Shakllanishi


Мухамедов С.А., Пиотровский Р.Г


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#212299
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Abdurahmonova Sayyora

Мухамедов С.А., Пиотровский Р.Г. Инженерная лингвистика и опыт системно-статистического 

исследования узбекских текстов. – Ташкент: Фан. 1986. – С. 72-122.  

2

Muxamedova S. Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish (metodik 

qo‘llanma). – Toshkent: ToshDPU nashri, 2006. – B. 16-18. 



 

 

43 



(tarjima,  tahrir  kabilar)  uchun  lingvistik  ta’min  yaratishga  xizmat  qiladi.  Demak, 

fe’l  semantikasi  va  valentligini  o‘rganish  asosida  kompyuter  dasturlari  uchun 

lingvistik  ta’min  yaratish  mumkin.  Shunisi  muhimki,  o‘zbek  tilidagi  harakat 

fe’llarini  tahlil  qilish  orqali  yaratilgan  bu  lingvistik  ta’min  asosida  kompyuter 

dasturi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  sanoqli  daqiqalarda  quyidagi  ishlarni  amalga 

oshirish  imkoniyatiga  ega:  1)  o‘zbek  tilidagi  fe’llarning  imlosini  tekshiradi;  2) 

harakat  fe’llarining  barcha  tuslanishli  shakllarini  o‘zbek  tilidan  ingliz  tilidaga 

tarjima qiladi; 3) harakat fe’llarini grammatik va semantik jihatdan tahlil qiladi; 4) 

harakat fe’llarining valentligini va sintaktik qurshovini ko‘rsatib beradi.  

Avtomatik  tahrir  tizimini  yaratishda  qilinadigan  ishlar  umumiy  tarzda  

quyidagicha  bo‘lishi  mumkin: 

1.  Tilshunoslikning    barcha    qonun    qoidalarini    o‘zida    jamlagan  

lingvistik  modul  yaratish. 

2.  Modul  yordamida  dastur  algoritmini  tuzish. 

3.  Algoritmdan  foydalangan  holda  dasturni  yaratish.  

Ana    shu    ishlar    amalga    oshirilsa,  inson    ovozli    yoki    yozma    buyruq  

yordamida  matnni  juda  oz  vaqt  ichida  tahrir  qila  oladi.  

Ma’lumki, matnlar  har  xil  bo‘ladi: badiiy  matn, publisistik  matn, ilmiy  

matn    va    h.k.  Bu    matnlar    uslub    jihatidan    bir-biridan    farq    qiladi.  Avtomatik  

tahrir    loyihasini    amalga    oshirganda,  albatta,    tahrir    qilinmoqchi    bo‘lgan  

matnning  uslubiy  xususiyatlari  inobatga  olinadi  yoki  biror  bir  uslubga  xos  

avtomatik  tahrir  dasturi  yaratiladi.  

Avtomatik  tahrirni  qo‘llash  doirasi  birmuncha  chegaralangan, ya’ni  har  

qanday  matn  uchun  ham  avtomatik  tahrirni  qo‘llab  bo‘lmaydi. Chunki  har  bir  

ijodkor    dunyoqarashi    va    uslubiy    xususiyatlaridan    kelib    chiqib    o‘zining  

matnini  yaratadi.  Avtomatik  tahrir  dasturini  rasmiy  idoralarda, ilmiy-texnikaviy  

muassasalarda, asosan, rasmiy, ilmiy  va  ilmiy-texnikaviy  matnlarni  tahrir  qilish  

uchun  qo‘llash  mumkin.  

Bugungi    kunda    matnni    texnik    tahrir    qilish    borasida    yaratilayotgan  

ishlar  asosan  quyidagi  ikki  yo‘nalishda  olib  borilmoqda: 




 

 

44 



1.  Kompyuterli  grammatika: 

a)   kompyuterli  morfologiya; 

b)  kompyuterli  sintaksis. 

2.  Kompyuterli    semantika.    Ushbu    maqsadga    erishish    uchun  

quyidagi  ishlar  amalga  oshirilishi  kerak: 

  Tilning  lug‘at  tarkibini  kompyuterga  kiritish, ya’ni  elektron  

lug‘atni  joriy  etish. 

  Lug‘atdagi  adabiy  tilga  oid  so‘zlarni  ajratib  olish. 

O‘zbek    tilining    elektron    izohli    lug‘atini    kompyuterga    kiritish    uchun, 

avvalo,  5  jildli  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati”ni  “ O‘zbek  adabiy  tilining  

elektron  izohli  lug‘ati” ga  aylantirish  lozim. Bunda  5  jildli  izohli  lug‘atdagi  

so‘zlarning   ilmiy,  rasmiy-idoraviy    va   publisistik   uslubga   xoslari   olinadi   va  

ayni    kundagi    misollar    bilan    boyitilib,  mukammal    elektron    izohli    lug‘at  

ko‘rinishiga  keltiriladi. Demak,  ishning  avvalida: 

 

lug‘atda    berilgan    so‘zlarning    faqatgina    hozirgi    o‘zbek    adabiy  



tilida  iste’molda  bo‘lgan  qismlari  tanlab  olinadi; 

  ularning  har  biri  qaysi  turkumga  tegishli  ekanligi  yoziladi



 

so‘zlarga    keltirilgan    misollar    badiiy    adabiyotlardan    emas,  balki  



kundalik    hayotda    ishlatilayotgan    publisistik    matnlardan  saralab  

olinadi; 

 

har  bir  so‘zning  sinonimi, antonimi, omonimi  va  mavjud  bo‘lsa, 



frazeologik  birikmasi   keltiriladi; 

 



so‘zning    qaysi    uslub    doirasida    keng    iste’mol    qilinishi    yozib  

qo‘yiladi; 

 

olingan  so‘zlar  turkumlarga  ajratiladi



 

so‘zlarni    turkum    doirasida    guruhlash  (masalan,  ot    turkumidagi  



so‘zlarni    shaxs    otlari,  o‘simlik    nomlari,  joy    nomlari    kabi  

guruhlarga  ajratish); 

 

guruhlangan    so‘zlarga    qo‘shimchalar    kombinatsiyasini    tuzish. 




 

 

45 



Bunda    qo‘shimchalar    kombinatsiyasining    amalda    adabiy    til  

doirasida  foydalaniladigan  hajmi  olinadi. Kombinatsiyalar  qatorini  

tuzishda  qo‘shimchalar  ketma-ketligi  inobatga  olinadi. Masalan, ot  

turkumida  ko‘plik+egalik+kelishik  kategoriyasi va h.k.  

 

tuzilgan  qo‘shimchalar  kombinatsiyasi  so‘zlarga  biriktiriladi



  tilshunoslar    tomonidan    amalga    oshirilgan    yuqoridagi    ishlar  

dasturchi  tomonidan  ta’minotga   kiritiladi.  

Sintaktik  tahrirda  asosiy  maqsad  (birinchi  qadamda) so‘zlarning  o‘zaro  

bog‘lanish    me’yorlarini    e’tiborga  olish.  Bir    so‘zshakl    bir    qancha    so‘zning  

grammatik    formasiga    to‘g‘ri    kelishi    mumkin.  Bunday    holatda    so‘zlarni  

farqlash    uchun    matn    kirituvchiga    shunday    so‘zlar    varianti    ko‘rsatiladi    va  

matn    teruvchi    so‘zlardan    muvofig‘ini    tanlab    qo‘yadi.  Ushbu    jarayon  

morfologik    tahrirda    ham    kuzatiladi.  Ya’ni    so‘zning    xato    yozilgani  

aniqlangach, matn  teruvchiga  tanlab  qo‘yish  imkonini  beruvchi  so‘zlar  varianti  

beriladi.  Sintaktik    tahrirda    asosiy    maqsad    so‘zlarning    o‘zaro    bog‘lanish  

me’yorlarini  e’tiborga  olish. Matnlarni  grammatik  tahlil  qilishda  kompyuterga 

kiritilayotgan    matndagi    gap    strukturasini    grammatik    jihatdan    to‘g‘ri  

tuzilganligini  tekshiradi. Buning  uchun  dasturga  gaplarning  kombinatsiyalarini  

kiritish    talab    etiladi.  Shunda    dastur    gapni    kiritilgan    ko‘plab    me’yoriy  

kombinatsiyalar    doirasida    tekshiradi.  Agar    gap    tuzilishi    kombinatsiyalarga  

muvofiq    kelmasa,  dastur    uni    xato    deb    hisoblaydi    va    foydalanuvchiga    bu  

haqda  xabar  beradi.  

Kelajakda  o‘zbek  kompyuter  lingvistikasi  fani  oldida  barcha  so‘z 

turkumlariga  oid  ana  shunday  kompyuter  dasturlari  ishlab  chiqishdek  murakkab 

vazifa turibdi. 

O‘zbek    kompyuter    lingvistikasida    hali    gapdagi    turkumlarni    ajratish  

bo‘yicha    korpus    yaratilmagan.  Bunda    tilning    lug‘at    boyligidagi    so‘zlar  

turkumlarga  ajratilib chiqilishi  kerak. Bu  jarayon  keyin  amalga  oshiriladigan  

sintaktik   tahlil   bosqichi   uchun   asos   bo‘ladi.  O‘zbek    tilidagi    asosiy    masala  

so‘zlarga  qo‘shiluvchi  so‘z  shakllarining  ko‘pligidir.  




 

 

46 



So‘z    turkumlarining    lingvistik    modulini    yaratishda    yaratishda    amaliy  

natijaga    erishish    uchun    avvalo    ularga    shakl    yasovchi    qo‘shimchalar    va  

ularning  kombinatsiyasi  so‘zlarga  biriktirilib, lingvistik  bazaga  kiritish  optimal  

yo‘l    deb    qaraladi

20

.Flektiv    tilda    ham,  agglyutinativ    tilda    ham    grammatik  



ma’no    asosan  affiks    yordamida    ifodalandi,  shunga    ko‘ra    ingliz    va    o‘zbek  

tillarida    so‘zlar,    avvalo,  grammatik    ko‘rsatkichlar    asosida    turkumlanadi.  Bu  

jihatdan  ingliz  tilida  so‘z  turkumlari  o‘zbek  tiliga  nisbatan  yaqqol  farqlanib  

turadi.  Masalan,  ingliz    tilida    sifat  –  o‘zgaruvchi    turkum,  uning    o‘ziga    xos  

tugallanmalar    tuzumi    bor;  ravish    esa    o‘zgarmaydigan    turkum,  lekin    ingliz  

tilida    ravishning    ham    o‘ziga    xos    grammatik    ko‘rsatkichi    bor  (barcha  

ravishlarda  emas), natijada  bu  ikki  turkum  so‘zlari  ingliz  tilida  o‘z-o‘zidan  

farqlanib turadi.  

O‘zbek  tilida  esa  manzara  boshqacha: sifatda  ham,  ravishda  ham  shakl  

o‘zgarishi    yo‘q,  shu    sababli    sifat    bilan    ravishni    farqlashda    boshqa    belgi-

xususiyatlarga    suyanib    ish    tutish    lozim    bo‘ladi.  Ba’zi    manbalarda    sifat    va  

ravishni  sintaktik  mezon (sintaktik  vazifa) asosida  ajratish  taklif  qilinadi. Bu  

yo‘l    ijobiy    natijaga    olib    kelmaydi,    chunki    ayni    bir    so‘z  (masalan,  yaxshi  

so‘zi) sifatlovchi  aniqlovchi  bo‘lib  kelsa, sifat  deb, hol  bo‘lib  kelsa, ravish  deb  

atalishi, demak, ikki  turkumga  mansub  so‘zlar  deb (ikkita  so‘z  deb) qaralishi  

lozim  bo‘lib  qoladi. Turkum  bilan  bo‘lak  munosabatini  to‘g‘ri  belgilashimiz  

lozim.  

Ko‘rinadiki,  sintaktik    vazifa    shu    turkum    so‘zi    uchun    birlamchi  (shu  

turkum   tabiatidan  kelib  chiqadigan) sintaktik  vazifa  bo‘lishi  yoki  ikkilamchi  

(boshqa  turkum  tabiatiga  mos) sintaktik  vazifa  bo‘lishi  mumkin. Masalan, tez  




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling