Shamollar. O‘lkadagi mavjud shamollarning xususiyatlari


Download 21.3 Kb.
bet5/5
Sana20.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1103438
1   2   3   4   5
Bog'liq
Шамоллар uz-assistant.uz


Bekobod va qo‘qon shamollari esganda xo‘jalik katta zarar ko‘radi. Ekinlar nobud bo‘ladi, daraxt va simyogochlar ag‘dariladi, imorat ustidagi shifer va tunukalar kuchadi, deraza oynalari sinadi, chang-to‘zon ko‘tariladi.
Issiqko’l botig‘i uchun o‘lan va santash deb ataluvchi mahalliy shamollar xosdir. Issiqko’l botig‘iga g‘arbdan Buum darasidan esuvchi havo massasini o‘lan shamoli deb atashadi. Uning tezligi Ribache atrofida sekundiga 40 m ga yetadi. Aksincha, Issiqko’l botig‘iga sharadan esuvchi shamolni santash deb yuritiladi va uning o‘rtacha tezligi sekundiga 17—20 m ga yetadi. Baʼzan o‘lan
va santash bir davrda esib Issiqko‘l botig‘ini qoplab olib, xo‘jalikka zarar yetkazadi. Jung‘oriya darvozasidan har ikki tomonga esuvchi shamolni
mahalliy xalklar saykan va ebi deb atashadi. Bu shamollar
Jung‘oriya darvozasining har ikki tomonida bosim farqi katta
bo‘lganda sodir bo‘ladi va o‘rtacha tezligi sekundiga 10— 15 m ga
yetadi.
Ebi shamolining vujudga kelish sababi kuyidagicha. Sovuq
havo massasi Ebi-Hyp botig‘ida to‘planib tog‘ Jung‘oriya darvozasi orqali Olako‘l-Sassiqko‘l tomon esadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu sovuq havo tog‘ darvozadan o‘tayotganda siqilib ishqalanish natijasida harorati ko‘tarilib ketadi. Ebi shamoli ayniqsa qishda kuchayib, baʼzan sekundiga 40 m tezlikda esadi.
Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling