ta’lim yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish.O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlashAniq fanlar metod birlashmasida darslar taqsimoti va 5-11- sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi


3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati “Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz!”shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga tadbiq etish .


1- masala yuzasidan Aniq fanlar metod birlashmasining 2021-2022-o’quv yulidagi amalga oshirilgan ishlari va 2022-2023- o’quv yilidagi vazifalari to’g’risida metod birlashma rahbari _____________ so’z olib o`z fikrlarini aytib yutuqlar o’zimizniki o’tgan o’quv yilida olib borilgan ishlar samaradorligi va qilingan ishlarni kamchliklari metod birlashma rahbari va uning a’zolarining bir yillik faoliytiga nazar solsak o’tgan yilni yaxshi natijalar bilan yakunlaganligini alohida takidlab o’tdi. Shu bilan birga o’tgan o’quv yilida yo’l qo’yilgan xato va kamchilaklarni yangi o’quv yilida bartaraf etish choralari ko’rilishini va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilishni aytib o’tdi.


Shundan so`ng yangi o`quv yili uchun dars taqsimoti haqida gapirar ekan O`zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 3271-sonli qarorining 3-bob 15-16-bandlariga alohida to`xtalib o`tdi metod birlashma a’zolariga tushintirish ishlarini olib bordi bundan buyon har yili dars taqsimoti ushbu qaror bandlarida keltirilgan tartib qoidalar asosida amalga oshirilishini aytib o`tdi. Qarorning 15-bandiga asosan dars taqsimotida eng avvalo xalqaro fan olimpiadalar g`olibini tayyorlagan o`qituvchilar, o`qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan xalqaro fan olimpiadasi g`oliblari, bundan tashqari dunyoning yuqori reytingga ega oliygohlarida ta’lim olgan fan o’qituvchilari, oliy toifali fan o’qituvchilari, birinchi toifali fan o’qituvchilari, ikkinchi toifali fan o’qituvchilari, mutaxasis toifasiga ega fan o’qituvchilari, yuqoridan reytingga qarab maksimal 30ga qadar dars olish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan.
2- masala bo’yicha uslubiy birlashma rahbari _____________ so’z olib Avgust oyida o’tkazilgan shuba yig’ilishlarida ishtiroki yuzasidan metod birlashma a’zolari va majlis ishtirokchilariga yetkazdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to’g’risida fikr yuritdi. 183-sonli buyuruqqa asosan Dushanba kuni aniq fanlar metod kuni sifatida o’zgarisgsiz qoldirilib Fevral oyi ham Informatika va Matematika fan oyligisifatida o’zgarishsiz qildirilganligini Metod birlashma ishlarini yuritishdagi hujjatlar to’plami qisqartirilganligi va joriy o’quv yilidan Metod birlashma hujjatlaridan metod birlashma rejasi va yig’ilish bayonini yuritish bilan cheklanish qat’iy belgilanganiligini tushuntirib o’tdi. 2022-2023-o’quv yili uchun Aniq fanlar metod birlashmasining yillik ish rejasini tasdiqlash to’g’risida qilinadigan ishlar mazmun mohiyatini o’qituvchilarga tushuntirib O’IBDO’ _____________ ga taqdim etdi. Darslar taqsimoti va 5-11- sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi keng jamoa o’rtasida va maktab direktori _____________ , O’TIBDO’ _____________ uslubiy birlashma rahbari _____________ lar tomonidan ko’rib chiqildi, metod birlashma rejasi 5-11-sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalari tasdiqlanish to’g’risida kelishildi. Muzokarada Informatika fani o’qituvchilaridan ikkinchi toifali o’qituvchi _____________ , tajribali va mahoratli o’qituvchi _____________ lar so’zi tinglandi.
3- masala yuzasidan O’IBDO’ _____________ so’z olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati bundan keying qilinadigan ishlar rejasi bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng metod birlashma rahbari _____________ so’z olib “Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va amalga tadbiq etish bo’yicha sinf xonalariga shiorlar yozib qo’yilishi Mustaqillik darslarini ushbu shior asosida tashkil etish kerakligi , mustaqillik darslarni tashkil etish darslar davomida o’quvchilar ongiga chuqur singdirilishi uslubiy birlashma rahbari _____________ tomonidan aytib uqtirildi. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. “Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilarning ongiga singdirishda pedagogik mahoratlarini ko’rsatib misollar yordamida yosh pedagoglarga tushunchalar berdilar.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling