Sharafiddinov ozod hayoti ozod sharofiddinov haqiqatga sadoqat


Download 33.82 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi33.82 Kb.
#1531984
1   2   3
Bog'liq
OZOD SHAROFIDDINOV HAQIQATGA SADOQAT

Tarjima asarlari


Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. Lev Tolstoyning „Iqrornoma“, P.Koeloning „Kimyogar“, A.Sevelaning „Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman“ asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.
Ac: Mohiyat va muhabbat, T., 1994; Sardaftar sahifalari, T., 1999; Maʼnaviy kamolot yoʻllarida, T., 2001; Dovondagi oʻylar, T., 2004; Ijodni anglash baxti, T., 2004.
Sehrli musiqaday jaranglovchi bu ajib so‘zlarni ilk bor bolaligimda — urush boshlangan yili eshitgandim. Yosh tomoshabinlar teatrining Eski Jo‘vadagi almisoqdan qolgan torgina zali. Odam tirband. Sahnada past bo‘yli, kulcha yuzli, istarasi issiq artist ko‘zlari chaqnab, ovozini bir ko‘tarib, bir pasaytirib hayajon bilan she’r o‘qimoqda:
Vatan — ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar, aziz,
Hurmatingni saqlar har bir olg‘il-qiz,
Muqaddas, mo‘tabar, ulug‘ Vatanim,
O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan…
Ko‘p o‘tmay teatr zalida o‘tirganim ham, she’rni sahnada artist o‘qiyotgani ham unut bo‘ldi. She’r misralari va, ayniqsa, har band oxirida takrorlanayotgan «O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan» degan ibora go‘yo yuragimda tug‘ilib, ichimdan jo‘shib chiqayotganday. Uchta oddiy so‘zdan tarkib topgan bu otashin xitob she’r emas, butun umr bo‘yi amal qiladigan tantanavor qasamday jaranglardi. Keyin chindan-da shunday bo‘ldi — Uyg‘un qalamiga mansub bu misra butun umrim mobaynida menga hamroh bo‘lib kelmoqda. Qadamim yetib borgan turli makonlarda, turli sharoitlarda bu misra mendan so‘rab ham o‘tirmay, birdan qalbimda jaranglab ketadi. Shunda yurtimizning saxiy quyoshidan bahramand bo‘lgan yam-yashil dalalarday ko‘nglim yorishib ketadi. Tomirlarimda yangi kuch yugurayotganday o‘zimni bardam seza boshlayman.
Vatan. Vatan tuyg‘usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo ko‘rmagan, turmushning past-balandlaridan bexabar, o‘yinu sho‘xliklardan o‘zga dardi yo‘q bir o‘smirning yuragiga jo bo‘lib olib, butun umr uning xatti-harakatini, yurish-turishini boshqarib turadi. Bu tuyg‘u inson farzandida tug‘ma bo‘larmikin? Yoki go‘dak tamshana-tamshana onasini emganida, ona suti bilan birga bu tuyg‘u uning ham tomirlariga yugurarmikin? Umuman, «Vatan» deganning o‘zi nadir? Tug‘ilib o‘sgan uyingmi? Beshikda qulog‘ingga kirgan mungli va ayni chog‘da nurli allami? Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlariga guvoh bo‘lgan so‘lim xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib, «Vatan» degan narsaning so‘nmas timsolini yaratsa kerak. Va yana o‘ylaymanki, bolaning murg‘ak qalbidagi ilk bor paydo bo‘lgan Vatan timsoli har qancha yorqin bo‘lmasin, hali o‘zining shaklu shamoyilini to‘la topib ulgurmagan bo‘ladi. Vatan tuyg‘usi insonning o‘zi bilan birga o‘sib-ulg‘ayadigan tuyg‘u bo‘lar ekan. Tajribangiz ortgani sari, hayot doshqozonida qaynab pisha borganingiz sari Vatan degan narsani chuqurroq qadrlaydigan bo‘lib qolasiz, Vatan haqidagi tasavvuringiz to‘lishib, kengayib, boyib boradi. Vatan tuyg‘usi butun vujudingizni qamrab oladi, har bir hujayrangizga tomir yozadi. Siz endi anglay boshlaysizki, Vatan nafaqat jo‘shqin yoshlik damlari bilan bog‘liq so‘lim maskandir. Inson ham niholday gap — uni undirib o‘stiradigan ona zamin bor, quyosh, suv, havo uni o‘z ne’matlaridan bahramand qiladi. Shuning uchun bularning bari inson uchun aziz va ardoqli. Lekin bular hali tugal Vatan emas. Odamzod shunday yaratilganki, u boshqalardan ajralgan holda, yakka-yolg‘iz, so‘ppayib umrguzaronlik qilolmaydi. To‘g‘ri, odamlar orasida tarkidunyo qiladiganlari, tanholikni yoqtiradiganlari, hech kimni jini suymaydiganlari ham bor. Ammo ular har qancha tanho bo‘lmasin, elu yurtdan yuz o‘girib, har qancha g‘orlar ichida makon qilmasin, baribir, minglab rishtalar orqali odamlar bilan, dunyo bilan bog‘liq bo‘ladi. Hatto umrining yarmini xumni vatan qilib o‘tkazgan qadimgi yunon faylasufi Diogen ham, baribir, shogirdlari bilan, boshqa faylasuflar bilan aloqada yashagan. Ota-onalar, farzandlar, qarindosh-urug‘lar, yoru birodarlar, do‘stlaru dugonalar har qanday inson hayotiga turfa xil ma’no ato qiladi. Odam ularni yaxshi ko‘rish, ular bilan inoq yashashi mumkin, ularni yoqtirmasligi ham mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham ularning hammasidan yuz o‘girib, hammasidan butunlay kechib ketib bo‘lmaydi. Xullas, qarindosh-urug‘, do‘stu birodarlar, mahalla, jamoa, qolaversa, butun jamiyat odamning o‘sib-ulg‘ayishida, umrguzaronligida istasa-istamasa unga tayanch bo‘ladi, uning parvoziga qanot beradi. Shuning uchun «Vatan» tushunchasi muayyan jo‘g‘rofiy hududnigina qamrab olmaydi, balki uning tarkibiga butun jamiyat, uning kechagi kuni, buguni va ertasi ham kiradi. Shuning uchun men «o‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan» deya bot-bot takrorlaganimda bilamanki, men vatanimga kerakman. Kimligimdan, yoshu qariligimdan, kasbu korimdan qat’i nazar. Bilamanki, mensiz Vatanimning nimasidir kemtik, noto‘kis bo‘lib qoladi. Ayni choqda shuni ham bilamanki, Vatanim menga ko‘proq kerak. Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin men vatansiz yashayolmayman! Rost-da! Men yetmishga kirib, umrimda nimaiki ro‘shnolik ko‘rgan bo‘lsam, shu Vatanning bag‘rida uning saxovati tufayli, «bir mehribon qo‘l» bilan peshonamni silagani tufayli ko‘rdim. Albatta, turmush bo‘lgandan keyin uning o‘ziga yarasha tashvishlari, qiyinchiliklari bo‘ladi, oyog‘ingiz ostidan katta-kichik muammolar chiqib turadi. Lekin, sirasini aytganda, cholu kampir ikkimiz «murodu maqsadga yetish» arafasida bola-chaqalarimiz bilan birga ustimiz but, qornimiz to‘q, yeganimiz oldimizda, yemaganimiz ketimizda, tinch, xotirjam hayot kechirmoqdamiz. Birovdan kam emasmiz, hech kimdan tili qisiq joyimiz yo‘q. Men bunga ba’zan o‘zimda yo‘q xursand bo‘laman, Yaratganga beadad shukronalar qilaman, ba’zan esa Vatanning menga ko‘rsatgan behisob inoyatlariga, elu yurt ardog‘iga munosib javob bera olayotganim yo‘q, Vatan oldidagi farzandlik burchimni to‘la o‘tayolmayapman deb o‘kinib qo‘yaman. 

Asarlari


  • O. Sharafiddinov. Zamon. Qalb. Poeziya. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962.

  • O. Sharafiddinov. Isteʼdod jilolari. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1976.

  • O. Sharafiddinov. Choʻlponni anglash. Toshkent, „Yozuvchi“, 1994.

  • O. Sharafiddinov. Sardaftar sahifalari. Toshkent, „Yozuvchi“, 1999.

  • O. Sharafiddinov. Prezident. Toshkent, „Adolat“, 2003.

Download 33.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling