Ob-havo stansiyasi uchun use case lar
Ob-havo stansiyasining yuqori darajali arxitekturasi
Ob-havo stansiyasining obyektlari
Ob-havo stansiyasining holat diagrammasi
Foydalanilgan adabiyotlar
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015
Bass, L., Clements, P. and Kazman, R. (2003). Software Architecture in Practice, 2nd ed. Boston: Addison-Wesley.
http://www.SoftwareEngineering-9.com
http://www.pearsonhighered.com/sommerville
- amaliy mashg’ulot. Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish
Ishdan maqsad: Dasturiy ta’minotni testlash va testlash bosqichlarini o’rganish.
Testlash, dasturiy ta’minotni foydalanishga qo’yishdan oldin dastur nuqsonlarini topish va ularni to’g’irlashga mo’ljallangan dasturlarni ko’rsatishga mo’ljallangan. Siz dasturiy ta’minotni testlagan chog’ingizda, sun’iy ma’lumotlardan foydalanib dasturni ishga tushirasiz. Siz dasturni testlash natijalarini xatolarga, anomaliya(normal holatdan chetlashish)ga yoki dasturning nofunksional sifatlari haqida ma’lumotga tekshirasiz.
Testlash jarayonida ikkita alohida maqsadlar mavjud:
Ishlab chiqaruvchi va buyurtmachiga ularning dasturiy ta’minoti talablari bajarilayotganini namoyish etish. Buyurtma qilingan dasturiy ta’minot uchun hujjatdagi talablarning har biri uchun kamida bitta testlash bo’lishi lozim. Umumiy dasturiy ta’minot mahsulotlari uchun esa, tizimning barcha funksiyalari uchun, shuningdek, tayyor mahsulotda ishlatiladigan funksiyalar aralashmasi uchun testlashlar bo’lishi kerak.
Dasturiy ta’minot noto’g’ri, ishonarsiz yoki spetsifikatsiyalarga mos kelmagan hollarni aniqlash. Ular dasturiy ta’minotning nuqsonlari hisoblanadi. Nuqsonlarni testlash keraksiz tizimlarning nuqsonlariga barham berish bilan bog’liq, masalan, tizimning to’xtab qolishi, boshqa tizimlar bilan keraksiz bo’g’lanishi, ma’lumotlarning noto’g’ri hisoblanishi va buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |