Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar Reja Kirish


Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda O'zbekiston tajribasi


Download 36.46 Kb.
bet6/7
Sana24.10.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1718553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar

3.Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda O'zbekiston tajribasi
Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi.
Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir.
ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar.
Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.
O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan darajada o'ziga xos tajriba shakllangan.
Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi.

  2. Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

  3. Har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazish yo'lga qo'yilgan.

  4. Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga etkazilmoqda.

  5. Xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk va Qozon shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir o'lkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga Ukrainaning Kiev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida o'tkazilgan diniy-ma'rifiy uchrashuvlarda ma'rifiy islom ta'limoti hamda hozirda buzg'unchi oqimlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.

Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekaniga e'tibor qaratildi.
“ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga ega, ya'ni yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning “Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya”sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari barcha mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo'llab-quvvatlandi.

Xulosa
Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag'rikengligi va ma'rifatparvarligi tufayli mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta'minlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo'lmog'i lozim.
Sharon Hom: Xavotir bildirayotganimizga sababi shuki, o‘zini mintaqaviy tashkilot sifatida taqdim etayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti xalqaro andozalarga qanchalar mos kelishi samarali va konstruktiv tarzda baholanishi kerak. Shu bilan birga biz Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan yubiley sammiti manzarasida tashkilotning inson xuquqlariga bo‘lgan ta‘sirini savol ostiga olishimiz lozim. Ya‘ni, biz bundan oldin tashkilotning o‘z - o‘zini baholashida umuman so‘ralmagan savollarni qo‘yishimiz kerak. Afg‘oniston kabi kuzatuvchi maqomini olish ilinjida bo‘lgan mamalkakatlardan ham bunday savollarni so‘rash o‘ta muhimdir. Va biz umid qilamizki, mazkur tashkilotga a‘zo bo‘lmoqchi bo‘lgan mamlakatlar o‘z oldilaridagi a‘zolik mas‘uliyati xususida chuqur o‘ylab ko‘rishlari va inson huquqlari bilan bog‘liq sohada tashkilot o‘z zimmasiga majburiyatlar nimalardan iborat ekanligini yaxshi anglab olishlari kerak. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo bo‘lish bu xalqaro majburiyatlar, jumladan, inson huquqlari bo‘yicha mas‘uliyatlardan voz kechishni anglatmasligi lozim.
BBC: Shanxay Hamkorlik Tashkilotining joriy a‘zo mamlakatlardagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatdan qanchalar xavotirdasiz?
Sharon Hom: To‘g‘ri, inson huquqlarini himoya etuvchi tashkilot sifatida bu bizning eng asosiy xavotirimizdir. Shuni anglab olish kerakki, tashkilotga a‘zo har bir mamlakatda inson xuquqlarining buzilish hollari u yerdagi ahvolni kuzatayotgan BMT mustaqil qo‘mitalari ekspertlari tomonidan tasdiqlanmoqda. Misol uchun, ekspertlar Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qiynoq qo‘llash hamda irqiy kamsitishlar va etnik ozchiliklarga nisbatan muntazam tahqirlash hollari borasida o‘z xavotirlarini bildirishgan. Joriy yilning iyul oyida Qozog‘istondagi inson huquqlari ahvoli ilk bor inson huquqlari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
BBC: Siz chiqargan bayonotda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xitoyning uch yovuz kuch (ya‘ni, terrorizm, bo‘lginchilik va ekstremizm) doktrinasini qabul qilgani va bu o‘z navbatida a‘zo mamlakatlarning milliy qonunlarida ham bu aks ettirilgani yozilgan. Bu borada ko‘proq ma‘lumot berib, misolni keltira olasizmi?
Sharon Hom: Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan har bir mamlakat xavfsizlik masalalarida o‘z qonunlarini uyg‘unlashtirishi kerakligi ta‘kidlanadi. Bu - tashkilotning birinchi mas‘uliyati. Tashkilot nizomida bo‘lginchilik, terrorizm va ekstremizm bir xilda baholanadi. Ya‘ni, har bir a‘zo mamlakatda o‘ziga xos ichki munosabat bildiriladi va ularga yovuz kuch sifatida qaraladi. Lekin, bu BMTning terrorizmga qarshi global strategiyasiga ziddir. Xalqaro hamjamiyat mintaqaviy tashkilotlar ham ushbu strategiyani amalda tadbiq etishlari kerakligi borasida qaror qabul qilgan. Biroq, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining "uch yovuz kuchga" bo‘lgan munosabati BMT Xavfsizlik Kengashining 1566- rezolyutsiyasiga mos tushmaydi.
BBC: Bu doktrina O‘zbekiston misolida qonunlarga qanday ta‘sir qilgan?
Sharon Hom: Aksar hollarda bu chegarani kesib o‘tish masalalariga bog‘liq. Biz tashkilot normativlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik. Tashkilot nizomida a‘zo mamlakatlar o‘z ichki qonunlarini tashkilot strategiyasiga muvofiqlashtirishi talab qilinadi. O‘zbek qonunlari esa, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘g‘ri kelishi lozim va bu masala chuqurroq o‘rganilishi kerak. Lekin, biz o‘rgangan normativlar xalqaro andozalarga to‘gri kelmasligini bildik. Xususan, boshpana berish, boshpanani inkor etish, ekstraditsiya yoki majburan qaytarish, bularning bari xujjatlashtirilgan va bu shaffoflik, insonlarni himoyalash borasida jiddiy savollarni tug‘diradi. Yaqinda Qozog‘istonda boshpana so‘rab, BMTdan siyosiy qochqin maqomini olgan uyg‘ur Arshiddin Isroil Xitoy hukumati bosimi ostida Xitoyga majburan qaytarilgan.
BBC: O‘tgan xafta 29 nafar o‘zbekistonlik boshpana izlovchining Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani ham aynan shu tashkilot normataivlari doirasida sodir bo‘lganmi?
Sharon Hom: Bu Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo mamlakatlar, xususan, Qozog‘iston va Qirg‘iziston uyg‘ur boshpana izlovchilarga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat bermayetganlari juda achinarli hol. O‘tgan xafta butunboshli o‘zbekistonlik muhojirlar guruhini O‘zbekistonga majburan qaytarish qarori esa, ularga BMTning qochqinlar agentligi bergan qochqinlik maqomiga zid keladi. Va bu juda jiddiy misol.
BBC: Boshqa tomondan Xitoy mintaqa infratuzilma loyihalariga yirik sarmoya yotqizgani bilan katta ta‘sirga ega. Eron, Pokiston va hatto, Hindiston tashkilotga a‘zo bo‘lish istagida. Afg‘oniston esa, kuzatuvchi maqomini olish ilinjida. Agar buning ortidan iqtisodiy aloqalar gurkirab ketadigan bo‘lsa, bundan qanday salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin? Har holda bu tashkilotning ijobiy tomoni emasmi?
Sharon Hom: Nazarimda, iqtisodiy yordamga muhtoj mamlakatlar uchun sarmoya yotqizish ba‘zi iqtisodiy imtiyozlarni keltirishi mumkin va ular tabiiy zahiralarni qo‘lga kiritish uchun beriladi. Biroq, iqtisodiy yordamni aksilterror yoki qonunlarni kuchaytirish kabi sohalarga bosim sifatida ishlatmaslik o‘ta muhim. Bu xalqaro qonunlar va amallarga zid keladi.
BBC: Siz aksil-terrorizm haqida gapirdingiz. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti xalqaro sahnada terrorga urushda o‘zini neqadar obro‘li sherik deb biladi? Ya‘ni, masalan, NATO uni jiddiy qabul qiladimi?
Sharon Hom: Shunisi aniqki, yubiley sammitida Xitoy va uning tashkilotdagi sheriklari aksil-terrorizm harakatlarida muvaffaqiyatga erishganini da‘vo qiladi. Nazarimizda, tashkilot shaffof yo‘l tutmagani sabab- omma va matbuot ayni masalalarni ochiq va mukammal muhokama qilishi kerak. NATO va xalqaro hamjamiyat undan inson huquqlariga ta‘siri borasida savol so‘rash vaqti yetdi.



Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling