Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Download 1.15 Mb.
bet14/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

5-masala: Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlagan asosiy va bosh maqsadi o’lkani rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil erlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib o’rnashtirish edi. shuningdek, rossiya imperiyasi er suv munosabatlari O’rta Osiyoda o’z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishni ko’zda tutgan edi.
1886 yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga ko’chib kelishlari uchun katta imtiyozlar berildi. shuningdek, bu nizomga ko’ra, «bo’sh yotgan davlat erlariga» birinchi navbatda harbiy hizmatdan bo’shatilgan harbiy XIzmatchilarni qo’yish ko’zda tutildi.
Imperiyaning Turkistondagi er suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:

  1. Turkistonda barcha erlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga er merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi;

  2. O’troq aholi yashaydigan joylarda er, undan amalda foydalanganga biriktirib qo’yildi;

  3. Dastlab vaqf erlariga soliq joriy etilgan bo’lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;

  4. shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga er ajratish ta’qiqlandi;

  5. Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi erlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi va bu qonun 90-yillarning oXIrigacha saqlanib qolindi.

Bular bilan birga soliqlar ham imperiya manfaatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqildi va kuchaytirib yuborildi. Asosiy e’tibor paxta etishtirishga qaratildi va yangi erlar sug’orish tarmoqlarini kengaytirish ko’zda tutildi.
Rus mustamlakachi hukumati Turkistonda qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal qildi. Bu idora usuli mahalliy halqlar boshqaruv siyosatiga zid bo’lib, rossiyadagi ruscha idora usulida edi.
Bu Nizomga ko’ra, ko’chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost’ va ovul), o’troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi.
Volost’ asosini mingdan ikki minggacha xonadon tashkil esa, ovul jamoalarini yuzdan ikki yuzgacha bo’lgan o’tovlar aholisi tashkil etgan. Bu bilan ko’chmanchi aholi o’rtasidagi urug’chilik asosidagi bo’linish barham topdi. Bu siyosat hokimiyatga soliqlarni belgilash va yig’ib olishda ham qo’l kelib uni takomillashtirishga harakat qildi.
1886 yilgi «Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom»ga ko’ra o’troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volost’larga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig’ini barcha saylovchilar yig’ilishi bilan almashtirildi.
Aholi saylovlar yo’li bilan volost’ va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost’ boshqaruvchisi bo’lib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U o’z faoliyatini rus mustamlakachi ma’muriyati tasdig’idan o’tgandan so’nggina boshlagan. Aholining «qirg’izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga ko’ra «o’troq va ko’chmanchi» tarzida o’zgartirildi.
Volost’ boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Bunda ikki nomzod ko’rsatilib, ikkinchisi uning muovini bo’lgan. Bu nomzodlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanmasa, bekor qilingan va boshqasi tayinlangan yoki harbiy gubernator ko’rsatgan shaxs bu vazifaga kirishgan. shu tariqa rus mustamlakachi hokimiyati qishloqlardagi boshqaruv faoliyatini ham o’z qo’lida mustahkam saqlab turgan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling