Shakllanishi


ц  harfi  lotinga  o‘tganda  s


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#212299
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Abdurahmonova Sayyora

ц  harfi  lotinga  o‘tganda  skabi  yoziladi, qachonki  u  so‘z  

boshida,    so‘z    oxirida    (hatto    unlidan    keyin    kelsa    ham),  old  

qo‘shimchadan  va  undoshdan  keyin  kelsa. Faqat  unlidan  keyin  kelsa  

ts kabi  yoziladi;

 

2) 



krilldagi  e  harfi  lotinga  o‘tganda   ye  kabi  yoziladi,  qachonki  u  so‘z  

boshida,    unlidan    keyin,    ь  (yumshatish)    belgisidan    keyin    va    ъ 

(ayirish)  belgisidan    keyin    kelsa.  Faqat    undoshdan    keyin    kelsa     

shaklida  qoladi.

 

Ko‘rib    turganimizdek,  yuqoridagi    holatlar    e’tiborga    olinadigan    dastur-



protsedurani  tuzish  uchun  unga  qadar  ayrim  shartlar  ham  mavjudki, ularning  

bajarilgan    bo‘lishi    bizning    algoritm    tuzish    uchun    tutgan    yo‘limizga    xalaqit  

bermasligi  lozim.  

Transliteratsiya    bilan    bog‘liq    muammolar    hali    talaygina.  Masalan,  

yuklamalar,  qatnashgan    so‘zlarni    o‘girishda    ham    jiddiy    muammoga    duch  

kelish  mumkin. Xususan,  “u”  yuklamasini  olib  qaraylik. Krillda  “Сену  мен” 

kabi  jumladagi  “u” yuklamasi  lotinga  o‘tgana  chiziqcha  bilan  yoziladi “Sen-u  

men” kabi. Vaholanki, yuklamasiz  holda  “u”  bilan  tugaydigan “буғу”,  “урғу” 




 

 

57 



kabi  mustaqil o‘zak   so‘zlar  ham  mavjud. Xuddi  shuningdek, “ю”  yuklamasi  

ishtirok    etgan    so‘zlarda    ham    murakkabliklar    bor.  Masalan,  “келдию  кетди” 

birikmasi    “keldi-yu    ketdi”    shaklida    yozilishi    kerak.  Bunda    birinchi    holat  

uchun  yozilgan  algoritm  ikkinchi  holatni  inkor  qiladi.  

Yuqorida    qayd    etilgan    ziddiyatli    muammolar    arab    yozuvidagi    matn  

transliteratsiyasida    ham    faol    tus    oladi.  Ma’lumki,    arab    yozuvidagi    tarixiy  

asarlarimizning    aksariyati    o‘sha  zamondagi    xattotlar    tomonidan    nasta’liq  

usulida    bitilgan    qo‘lyozmalardan    iborat.  Zamonaviy    adabiyotlarda    esa    arab  

alifbosiga    tegishli    bosma    harfalar    nasx    usuli    bilan    yasalgan    bo‘lib,  aynan  

mana  shu  harflarning  har  biri  uchun  kompyuterda  maxsus  kodlar  mavjud.  

Kompyuterda    matn    bilan    ishlash    faqatgina    kodlar    sistemasidan  

foydalangan    holatda    tashkil    etiladi.  Har    bitta    harf    yoki    belgi    uchun    (hatto  

raqamlar  ham)  alohida  bitta  kod  bilan  ajratilgan.  

Intellektual    uslubdagi    matn    transliteratsiyasini    yaratishning    amaliy  

ahamiyati  quyidagilardan  iborat: 

  katta    yoshdagi    kishilar    kompyuterga    matn    kiritish  (yoki    matnni  



o‘qish) chog‘ida  krill  imlosidan  foydalanishni  afzal  ko‘radilar. Demak, 

matnni    avval    krill    imlosida    kiritib,  so‘ng    lotin    imlosiga    avtomatik  

o‘girish  ular  uchun  ayni  muddao  sanladi.  

  turli    joylarda    lotin    imlosida    yozilgan    matnlarda    xatoliklar    uchrab  



turadi. Bu holat  imlo  savodxonligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  

 



o‘zbek   olimlarining  krill  imlosida  yozgan  noyob  asarlari, shuningdek, 

arab  yozuviga  asoslangan  o‘zbek  tilidagi  tarixiy  asarlarning  barchasi  

hali  to‘la-to‘kis  lotin  yozuviga  o‘girilmagan.  

Mana  shu  sabablarga  ko‘ra  o‘zbek  alifbosi  xususiyatlarini  o‘zida  keng  

mujassam  ettirgan  intellektual  dasturlarni  yaratish  davr  talabi  hisoblanadi.  


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling