Dasturiy ta’minotni amaliyotga tadbiq etish jarayonidagi teslash(release testing)
Ushbu testlash jarayoni dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilar jamoasidan tashqarida, uni amaliyotga tadbiq etish davridagi testlash jarayoni bo’lib hisoblanadi. Testlashning bu bosqichidan ko’zlangan asosiy maqsad dasturiy ta’minotni amaliyotga qo’llash uchun yetarli darajada tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Bu jarayon nafaqat foydalanuvchi talablari. Balki dasturiy ta’minot qo’llanilayotgan butun bir tizimning talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Bu jarayon ham o’z navbatida bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi va ular quyidagilar:
Requirements-based testing(talablarga asoslangan testlash) – bunday testlash talablarning qay darajada bajarila olinayotganini tetslashga asoslangan. Shuning uchun dasturiy ta’minot uchun talablar ishlab chiqilayotganda ularni keyinchalik testlash uchun qulay bo’lishini ham inobatga olish kerak.
Senario – testing (ssenariyni testlash) – bunda dasturiy ta’minot qay tarzda ishlashini belgilab beruvchi hujjat – ssenariy talablari bajarilayotgani testlanadi.
Performance testing(ijroni yoki dasturiy ta’minotning ishlash jarayonini testlash) – bu dasturiy ta’minotni amaliyotga tadbiq qilish jarayonidagi testlashning so’nggi bosqichi bo’lib bunda asosiy e’tibor dasturning barcha mayda detallarini ham inobatga olgan holda testlash lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |