Odatda tijorat dasturiy ta’minot tizimi quyidagi uchta testlash bosqichidan o’tishi kerak:
Development testing, tizim ishlab chiqarilayotgan paytda testlanadi. Tizim dizaynerlari va dasturchilari tomonidan testlanadi.
Release testing, tizim foydalanuvchilarga taqdim etilishidan oldin to’liq tizim testlovchi guruh tomonidan testlanadi.
User testing, foydalanuvchilar o’zining muhitida tizimni testlaydi.
Amaliyotda testlash ikki usul - avtomatik va qo’lda tekshirishning birgalikda qo’llanishi orqali amalga oshiriladi. Qo’lda tekshirish jarayonida testlovchilar dasturni bir necha testlovchi ma’lumotlarni kiritgan holda ishga tushirib hosil bo’lgan natijalarni kutilgan natijalar bilan solishtiradi. Ular testlash jarayoni mobaynida vujudga kelgan farqlar va xatolarni yozib olib dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchiga yetkazadilar. Avtomatik testlash jarayoni esa dasturiy ta’minotni ishlab chiqish davomida bir necha marta ma’lum bir testlovchi tizim tomonidan amalga oshirilib boriladi. Teslashning avtomatik uslubi qo’lda olib boriladigan testlashdan tezroq va unumliroqdir, ayniqsa, testlash natijasida vujudga kelgan xatoliklarni tuzatishdan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan yangi nosozliklarni tekshirish kerak bo’lganda, ya’ni qayta teslash jarayonida avtomatik testlash usuli foydaliroq hisoblanadi.
Endi tijorat dasturiy ta’minotlarining testlash bosqichlariga batafsil to’xtalib o’tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |