Shakllanishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#212299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
Abdurahmonova Sayyora

Mirobod   tum.,  Fayzobod    ko‘ch., 2013-y    kabi.  Undov   va    so‘roq   belgilaridan  

ko‘chirma  gaplarda  his-hayajonni  anglatishda  va  savol  berishda  foydalaniladi: 



O qanday  baxt! – deb  yuborasan  kishi. U  nima  ham  qilsin? Nimayam  desin? 

Nimani  tushuntirsin?.  Misollardan  ko‘rinib  turibdiki, yuqorida  keltirilgan  tinish  

belgilari  hamma  vaqt  ham  gapni  tugallovchi  belgi  vazifasini  bajarmaydi.  

Matnni    bosh    harflar    masalasi    ham    muayyan    muammoni    yuzaga  

keltiradi. Sen  bilmaysan, Asal  judayam  ajoyib(1). Biznikiga  karimalar kelishdi 

(2).  Bizga    ma’lumki,  Yer  o‘z    o‘qi    atrofida    aylanadi.  Uyga    kelib    qarasam, 

dadam  yerga  bosh  qo‘yib  yotgan  ekan (3). 

Pragmatika    yoki    kontekstning    ishtirokisiz    yuqorida    keltirilgan  

misollardagi ajratib ko‘rsatilgan  so‘zlar  qanday  ma’noda  kelayotganini  anglash  

qiyin: 1-misolda asal  so‘zi  ismni  anglatyaptimi  yoki  shirinliknimi? 2-misoldagi  

karimalar    so‘zi    Karima    ismli   qiz   bilan   birgalikdagi   shaxslarni   anglatyapti, 

ammo  avtomatik tahrir  dasturi  ism  kichik  harf  bilan  yozilgan  deya  so‘zni  

xato  hisoblaydi. 3-misolning  1-gapida  Yer  sayyorasi, 2-gapda  esa  ona  zamin  

haqida    fikr    yuritilgan.  Lekin    sintaktikoldi    tahrir    jarayonida    1-gapdagi      Yer  

so‘zi    Yer    sayyorasi    tarzida    yozilmagani    uchun    ushbu    so‘zni    ona    zamin  

haqida  fikr  yuritilayotganini  inobatga  olib, xato  sifatida  ko‘rsatadi. Bu  holda  

dasturning  ma’lumotlar  bazasiga  quyidagi  qoidalarni  kiritish  talab  etiladi: 

1.  Turdosh  otlar  atoqli  otlar  vazifasida  ham  keladi  yoki  aksincha: turdosh  

ot       atoqli  ot. Ushbu  qoidani  muqim  bo‘lishi  uchun  morfologik  tahrir  

modullarida  o‘zbek  adabiy  tilidagi  turdosh  va  atoqli  otlar  guruhlari  

to‘liq  va  aniq  ko‘rsatilishi  lozim. 

2.  Atoqli    otlarda    shakl    yasovchi    qo‘shimchasi    -lar    qo‘shilganda    atoqli  

otlar  bosh  harf  bilan  emas, kichik  harf  bilan  yoziladi. Atoqli  ot+lar= 

turdosh  ot. 

3.  Har  bir  uslubning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  dastur  ta’minotiga  kiritiladi. 

Kiritilayotgan    ma’lumotlar    asosida    yozilayotgan    gap    qaysi    uslubga  

xosligi    avtomatik    tarzda    aniqlanadi,  natijada    gapda    qatnashayotgan  

so‘zlar  imlosi   tekshiriladi. Masalan, yuqorida  keltirilgan  (3)  misoldagi  



 

 

53 



1-gap  ilmiy  uslubga  xos  bo‘lib, unda  ishtirok  etayotgan  Yer  termini  

bosh  harf  bilan  yoziladi. 2-gap  badiiy  uslubga  oidligi  uchun  yer  so‘zi  

kichik  harfda  yoziladi.  

O‘zbek  tili  agglyutinativ  tabiatli  til. Shu  bois  so‘zshakllar  asos  so‘zga  

affikslarning    ketma-ket  (asos  +  so‘z    yasovchi    affiks  +  so‘z    shaklini    hosil  

qiluvchi  affiks + so‘z  o‘zgartiruvchi  affiks)  birikishi  natijasida  yuzaga  keladi. 

Masalan, bil + im + don + lar + ga, stol + lar +dagi, xola + lar + im + niki + da  

kabi. Bir  so‘zga affikslar  va  ularning  kombinatsiyalari  birikib  kelishi  natijasida  

minglab    so‘zshakllar    paydo    bo‘ladi.  Bunday    ulkan    hajmli    so‘zshakllarni  

morfologik    lug‘atda    saqlash    qiyin.  Ushbu    muammoni    bartaraf    etish    uchun  

tahrir  dasturining  morfologik  lug‘atiga  asos  so‘zlar  va  fonetik  o‘zgarishga  

uchragan    so‘zlar    grammatik    va    semantik    ma’lumotlari    bilan    biriktiriladi,  

affikslar    esa    parametrlari    bilan    biriktiriladi,  ya’ni    so‘zga    qo‘shilib    qanday  

ma’no  ifodalashi,  qanday  turkumdagi  so‘zlarga  birikishi,  qanday  tur  affikslari  

bilan  birga  kelishi  ifodalanadi. Ushbu  vazifa  bajarilmasa, uy + dagi + lar + im 

+ dagi + lar + ningso‘zshakllarini  mashina  to‘g‘ri  yozilgan  deb  hisoblaydi.  

Yana    bir    muhim    muammo    tire    va    chiziqchani    farqlashda    ko‘zga  

tashlanadi. Ma’lumki,  tire (–)  tinish  belgisi,  chiziqcha  esa (-) diakritik  belgi  

hisoblanadi.  Ikkisi    hamo‘z    vazifalariga    ega.  Ammo    ba’zi    matnlarda    ikki  

belgining    o‘rni    almashtirib    qo‘llanganiga    guvoh    bo‘lamiz.  Bu    kamchilikni  

bartaraf    etish    uchun    lingvistik    ma’lumotlar    bazasiga    chiziqcha    va    tirening  

bajaradigan    vazifalari    algoritmi    kiritiladi,    shuningdek,    chiziqcha    bilan  

birikadigan  qo‘shimchalar, juft  va  takror  so‘zlar  tayyor  so‘zshakllar  sifatida  

o‘rnatiladi.  

Matnda    keltiriladigan    raqamlar    borasida    ham    muammolar    mavjud. 

O‘zbekiston    Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    1995-yil  24-avgustdagi  

“O‘zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalarini  tasdiqlash haqidagi” qarori  bilan qabul  

qilingan    “O‘zbek    tilining    asosiy    imlo    qoidalari”ning    56-bandida    shunday  

yozilgan:  tartib    son  arab    raqamlari    bilan    yozilsa,  -nchi    qo‘shimchasi    o‘rniga  

chiziqcha  (-)  qo‘yiladi:  7-sinf,  5-“A”  sinf,  3-,  7-,  8-sinf    o‘quvchilari,    80-yillar, 



 

 

54 



1991-yilning    1-sentabri    kabi 

24

.  Tartib    sonni    ko‘rsatuvchi    rim    raqamlarida  



keyin    chiziqcha    yozilmaydi:  XX    asr,  X    sinf    kabi.  Demak,    yangi      o‘zbek  

alifbosi    asosida    yozilgan    matnlarda  yil    va    oy    raqamlaridan    so‘ng    -(i)nchi 

ma’nosini  ifodalash  maqsadida  chiziqcha (-)  qo‘yiladi. Masalan: 2012-yil  18-

aprel.  Ammo    bu    qoida    hamma    vaqt    ham    to‘g‘ri    kelavermaydi.  Masalan, 

Navoiy    kon-metallurgiya    kombinatining    55    yilligi.  O‘zbekiston    Respublikasi  

mustaqillikka  erishganiga    25  yil    to‘ldi.  Xayrullaning    sportda    erishgan    bu  

yutug‘iga    3    oy    bo‘ldi.  Misollardan    ko‘rinib    turibdiki,    dasturning    lingvistik  

ma’lumotlar  bazasi yaratilayotganda  yuqoridagi  kabi  istisnoli  holatlar  hisobga  

olinishi    zarur.  Buning    uchun    mavjud    qoidaga    biroz    o‘zgartirish    kiritish  

maqsadga    muvofiq:    yil    so‘zidan    so‘ng    bo‘ldi,  to‘ldi    so‘zlari    kelganda    yil  

so‘zidan  oldin  kelgan  raqamdan  so‘ng  chiziqcha (-)  qo‘yilmaydi.  

Har    qanday    dastur    algoritm    asosida    ishlaydi,  algoritmlar    esa  

ma’lumotlar  bazasiga  tayanadi. Matnlarni  qayta  ishlovchi  lingvistik  dasturlar  

ham  milliy  tilning   lingvistik  qoidalariga  suyanib  tuzilgan  algoritmlar  asosida 

o‘z    vazifasini   bajaradi. Shuning   uchun   dastur   tuzuvchilar   tomonidan   uning  

lingvistik  ta’minoti  mukammal  qilinishi, har  bir  lingvistik  tahrir  bosqichining  

modullari    ham  lingvistik,  ham    pragmatik    jihatdan    aniq    qoidalar    bilan  

boyitilishi  maqsadga  muvofiq.  




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling