Foydalanuvchi tomonidan testlash(user testing)
Bunda foydalanuvchi yoki iste’molchi dasturiy mahsulotdan foydalanish davomida yuzaga kelgan muammolar bo’yicha o’z fikr va maslahatlari bergan holda testlash jarayonini amalga oshiradi. Deyarli barcha tizimlar uchun dasturchi va ishga tushirish davomida olib borilgan testlashning o’zi yetarli bo’lib qolmaydi. Chunki murakkab tizimlarda shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, faqatgina foydalanuvchi yoki mijoz dasturiy mahsulotdan foydalanayotgan vaqtda muammolar yuzaga keladi. Shu jihati bilan ham testlashning ushbu bosqichi muhim hisoblanadi. Buning ham bir necha usullari mavjud:
Alfa testlash – bunda foydalanuvchi dasuturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi jamoa bilan birga faoliyat olib borgan holda testlashni amalga oshiradi.
Beta testlash – dasturiy ta’minotning ma’lum bir funksiyalari foydalanuvchilar testlashlari uchun ochiq bo’ladi va ular testlash jarayonini o’z kasbiy vazifalarini bajara turib amalga oshiradilar.
Tasqidlovchi testlash – bunda foydalanuvchi dasturiy ta’minotni izchil o’rganib uni o’zining ish jarayoni uchun tadbiq qilish mumkin yoki mumkin emasligi haqida yakuniy qarorni qabul qiladi.
Andrea, J. (2007). ‘Envisioning the Next Generationof Functional Testing Tools’. IEEE Software, 24(3), 58–65.
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015
http://www.SoftwareEngineering-9.com
http://www.pearsonhighered.com/sommerville
Do'stlaringiz bilan baham: |