Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Download 1.15 Mb.
bet23/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

6-masala: XX asr boshlariga kelib rossiya imperiyasi siyosiy va iqtisodiy jihatdan inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Mamlakatning hamma burchaklarida hukumatga qarshi chiqishlar, g’alayonlar, ish tashlashlar va qo’zg’olonlar avj oldi. 1901 yil hosilsizlik tufayli yuzaga kelgan ocharchilik va iqtisodiy tanglik, 1904-1905 yillardagi rus–yapon urushidagi mag’lubiyat umumiy ahvolni yanada og’irlashtirib yubordi. Vaziyatdan qutulish uchun hukumat soliqlarni oshirib yubordi. Oqibatda qishloqlardagi dexqonlar xonavayron bo’ldilar. rossiyada yuz berayotgan bu iqtisodiy va siyosiy bo’xronlarning to’lqini Turkistonga ham etib keldi. Turkiston dexqonlari ham mustamlakachi hukumatga qarshi ko’plab g’alayonlar ko’tardilar.
1905 yil qish oylarida Farg’ona viloyati, Samarqand va Andijon hamda Sirdaryo viloyatlarida dexqonlarning g’alayonlari avj oldi. Namangan uezdining Yangiqo’rg’on, Sarisuv, Bog’ish volostlarida saylovlar vaqtida ko’tarilgan g’alayonlar tufayli saylovlar ham amalga oshirilmadi. Bunday g’alayonlar CHotqol volostida, Tepaqo’rg’on, Qirchin, Qorasuv, Oltin qayrag’och, Oq yo’l va boshqa qishloqlarda ham bo’lib o’tdi.
1905 yil Namangan uezdiga qarashli Sarichsuv volostining Aflotun qishlog’ida bir yarim mingdan ortiq qirg’izlar to’planib, ellikboshi va saylov o’tkazuvchi amaldorlarni do’pposlashdi.
1905 yil bahoriga kelib Farg’ona viloyatida dexqonlar harakatlari, g’alayonlari, amaldorlarni do’pposlash, saylovlarning adolasizligiga qarshi norozilik va hokimiyatga talablar bilan chiqishlar ko’paydi.
Yuzaga kelgan bunday vaziyat rus mustamlakachi ma’muriyatini qattiq tashvishga soldi va ular Turkistonda ahvolning nihoyatda, jiddiy tus olganligini e’tirof etib, o’lkada «kuchaytirilgan muhofaza» holatining muddatini uzaytirishni maqsadga muvofiq deb topdilar. Biroq keskinlashib borayotgan ziddiyatli vaziyatni bartaraf etishga ojizlik qildilar. Turkiston o’lkasining turli joylarida dexqonlar g’alayonlari ozodlik harakatlari davom etib turdi.
XX asr dastlabki o’n yilligida Turkistonda sodir bo’lgan eng yirik dexqonlar harakatlari Namoz Pirimqulov boshchiligidagi harakat edi. Halq tomonidan «Namoz botir» deb ulug’langan bu inson mustamlakachilar tomonidan «Namoz o’g’ri» sifatida atalib, unga qarshi jinoiy ishlar qo’zg’adilar, uning qilayotgan ishlarini «o’g’rilik va talonchilik» deb atab, soxta ma’lumotlar har doim vaqtli matbuotda halqqa noto’g’ri etkazib bera boshladilar.
Namoz Pirimqulov 1904-1907 yillarda Samarqand viloyatining tog’ va qishloqlarida mustamlakachilar va ularning ittifoqlariga aylangan mahalliy boylar va savdogarlarga qarshi kurash olib bordi.
Namoz halqqa zarari tegayotgan, halqni zo’ravonlik va sudxo’rlik bilan talayotgan yuqori tabaqa vakillarini ayovsiz jazolab, ulardan tortib olingan mollarni beva bechoralarga va kambag’allarga bo’lib bera boshladi.
Suunday harakatlardan biri 1905 yil 10 mayda Kattaqo’rg’on bozorida amalga oshirildi. Namoz va uning odamlari bozorni o’rab olib, bozordan qaytayotgan boylar va savdogarlarni talab, o’lja olingan mollarni shu erning o’zidayoq kambag’allarga ulashib beradilar.
Og’alik qishlog’i oqsoqoli Amin Nazar Muhammad, Arabxon qishlog’i mingboshisi XIdirboev, yana bir mingboshi Lutfulla Xo’jaevlar mustamlakachilarga sodiq hizmatkor bo’lganliklari uchun Namoz va uning odamlari tomonidan o’ldirildilar va qo’rg’onlarga o’t qo’yib, mol-mulki halqqa ulashib berildi.
1905 yil yoz va kuz oylarida Jomda va boshqa joylarda katta savdo karvonlari qo’lga olinadi. Biroq shu vaqtda Xo’jaariq volosti boshqaruvchisi Lutfulla Xo’jaevning xoinligi tufayli Namoz va uning 50 kishidan iborat sheriklari kapitan Polov qo’shinlari tomonidan hibsga olinadi. Namoz qamoqdan er ostidan laxm kavlab qochib ketishga muvaffaq bo’ladi. S’Hu voqeadan so’ng Namozchilarga qarshi jazo otryadlari ishlarini shaxsan Turkiston general gubernatori N.I.Grodekov nazorat qila boshlaydi. Namoz yigitlari orasiga josuslar yuborila boshlandi. S’Hunday josus va xoinlardan biri S’Hirin Muhammadov ismli kimsa edi.
Mustamlaka ma’muriyati Namoz va uning yigitlarini tutish ishlarini kengaytirib boradi va bir qator harbiy bo’linmalarni shu ishga jalb qiladi. Bu operasiyaga rahbar etib Samarqand harbiy gubernatori yordamchisi polkovnikning Susanino tayinlaydi. Amir Abdulaxadxon ham namozni tutish operasiyasiga jalb etiladi. Bu ishlarni 1907 yil 28 mayda boshlashni nazarda tutib, Buxoro cheragasida 12 post, Samarqand va Kattaqo’rg’on hududlarida 10 ta kuzatuv postlari quyiladi. Amir ham o’z sarbozlarini shu ishga jalb etadi. Oqibatda, bo’lib o’tgan tengsiz janglardan so’ng Namoz va uning yigitlari katta talofatlarga uchraydilar.
Biroq shu vaqt namozchilar orasida fitna qo’zg’alib, Namoz Pirimqulov o’ldiriladi.Namozning o’limi bilan o’lkadagi dexqonlar g’alayonlari to’xtab qolmadi va rus hukumatini daxshatga solib vaqti-vaqti bilan ko’tarilib turdi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling