Shakllanishi
Kompyuter leksikografiyasi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
Kompyuter leksikografiyasi – kompyuter lingvistikasining yana bir
yo‘nalishi bo‘lib, unda lug‘atlarni tuzish va qo‘llash o‘rganiladi. Maxsus
32 dasturlar ma’lumotlar bazasidan, kompyuter kartotekasidan, gipermatn so‘zlik maqolalari, lug‘atlar tuziladi. Kompyuter leksikografik dasturi ikki qismdan iborat: 1) leksikografik ishlarni qo‘llash dasturi; 2) turli tildagi avtomatik lug‘at va leksikografik ma’lumotlar bazasi. Avtomatik lug‘at – mashinaning maxsus formatida saqlanuvchi, matnga kompyuter yordamida ishlov beruvchi lug‘at hisoblanadi. Hozirgi kunda mukammal avtomatik lug‘at ingliz tilining izohli lug‘ati va Ojegovaning lug‘ati hisoblanadi. Aniq lingvistik ma’lumotlarni lug‘atlardan olish mumkin. Mukammal ishlangan lug‘atlarda fonetik, morfologik, sintaktik, semantik va hokazo ma’lumotlar aks etib, til sathlarining barchasini o‘zida mujassamlashtiradi. Matnni katta hajmdagi matn (gipertekst) darajasida tasavvur etish – kompyuter lingvistikasida yana bir asosiy yo‘nalishlardan biri gipermatn sistemasini tashkil etish sanaladi. Ilk bor prezident F.Ruzveltning ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Vannevar Bush tomonidan “MEMEKC” nomli texnik loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyihani kompyuter yo‘qligi uchun qo‘llash ancha tushunmovchiliklarga olib keldi. 1960-yillarda I.T.Nelson loyihani qayta ishlab chiqib, uni “KSANDAU” nomi bilan kompyuter texnikasida qo‘llay boshlaydi. Kompyuter lingvistikasida gipermatn sistemasi grafik sifatida bo‘lib, har bir nuqtada bir matn yoki ikki yo‘nalishda bo‘lib, ular “zanjir” holatda uzviy bog‘liq holda joylashtiriladi. Foydalanuvchi o‘zining ehtiyojiga ko‘ra gipermatndan foydalanadi. Gipermatn sistemasida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tish uchun mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar keltirilishi kerak. Tayanch tushunchlar keritilishi bilan gipermatn mavzusi o‘zgaradi. Gipermatn sistemasida axborotlar matniy axborot ham, matnsiz axborot ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda gipermatn sistemasi tarkibiga multimedia, gipermedialar ham kiradi. Gipermatn texnologiyasi matniy manbai kompyuterda tashkil etilishiga asoslangan bo‘lib, bunda leksik birliklar bir chiziqli ketma-ketlikda
33 joylashtirilmagan, balki aniq bilimlar asosida biroq sohaga taalluqli birliklar va ular o‘rtasidagi munosabatlar inobatga olingan bo‘ladi. Gipermatn texnologiyalari mashina sivilizatsiyasiga olib boruvchi yo‘l sanaladi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling