Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Download 1.15 Mb.
bet22/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

5-masala: CHorizmning Turkistondagi halqlarning vatanparvarlik, kurashchanlik tuyg’ularini barbod qilishga har qancha urinmasin, o’lkaning eng markaziy qismlarida qo’zg’olon davom etib turdi. rus mustamlakachiligi siyosati va hukmronligiga qarshi navbatdagi qo’zg’olon 1898 yilda Andijonda bo’lib o’tdi va bu kurashga Dukchi Eshon (Muhammad Ali halfa) boshchilik qildi.
Muhammad Ali Muhammad Sobir o’g’li Marg’ilonga qarashli S’HaXIdon qishlog’ida dunyoga kelgan. U yoshligida Buxoroda va keyinchalik Andijonda Sultonxonto’ra Eshon huzurida tarbiya topadi. Hayoti davomida kishilarga ezgulik va savob ishlarni ko’p qiladi. Sultonxonto’ra vafotidan so’ng esa uning vasiyati bilan Eshonning o’rniga pir bo’lib qoladi.
1887 yilda Muhammad Ali Eshon Makka safariga otlanadi va Afg’oniston, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, ortga qaytishda esa rossiyaning janubiy o’lkalarida bo’lib, u erlardagi taraqqiyot va halq turmushini o’z ko’zi bilan ko’rib, katta taassurotlar bilan Farg’onaga qaytadi.
Eshon chet el safarida o’rganib kelgan ayrim ishlarning aholi ko’z o’ngida bajargach, halqning unga bo’lgan e’tiqodi va ehtiromi yanada oshib boradi. Muridlari uning hovlisidagi 12 gazli minorasini 34 gazga ko’tarib pishiq g’isht bilan yangilab berishadi va 500 otga mo’ljallangan otxona qurib berishadi. U har kuni etim-esirlar va beva bechoralarga ovqat qilib ulashadi.
Muhammad Alining halq orasida obro’si nihoyatda oshib ketganligi rus hukumatini tashvishga solib qo’yadi. S’Hu kunlarda Eshonning hovlisidagi minora qulab tushadi va talabalarni bosib qoladi, oqibatda 23 talaba halok bo’ladi, 15 tasi yarador bo’ladi. Bahona topilgan rus hukumati Eshonni darhol qamoqqa oladi. Biroq jabrlargan va halok bo’lgan talabalarning ota-onalaridan hech qanday shikoyat va da’vo bo’lmaganligi sababli ma’muriyat Muhammad Ali Eshonni ozod qilishga majbur bo’ladi. Bu sud va tergov jarayonlari Eshonning obro’sini nihoyatda, oshirib yuboradi va uning mo’ridlari ko’chalarda namoyishlar uyuushtirishadi. 1895 yilda Eshonning huzuriga Qurbonjon dodxoh tashrif buyuradi. Bu vaqtda uning o’g’li Kamchinbek rus amaldorlarini o’ldirganlikda ayblanib, osib o’ldirilgan edi. Qurbonjon dodxoh esa yana ruslarga qarshi butun qirg’izlarni qo’zg’olonga ko’tarishi mumkinligi va ayniqsa, uning Dukchi Eshon bilan uchrashuvi mustamlakachi hukumatni qattiq tashvishga soladi.
1896 yili esa Ko’gart va Ketmontepa qirg’izlari vakillari Muhammad Ali Eshon huzuriga kelib, rus mujiklarining zo’ravonliklari ustidan shikoyat qilib kelishadi.
1897 yil oXIrida bu qishloqlarning aholisi bir erga to’planib, CHibil oqsoqol va qozoq noibi Mullo raxmatulla boshchiligidagi ruslarga qarshi urush rejasini ishlab chiqishadi. Bundan habar topgan rus ma’muriyati zudlik bilan etib keladi, biroq uni ma’rakaga yig’ilganliklarini aytib, tarqalishadi va Eshonni Mingtepaga kuzatib qo’yishadi. Bunda e’lon qilingan g’azotga Muhammad Ali Eshon rahbar etib saylangan edi.
Muhammad Ali Eshon darhol ishga kirishib, gazotga tayyorgarlikni boshlab yuboradi va Farg’ona vodiysidagi mashhur kishilarga, jumladan, Muhammadaliboy, Somiy va Holikberdi oxun, Said Axmadxo’ja, Qurbonjon dodxoh, Muhammad Yusuf eshon, YAxyoxon to’ra xoji va boshqalarga maktublari jo’natadi.
Biroq belgilangan vaqtga, ya’ni 1898 yil 15 yanvarga aytilgan kishilarning hammasi ham kelmaydi. Oqibatda dastlabki urinish qoldiriladi.
Bu orada mahalliy halqlarning Dukchi Eshon boshchiligidagi boshlanishi muqarrar bo’lgan qo’zg’oloni haqida rus hukumati ham habardor bo’ladi va uning oldini olish maqsadida turli fitnalar va ig’volarni rejalashtira boshlaydi.
Qo’zg’olonchilarning susayib qolgan tayyorgarliklari yana tezlasha boshlaydi, biroq endi uni ko’rinmas bir kuch boshqarayotgandek tuyuladi. 1898 yil 17 may kuni ikki yuzdan ortiq g’azabga to’lgan olomon Eshonning uyiga bostirib kelishadi va uni oq qig’izga o’tkazib, xon deb e’lon qilishadi. Biroq, reja bo’yicha uning jiyani Abdulaziz xon etib ko’tarilishi lozim edi.
Qo’zg’olonchilar shu erdan to’g’ri Andijonga qarab yurish boshlaydilar. Yo’l-yo’lakay boshqa qishloqlarning aholisi ham qo’zg’olonchilarga qo’shilib boradi. Qo’zg’olonchilar Andijonning eski shaharida joylashgan 20-Turkiston liniya batal’oni kazarmasiga bostirib kirishadi. Ular 30 ga yaqin miltiqni o’lja olib, uxlab yotgan soldatlarni o’ldirishadi. Biroq, keyingi xonalarda yotgan kazaklar uyg’onib, qo’zg’olonchilarga qarshi otishmalarni boshlab yuboradilar. Bir necha daqiqa davom etgan otishmalardan so’ng qo’zg’olonchilar chekinadilar. Ko’plab qo’zg’olonchilar o’ldiriladi va yarador qilinadi. Kazaklardan 23 kishi o’ldiriladi. Qo’zg’olondan habar topgan podsho Nikolay II Turkiston general gubernatori biron Vrevskiyni lavozimidan chetlashtirib, o’rniga vaqtincha Sirdaryo harbiy gubernatori N.I.Korol’kovni tayinlaydi.
Korolkov jazo ekspediiyasi tashkil etib, qo’zg’olon bo’lgan hududlarda ko’plab qirg’inlar va jazolarni amalga oshirdilar. Minterada uch soat davomida to’plardan o’q uzib, uni er bilan yakson qildilar. Aholini ko’chirib yubordilar. Ko’plab aholi esa bungacha tog’larga qochib ketishga ulgurgan edi. Andijonda ham ko’plab odamlar qamoqqa olindilar.
Qochib ketgan Muhammad Ali Eshon Arslonbob yaqinidagi toshko’prik degan joyda millatfurush qo’qonqishloqlik Qodirqul va YOqub qo’rboshilar tomonidan ushlab olinib, rus ma’muriyatiga topshirildi. S’Hunga qaramay qo’zg’olonlar davom etdi va kuz fasligacha cho’zildi.
Qo’zg’olon natijasida hibsga olinganlar ko’pchilikni tashkil etgan va rus hukumati tomonidan shafqasiz jazolangan. Qamoqqa olingan 400 dan ortiqroq tutqunlar umumiy hisobda 4621 yilga qamoq qatorga ishlariga hukm qilinganlar.
Muhammad Ali Eshon boshchiligidagi qo’zg’olon rahbarlari esa 1898 yil 25 iyunda Yangi shahar Tuproqqo’rg’on oldida dorga osib o’ldirildi. Shu tariqa 1898 yil may oyida Andijon halqi tomonidan rus mustamlaka siyosati va hukmronligiga qarshi Muhammad Ali Eshon boshchiligida yuz bergan qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling