Shamollar. O‘lkadagi mavjud shamollarning xususiyatlari


Download 21.3 Kb.
bet4/5
Sana20.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1103438
1   2   3   4   5
Bog'liq
Шамоллар uz-assistant.uz


(Amudaryo vodiysi) orqali aylanib o‘tib Afg‘oniston teqisliklarida to‘planadi. Natijada yuqori bosim markazi vujudga keladi. Aksincha shimol, shimoli-g‘arb va shimoli-sharq tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan Sherobod-Surxon, Kofirnihon va Vaxsh vodiylarida nisbatan bosim past bo‘ladi. Natijada Afg‘oniston tomondan chang-to‘zonli shamollar esib turadi. Shunga ko‘ra bu mahalliy shamol turini Afg‘on shamoli deb atashadi.
Mahalliy shamollarning yana bir turi bu Xo‘jand yoki Farg‘ona darvozasidan har ikki tomonga esib turuvchi bekobod va qo‘qon shamollaridir.
Bekobod yoki xovos shamoli yilning sovuq davrida g‘arbda Mirzacho‘l tomonda bosim past, aksincha, Farg‘ona vodiysining sharqida bosim yuqori bo‘lganda kuchli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida to‘plangan sovuq havo g‘arbga kaRab esadi, natijada Xo‘jand darvozasiga yaqinlashgach zichlashib, tezligi ortadi. Chunki darvozada vodiy torayadi, okibatda shamolning tezligi yanada ortib, sekundiga qishda 30—40 m ga, baʼzan 45 m gacha tezlikda Mirzacho‘l tomon esadi. Yozda bu shamolning tezligi sekundiga 15—20 m dan oshmaydi. Bekobod yoki xovos shamoli yiliga o‘rta hisobda 52 kun esadi. Bekobod shamoli esganda u 2—3 kun, baʼzan esa 4—5 kun davom etadi. qo‘qon shamoli asosan bahor va kuzda sodir bo‘ladi hamda yiliga o‘rtacha 40—50 kun esib turadi. Uning tezligi sekundiga15—25 m ga yetadi. qo‘qon shamoli Arktikadan kelgan sovuq havo massasining kirib kelishi bilan boglik- Bu sovuq havo massasi Mirzachul tomondan vodiyga karab esishi okibatida tezligi ortib qo‘qon shamolini vujudga keltiradi. qo‘qon shamolining vujudga kelishining yana bir sababi shuki, yilning issiq; davrida Farg‘ona vodiysi atrofi nisbatan qizib ketadi, okibatda qizigan yengil havo yuqoriga ko‘tariladi. Natijada uni urnini tuldirish uchun g‘arbdan, Mirzacho‘l tomondan, nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi.
Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling