Shakllanishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#212299
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Abdurahmonova Sayyora

 

 

 

 

II BOB.KOMPYUTER LINGVISTIK TA’MINOTIDA O‘ZBEKCHA  

MATN USLUBIGA XOS DOLZARB MUAMMOLAR 

2.1 Avtomatik tahrir dasturlarida o‘zbekcha matn bilan bog‘liq 

muammolar 

O‘zbek    tilidagi    matnlarni    avtomatik    ravishda    tahrir    va    tahlil    qilish  

dasturini    yaratish    bugungi    kunning    dolzarb  masalasiga      aylangan

16

.Bunday  



dastur    tizimining    katta    imkoniyat    va    yuqori    sifati    lingvistik    modullarning  

mukammal  ishlab  chiqilgani  bilan  belgilanadi, ular  o‘z  navbatida dasturning  

bosqichlarini  tashkil  etadi.  

Lingvistik  tahrir – bu  turli  ko‘rinish (ilmiy, badiiy,  publisistik  va rasmiy  

uslublar)  dagi    matnlarning    orfografik,  grammatik,    stilistik    hamda    mantiqiy  

qurilishdagi  xatolarni  to‘g‘rilash  degani. 

Matnlarni  tahrir  qilish  ikki  usulda  amalga  oshiriladi: 

1.  Inson    tomonidan    amalga    oshiriladigan    tahrir  (bevosita    tahrir  – 

muharrirlik  ishi). 

                                                           

16

AbjalovaM.A. Matnlarni avtomatik tahrir va tahlil qilish  dasturining   lingvistik  bosqichlari//Yosh olim va 



talabalarning  respublika  ilmiy-amaliy  anjumani  materiallari. Toshkent-2015, 7-bet. 


 

 

35 



2.  Zamonaviy    texnika    vositasida    amalga    oshiriladigan    tahrir 

(bilvosita, ya’ni  avtomatik  tahrir). 

Keyingi  paytlarda  axborot  almashinuvining  jadallashuvi  va  ma’lumotlar  

ko‘lamining    tobora   kengayib    ketayotgani    sababli    bilvosita    tahrirga    bo‘lgan   

talab oshib  bormoqda.  

Avtomatik  tahrir  kompyuter  lingvistikasining  asosiy  yo‘nalishining  biri  

bo‘lib, u  kompyuterdagi  matn  muharrirlari ( Microsoft  Word, Excel, Wordpad, 

Lexicon)    rivojlanishi    bilan    bog‘liq    holda    yuzaga    kelgan.  Avtomatik    tahrir  

deganda,    kompyuterga    kiritilayotgan    matnning    mexanik    xatolari    avtomatik  

tarzda    to‘g‘rilanishi    va  xato    ekanligi    haqidagi  signallarning    foydalanuvchiga  

taklif  etilishi  nazarda  tutiladi. Masalan, Microsoft  Word  dasturi  asosida  ingliz  

yoki  rus  tilida  matn  yozsak, unda  so‘zlarning  yozilishi  bilan  bog‘liq  xatolar 

bo‘lsa, kompyuterning  o‘zi  ularning  ostiga  qizil  yoki  yashil  rangli  to‘lqinli  

chiziq  chizadi; katta  harf  bilan  yozilishi  kerak  bo‘lgan  so‘zlarni  kichik  harf  

bilan    yozsak,  ularni    avtomatik    tarzda    bosh    harfga    o‘tkazadi;  bandlarni  

avtomatik  tarzda  raqamlab  beradi; xatboshini  o‘zi  qo‘yadi  va  hokazo. Bu  esa 

ishni  osonlashtiradi.  

Biroq    hozirgi    paytga    qadar    mukammal    avtomatik    tahrir    qiladigan  

lingvistik    dastur    yaratilmagan.  Kompyuter    tahrir    dasturi  tahrirga    qisman  

yordam    beradi,  xolos.  Aniqroq    qilib    aytganda,  matnni    sintaktik    tahrir    qilish  

dasturi  hali  yechimini  topmagan. Sintaktik  tahrirning  murakkabligi  shundaki, 

matnda    ko‘chma    ma’noli    so‘zlar,  iboralar,  tagma’nolarga    ega    so‘zlar  

ishlatilishi  mumkin.  

Matnlarni    avtomatik    tahrir    qilishning    mukammal    va    yuqori    sifatli  

tizimiga  erishish    uchun    unga    kiritilayotgan    matnlarni    nafaqat    orfografik    va  

morfologik  jihatdan, balki  sintaktik (so‘z  birikmasi  va  gap  tahriri), semantik  

(matnda  qo‘llanilayotgan  tushunchalar  tahriri) va  pragmatik (tushunchalarning  

to‘g‘ri    qo‘llanilishi    va    ularni    qo‘llash    maqsadi    tahriri)    tahrir    qilish  

imkoniyatlarini  yaratish  lozim.  



 

 

36 



Matnlarni  to‘liq  avtomatik  tahrir  va  tahlil  qilish  uchun  dastur  quyidagi  

modullarga  ega  lingvistik  modullardan  tarkib  topishi  lozim: 




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling