Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar Reja Kirish


Download 36.46 Kb.
bet4/7
Sana24.10.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1718553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar

14-modda
Tomonlar agar oldindan boshqa tartibda kelishmagan bo‘lishsa, unda mazkur Konvensiyani ular tomonidan bajarish bilan bog‘liq xarajatlar mustaqil qoplanadi.
15-modda
Mazkur Konvensiya doirasida Tomonlarning markaziy vakolatli organlari tomonidan hamkorlikni amalga oshirishda xitoy va rus tillari ishchi tillar hisoblanadi.
16-modda
Mazkur Konvensiya ushbu Konvensiyaning predmeti va uning maqsadlari va obyektiga zid bo‘lmgan masalalar bo‘yicha Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalar tuzishini cheklamaydi, shuningdek ular a’zo bo‘lgan boshqa xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga dahldor emas.
17-modda
Mazkur Konvensiyani izohlashda yoki qo‘llashda yuzaga keladigan bahsli masalalar manfaatdor Tomonlarning o‘rtasidagi konsultatsiyalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.
18-modda
1. Mazkur Konvensiya depozitariysi Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. Mazkur Konvensiyaning rasmiy nusxalari depozitariy tomonidan boshqa Tomonlarga u imzolanganidan so‘ng 15 kun ichida tarqatiladi.
2. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida yozma shakldagi xabarlardan oxirgisi depozitariy tomonidan olingandan so‘ng 30 kun ichida mazkur Konvensiya kuchga kiradi.
19-modda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirgandan keying barcha Tomonlarning roziligi bilan unga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi mumkin.
2. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralari Qo‘shilayotgan davlat tomonidan bajarilishi to‘g‘risida depozitariy tomonidan xabar olingandan so‘ng 30-kuni mazkur Konvensiya kuchga kiradi. Shu sanadan boshlab qo‘shilayotgan davlat mazkur Konvensiya Tomoni bo‘ladi.
20-modda
1. Mazkur Konvensiya matniga barcha Tomonlarning roziligi bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, ular mazkur Konvensiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan Bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
2. Istalgan Tomon mazkur Konvensiyadan chiqish uchun 12 oy oldin depozitariyga chiqish to‘g‘risida yozma xabar jo‘natadi. Depozitariy chiqish to‘g‘risida xabar olingan vaqtdan 30 kun ichida mazkur qaror to‘g‘risida boshqa Tomonlarni xabardor qiladi.

Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling