Pastinkali i.a.u.sining afzalligi - 1.Issiqlik uzatish yuzasi bir hajm birlikdagi yuzaga 200 m3 gacha yetadi
- 2.Plastinkasi issiqlik almashinish uskunalariga turli komponovkali standart plastinkalar ishlab chiqarish quvvatiga va sovitish yoki isitish rejimiga qarab o’rnatish mumkin
- 3.Plastinkali i.a.u.sining issiqlik uzatish koeffitsiyenti yuqoriligi
- 4.uskunadagi ishchi elementlarni tozalash osonligi
Plastinkali i.a.u.sining kamchiligi - Bu uskunaning yagona kamchiligi rezina qistirmalar (prakladka) vaqt o’tishi bilan eskiradi va maxsulot oqib ketishi muxiti orqali ularni almashtirish kerek bo’ladi va prakladkalarni almashtirib maxsulotni o’zini va sifatini saqlab qolish mumkin.
Texnologik sxemani bir qismi va uning bayoni. - Birlamchi korxonalardan keltirilgan xom sharob oraliq sig’imga beriladi. Nasos orqali xom sharobga soviqlik bilan ishlov berish uchun ikki seksiyali plastinkali i.a.u.siga uzatiladi. I.a.u.sida xom sharob 2 bosqichda sovitiladi ya’ni xarorat 20 gradus bo’lgan xom sharob termik sig’imdagi sovitilgan sharob bilan so’ng ikkinchi seksiyada xarorati -10C li rassol bilan sovitiladi. Xarorati -4C gacha sovigan sharob termus sig’imga yuboriladi. Bu sig’imda shu xaroratda sharob 4-5 kun ushlab turiladi. Soviqlik bilan ishlov berilgan sharob filtrda filtirlanadi va oraliq sig’imda yeg’iladi.
- Ikki seksiyali i.a.u.sida to’rtta teshikli tayanch(8) va 2ta shtanga(3,4) va sterjen(2) o’rnatilgan. Shtangalarga to’lqinsimon yuzali plastinalar(5), oraliq plita(6) va siquvchi plita (7) kiygiziladi. Plastinalar tayanch plita va sterjendagi qizil belgilar 1-1iga mos kelguncha siqib joylashtiriladi. Siqish moslamasi(9) orqali amalga oshiriladi. Siqish jarayonida plastinkaning burchak teshiklari va rezina qistirmalar germetik berk kanallar va to’lqinsimon reflenie yuzasi plastinkalar orasida bo’shliq xosil qiladi. Bu yuza issiqlik uzatuvchi yuzani kattalashtiradi. Suyuqlikka turbulent xarakati taminlanadi. Har bir taram taram bir tarafidan maxsulot, ikkinchi tomonidan issiqlik yoki sovituvchi agent xarakatlanadi. Platinkalarni ajratuvchi plita(6) bilan 2ta seksiya qilib yeg’iladi. Suyuqlik bilan ishlov berayotgan maxsulot ikki bosqichda amalga oshiriladi.1-seksiyada soviqlik bilan ishlov berilgan va sovitilgan sharob bilan amalga oshiriladi. 2-seksiyada maxsulot rassol bilan sovitiladi. Oraliq plitada 1-seksiyadagi sovitilayotgan maxsulotni rassol seksiyaga xamda sovituvchi sharobni 1-seksiyadan 2-siga o’tkazuvchi kommunikatsiyalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |