Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar Reja Kirish


Download 36.46 Kb.
bet3/7
Sana24.10.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1718553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar

10-modda
Mazkur Konvensiya 1-moddasining 1-bandida ko‘rsatilgan qilmishlar bilan samarali kurashish uchun, Tomonlar alohida kelishuv tuzishadi va Toshkent shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) joylashtiriladigan Tomonlarning mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yaratish va ishlashini ta’minlash maqsadida boshqa zarur hujjatlar qabul qilishadi. (2003-yil 5-sentabrdagi Bayonnoma tahriridagi modda)
11-modda
1. Mazkur Konvensiyani tatbiq etish maqsadida Tomonlarning markaziy vakolatli organlari shoshilinch aloqa liniyalarini yaratishlari va navbatdagi yoki navbatdan tashqari uchrashuvlarni o‘tkazishlari mumkin.
2. Mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar zarurat tug‘ilganda bir biriga texnik va moddiy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
3. Bir Tomondan mazkur Konvensiya asosida boshqa Tomon olgan materiallar, maxsus vositalar, jihozlar va texnika, ularni taqdim qilgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz berish mumkin emas.
4. Mazkur Konvensiya doirasida yordam ko‘rsatish uchun Tomonlarning markaziy vakolatli organlari tomonidan foydalanilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish metodlari, maxsus kuch va vositalarning tasniflari, ta’minot materiallari to‘g‘risida ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas.
12-modda
Tomonlarning markaziy vakolatli organlari mazkur Konvensini bajarishni tartibini batafsilroq belgilab beradigan o‘zaro kelishuvlar tuzishlari mumkin.
13-modda
1. Agar olingan ma’lumot va hujjatlar yopiq xaraktyerga ega bo‘lsa yoki jo‘natadigan tomon ularni oshkor qilish nomaqbul deb hisoblasa, har bir Tomon ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Ma’lumot va hujjatlarning yopiqlik darajasini jo‘natuvchi Tomon belgilaydi.
2. Mazkur Konvensiya asosida olingan ma’lumot yoki talabnomani bajarish natijalari so‘rab olingan yoki taqdim qilinganidan boshqa maqsadlarda ularni taqdim qilgan Tomonning yozma roziligisiz foydalanish mumkin emas.
3. Bir tomondan mazkur Konvensiya asosida boshqa Tomon olgan ma’lumot va hujjatlar ularni taqdim qilgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz berish mumkin emas.

Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling