Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti
Download 1.15 Mb.
|
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023
7-masala: Rus mustamlaka hukumatining zo’ravonlik siyosatiga qarshi bo’lib o’tgan eng katta norozilik harakatlari qurolli kurashlaridan biri tarixda «Jizzax qo’zg’oloni» deb nom olgan 1916 yilgi milliy-ozodlik kurashlari edi.
Rossiya imperiyasi birinchi jahon urushiga kirgach, tez orada uning harbiy va iqtisodiy saloXIyati Evropa davlatlariga nisbatan ancha qoloq va zaif ekanligi ayon bo’lib qoldi. Frontdagi etishmovchiliklar, o’q-dori va oziq-ovqat mahsulotlarining etarli emasligi, front ortidagi ishlarning susayib ketganligi rossiya imperiyasi hukumatini Turkistonga nisbatan mustamlakachilik zulmini yanada oshirishga olib keldi. Harbiylikka olinishi ta’qiqlangan Turkistonliklarni «frotn ortida armiya extiyojlarini qondirish» maqsadida mardikorlik ishlariga olishga qaror qilindi.Shoshma-shosharlik va aniq o’ylab chiqilmagan rejani amalga oshirish maqsadida podsho Nikolay II 1916 yil 25 iyunda «front orqasidagi hizmatlar uchun Turkiston, Sibir’ va Kavkazda 17 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkakdarni safarbar qilish» to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga ko’ra, Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqand viloyatidan 38 ming, Farg’ona viloyatidan 50 ming mardikor yuborish belgilandi va bu vazifalarni zudlik bilan amalga oshirish Turkiston general gubernatori zimmasiga yuklatildi. Viloyatlarda darhol farmonni ijro etishga kirishildi. Farg’ona viloyati harbiy gubernatori A.Gippius Farg’ona viloyatidagi sharoitni hisobga olib, bu farmonni birdaniga bajarish noto’g’ri ekanligi haqida hokimiyatni ogohlantiradi. Biroq u farmonni ijro etishni ataylab buzganlikda ayblab ishdan olib tashlashdi va uning o’rniga shovinist harbiylaridan biri polkovnik P.Ivanov tayinlanadi. Mardikorlikka olishga qarshi o’lkaning turli hududlarida qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. Norozilik harakatlari dastlab aholi zich joylashgan markazlaridan biri Xo’jandda boshlanadi. 1916 yilning 4 iyul’ kuni 6000 dan ortiq erkaklar va ayollar ma’muriyatga qarshi ochiqdan-ochiq mardikorlikka farzandlarimizni bermaymiz, deb qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olon harbiylar tomonidan bostirildi va namoyishchilar o’qqa tutildi. Xuddi shunday harakat Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 iyul kuni bo’lib o’tdi. Mardikorlar ro’yxati yo’q qilindi, mahkama hizmatchilari kaltaklandi. Samarqand viloyatining Siyob, Xo’ja Ahror, Angor va boshqa volostlari va qishloqlarida ham shunday chiqishlar sodir bo’ldi. 7 iyul kuni Daxbed qishlog’ida xoin Saidmurod Qobilov tuzgan ro’yxatda faqat kambag’allarning bolalari yozilgani uchun halq Usmon Abdurasulov boshchiligidagi mahkama hizmatchilarini kaltakladilar. Bunda Usmon Abdurasulov yaralandi va qo’zg’olon katta kuch bilan bostirildi. Ochil Bobojonov, rahimberdi Ikromov, Maxmudxo’ja Mirzaxo’jaevlar boshchiligida mardikorlikka olish ishlariga qarshi bo’lgan va faqatgina kambag’allarning bolalari ro’yxatga kiritilganidan norozi bo’lgan Toshkent aholisi ham 11 iyulda ma’muriyatga qarshi norozilik namoyishi va qo’zg’olon boshladi. Qo’zg’olonda ayollar ham faol ishtirok etdi. Qo’zg’olonchilar polisiyachilar tomonidan o’qqa tutildi va bir qancha qo’zg’olonchilar og’ir yarador bo’ldilar. G’azablangan halq polisiyachilar va kazaklarga qarshi chinakam urush boshlab yubordilar. Oqibatda, chor askarlari polisiya boshqarmasi ichiga kirib yashirinib olishga majbur bo’ldi. Qo’zg’olon kechgacha davom etdi va general Galkin hamda podpolkovnik Saviskiylar boshchiligidagi jazo otryadlari tomonidan bostirildi. Butun o’lkada chorizm siyosatiga qarshi qo’zg’olonlar kuchayib bordi. 9 iyul’ kuni Andijonda, Toshkent shahri atrofidagi bir qator qishloqlarda 10 iyul’ kuni eski Marg’ilonda, S’Hahrixon va boshqa joylarda dexqonlar va hunarmandlar, kosiblar va boshqalarning chiqishlari umumhalq qo’zg’oloni va kurashiga aylanib ketdi. Jizzaxdagi norozilik harakatlari esa tom ma’nodagi ozodlik urushiga aylanib ketdi. Jizzahliklar dushmanga qarshi g’azovot e’lon qildilar. Qo’zg’olonga Nazirxo’ja eshon va Abdurahmon jevachi boshchilik qildilar. Qo’zg’olon 13 iyulda shahar oqsoqolining o’ldirilishi bilan boshlandi. Halq mingboshi mahkamasiga bostirib kirganda, jazo uchun etib kelgan polkovnik fukin otryadlari qo’zg’olonchilarni o’qqa tuta boshladi. Biroq qo’zg’olonchilar chor askarlariga zarba berib, Fukin va uning yordamchilarini o’ldirishga muvaffaq bo’ldilar. Yordamga etib kelgan polkovnik Afanasevning jazo otryadi ham Yangi Jizzax stansiyasida turib qolishga majbur etildi. Atrofdagi qishloqlardan kelayotgan halq qo’zg’olonchilar safini kengaytirdi. Qo’zg’olonchilar temir yo’l stansiyalari, ulardagi neft’ zaharlari, aloqa simlarini vayron qildilar va yo’q qildilar. Afanasev qo’shinlari o’z marralaridan chekina boshladilar. 14 iyulda qo’zg’olon Bog’don, Forish, Sintob bekliklariga ham tarqaldi. Bog’dondagi qo’zg’olonga rahbarlik qilgan Abdurahmon jevachi Jizzahliklar bilan qo’shilishga qaror qildi. Biroq bu paytda Jizzaxga Toshkentdan 2,5 ming kishilk jazo otryadlari tup va boshqa qurollar bilan birgalikda kelayotgan edi. Nazirxo’ja eshon boshchiligidagi jizzahliklar jazo otryadlari tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi va ulardan omon qolgan 600 kishilik guruh Abdurahmon jevachi kushinlari saflariga qo’shildi. Abdurahmon jevachi 20-21 iyul’ kunlari Afanasev qo’shinlariga zarba berib, uni chekinishga majbur qildi va mag’lubiyatga uchratayotgan vaqtda polkovnik Ivanov otryadlari yordamga etib keldi va qo’zg’olonchilarga zarba berdi. Qo’zg’olonchilar mag’lubiyatga uchratilgach, qo’zg’olon bo’lib o’tgan barcha shahar va qishloqlarda ayovsmz jazo ishlari, xunrezlik amalga oshirildi. Abdurahmon jevachi va u bilan bir safda turib kurashgan 12 kishi osib o’ldirildi. Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa ham, chor harbiylaridan kattagina qismi Jizzaxda o’lim topdi. Qo’zg’olon davomida rus harbiylaridan 260 ga yaqin, rus aholisidan esa 4000 ga yaqin kishi o’ldirildi va bedarak yo’qoldi. Bu xaqda 1916 yil 13 dekabrda IV davlat dumasida so’zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy «urush frontlariga yangi bir front turkiston fronti qo’shildi» deb ta’kidlagan edi. Rus ma’muriyati, qo’zg’olonlarni bostirib, o’z maqsadlariga qisman erishgan bo’lsada, bu bilan halqning ozodlikka bo’lgan intilishini yo’q qila olmadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling